O`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma manbalar.

0
Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun arab xalifaligini, yaqin va o’rta sharqni qamrab olganligi uchun ham sharq uyg’onish davri deb ataldi. bu uyg’onish jarayoni ix asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida 9 asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda “Bayt–ul-Hikma” (“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadhona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida alXorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg’oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al-Ma’mun xalifalik tahtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va “Bayt-ul-hikma” -donishmandlik uyi (“Ma’mun akademiyasi”)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlarning ho’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-Hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq ho’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, pahta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, hususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan. Qishloq ho’jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarihining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psihologiyasi, tafakkuri, harakteri, hayot tarzini tarihiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, hulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar– Tohiriylar, Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy halq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi. O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazganlar. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasini o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qorahoniylar davlatida ham ba’zi honlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto G’arbiy Evropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning mashhur “Hindiston” asarini shu erda yaratgan edi. Saljuqiylar davrida Alp-Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo’lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U g’aznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o’zining “Siyosatnoma” asarini yaratadi (1091-1092 y.y.). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari-printsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta hizmat qiladi. 1067 yilda Bag’dodda o’zining shahsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng mashhur o’quv yurti- “Nizomiya” madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, g’amho’rlik qiladi. Uning katta hizmatlaridan yana biri taqvimni isloh qilgani. U 1074 yili o’rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-taqvim tuzadiki, bu taqvim hozirgacha eng takomillashgan kalendarlardan biri hisoblanadi. XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Bayt-ul-Hikma” -Donishmandlar uyi tarihda “Ma’mun akademiyasi” deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu RayHon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarihchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu SaHl al-Masihiy, tabib Abulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Lekin toj-taht uchun kurash natijasida bu ilm dargoHi o’z faoliyatini to’htatib, olimlar tarqab ketadi. Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat soHasida o’z hizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarih, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiyahloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’limtarbiyada inson takomilining hususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

O`rta Osiyoda tarbiya haqidaO`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma  manbalarda ta`lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.

O`rta Osiyoda tarbiya haqida. O`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma manbalar.

Zardushtiylik jahon dini sifatida Markaziy Osiyoda, yana ham aniqrog‘i Katta Xorazmda shakllangan. Prezidentimiz Islom Karimov o‘z asarlarida o‘zbeklar jahon maydonida kuni-kecha paydo bo‘lgan xalq emasligini, bizning millatimiz, xalqimiz qo‘hna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo‘lgan zamonlardan buyon o‘z hayoti, madaniyati, tarixi bilan yashab kelayotganini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.

Tarixiy-ilmiy manbalarning ko‘rsatishicha, “Avesto”ning dastlabki matni 1000 fasldan, 21ta nask (kitob)dan iborat bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida yozishicha: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abistoning o‘n ikki ming hukiz terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtida uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uch (ya’ni o‘n sakkiz naski) qismi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz nask edi: majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi…

Haqiqatda, pahlaviy tilidagi “SHahrixon Eron”, “Dikard” (III va IV jildlarida), “Bundahshi”, “Arda Virofnomak” va boshqa tarixiy manbalarda o‘n ikki ming oshlangan ho‘kiz terisiga oltin harflar bilan bitilgan “Avesto” kitobini Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) Eronni Bosib olgach, yoqib yuborganligi haqida ma’lumotlar berilgan. SHuningdek, “Avesto”ning yo‘q qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘rta asr manbalari ham tasdiqlaydi. Masalan, Mas’udiy (vafoti 995 y.) o‘zining “Muruj-az-zihab” (“Oltin vodiy”) kitobida yozishicha,

Iskandar Makduniy Istahr shahrini o‘z tasarrufiga kiritgach, “Avesto” kitobidagi tibbiyot, falsafa, riyoziyot, nujum va boshqa fanlarga doir qism (matn)larni yunon tiliga tarjima qildirib, aslini olovda yoqib yuborishni buyurgan.

“Avesto”dan keltirilgan yuqoridagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq otashkada – ibodatxonalar qoshida maktablar  tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Ularning ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan:

  1. diniy va axloqiy tarbiya;
  2. jismoniy tarbiya;
  3. v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.

