O`rta Osiyoda pedagogik fikrlarning rivojllanishi.
O`rta Osiyoda pedagogik fikrlarning rivojllanishi. XIV-asr oxiri va XV-asr O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va ma’rifiy hayotidagi tub burilish, gullab-yashnagan ikkinchi Uyg‘onish davri bo‘lib tarixda abadiy qoldi. Ana shu paytlarda tarixda “Turon”, “Turkiston” va “Movarounnahr” nomi bilan mashxur bo‘lgan vatanimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida olam uzra dovruq taratdi.
Movarounnahr, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termizning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yo‘li, SHarq mutafakkirlari yaratgan bebaho ta’limotlar, Amir Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi siyosati Evropadagi Uyg‘onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy haqiqatdir. O‘sha kezlarda ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va boshqa sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar o‘zining ulug‘vorligi, nafisligi, umumbashariy g‘oyalarga boyligi, badiiy shakllarining xilma-xilligi, ma’naviy sofligi va etukligi bilan insoniyat aql-idroki va tafakkurini yuksaklikka ko‘tardi, G‘arbni SHarq bilan yaqinlashtirdi. SHu jihatlarni ko‘zda tutib tadqiqotchilar bu davrlarni madaniy ko‘tarinkilikning “oltin asri” ikkinchi Renesans – SHarq Uyg‘onish davri deb nomlaydilar. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda “Temuriylar davri haqiqatan xam ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan SHarq
Uyg‘onish davri edi”.
XIV-XV asrlarda tarix, mantiq, falsafa, fiqx, tilshunoslik, adabiyotshunoslik ilmlari, tasavvuf ta’limoti, badiiy adabiyot, nazm va nasrda, g‘azal va ruboiyotda, odob-axloq va ta’lim-tarbiya ilmlari sohasida o‘z davrining buyuk mutafakkirlari, ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning porloq yulduzlari, cho‘qqilari etishib, kamol topdilar. Mahdumi A’zam, Sayyid Mir Kulol, SHarafiddin Ali YAzdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mir Sayyid Jurjoniy va boshqa yuzlab ulug‘ siymolar o‘sha davr madaniyati va ma’rifatining so‘nmas yulduzlaridir.
Az-Zamaxshariy to‘g‘rilik va poklikni ulug‘laydi, ularni insonning eng yaxshi fazilatlari sirasiga kiritadi. U Muhammad alayhissalomni eng to‘g‘ri va pok inson deb, kishilarni unga iymon keltirishga undaydi. Halollik va poklik inson hulqini bezaydi, uni kamolot sari etaklaydi. «Halol, pokiza kishi, – deydi olim, – doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir». Uning uqtirishicha, to‘g‘ri va pok yo‘ldan boruvchi hech nimadan qo‘rqmaydi, haybat bilan yuradi. Rostgo‘y kishi doimo va’dasiga vafo qiladi. YOlg‘onchilik, firibgarlik esa insonning eng yomon illatidir. «Aldamchilik va hiylakorlik bilan, – deydi az-Zamaxshariy, – bursaq degan yirtqich hayvondan ham ko‘ra ba’zi Bani odamlar ko‘proq aldamchiroqdir». O‘zaro muomala munosabatining asoslaridan biri rostgo‘ylikdir. Olim rostgo‘ylikni insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri, deb tushunadi. Agar kishi rostgo‘y bo‘lsa, hayotda ko‘p narsalarga erishishi, xato va zalolatlardan qutula olishi mumkin.
Xullas, az-Zamaxshariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, u o‘z davrining insonparvar mutafakkiri bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’rifiy-axloqiy ta’limotida jamiyat, inson shaxsi va fazilatlarini, inson huquqlarini yuksakka ko‘targan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga katta o‘rin bergan. Uning adolatli jamiyat, yuksak axloqiy fazilatlar, komil inson, ta’limtarbiya, hulq-odob to‘g‘risidagi ibratomuz so‘zlari, pand-nasihatlari, o‘gitlari, mustaqil O‘zbekistonimizda barkamol va har tomonlama etuk insonni tarbiyalashga yordam berishi shubhasizdir.