Bolalarga diniy tarbiya berish, asosan, 7 yoshdan boshlangan; o‘g‘il bolalar 7 yoshga to‘lganda, ularga oq ipakdan tikilgan “muqaddas kuylak” kiydirish marasimini jamoa oqsoqoli, kohinlar, ota-onalar ishtirokida o‘tkazish rasm bo‘lgan. SHu tariqa ta’lim tizimida ustoz-muallimlar hamda o‘quvchilar ham oq ipak matodan tikilgan chakmon ko‘ylak kiyib, ustidan 72 xil rangdagi harir ipakdan to‘qilgan belbog‘ bilan bellarini bog‘lab yurishlari shart bo‘lgan. Qish paytlarida ham asosiy libos ustidan “sidra”, ya’ni shu kiyimni kiyish odat tusiga kirgan. O‘g‘il bolalar bunday “muqaddas ko‘ylak” yoki “sidrapo‘shlik” udumini bajarish marosimi paytida kohin ustoz-muallim bilan bir safda quyoshga qarab sajda qilib turishgan. Kohin-muallimga qo‘shilib bolalar ham muqaddas “Avesto”dan ezgulik va yaxshilik ma’budasiga madadkor kuchlarni ulug‘lovchi qasamyodlarni takrorlashgan: “men zardushtiylik diniga sodiq bo‘lishga tantanali va’da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi ishlarga ishonaman]. Zardushtiylik marosimi mashg‘ulotlaridan so‘ng esa bolalarga sovg‘alar ulashilgan. Bunday mashg‘ulotlar bir kunda Quyosh charaqlab turgan vaqtda besh marta o‘tkazilgan. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bolalar qalbida yoshlikdan dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, Oliy tangri Ahura-Mazdaga e’tiqodni mustahkamlash, insonlar boshiga jamiki yomonliklar va yovuzliklarni soluvchi Axura-Manu (Ahriman)dan nafratlanish hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Sipiytmon Zardusht esa, “muallim – kohinlarning burchlari bolalarga ilmlarni yaxshilik yo‘sini ila o‘rgatib, yaxshi bilan yomonni ajrata oladigan qilish, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir. Kimda-kim, aqlu farosat bilan yomonlikka qarshi kurashsa, u AhuraMazda yo‘lini tutgan bo‘ladi”, – deydi.

SHu tariqa Sipiytmon Zardusht “Avesto”ning “YAsht”larida bolalar ruhiyatiga rost so‘z, pok aqida halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi sifatida madh qilinadi: “Zero, Sipiytmon bu dunyoda YAzdon ta’limotiga quloq tutadigan

yagona odamdir. Faqat ugina “Mazda” va “Osha” surudlarini odamlar ongiga singdiradi. SHuning uchun unga komil aql va burro nutq berilgan.

YAxshi kohin-ustozlar yoshlar qalbida o‘z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg‘otadi, ularni halol mehnat evaziga rizqu-ro‘z topib yashashga o‘rgatadi, nekbinlik, pokdomonlik, odamlarga faqat yaxshilik istash fazilatlari o‘quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo‘lib qoladi. SHuning uchun ham ustozlarni shaharu qishloqlarda, butun mamlakatda ma’naviyatdan ta’lim beradigan Osha yo‘lin tutganliklari tufayli, xonadonlarga yangi ahkomlarni olib kiradigan, xalq ardog‘iga munosib toifalar sifatida olqishlaymiz!”

Oliy tangri g‘aflatdan yiroq, o‘z ilmiga, kasbiga sadoqatli, so‘zga chechanligi. Ishga uddaburoligi, mas’uliyatliligi va fidoiyligi bilan ajralib turadigan Zardusht ta’limotini o‘ziga singdirgan ustoz-muallimlarni yoqtiradi: “CHunki ular o‘z donoligi, xiradmandligi bilan YAzdonga yaqin kishilar hisoblanadilar, ular xalq qalbini haqiqat nuri bilan yoritadilar”. Demak, zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan har bir ustoz-muallim bolalarni haqiqat yo‘liga boshlamog‘i, yaxshilik yo‘lida rahnomolik qilmog‘i, yoshlar qalbiga hayotga muhabbat tuyg‘usini singdirmog‘i lozim.

SHuningdek, “Avesto”ning “YAsht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyatsizligi, loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi, oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini zanglatadigan, hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, iymon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’naviy jihatdan qashshoqlashtiradigan “yomon ustozlar” qattiq qoralanadi: “Rostini aytsam, yomon ustoz hayotni g‘amgin qiladi, johillarni ulug‘ sanab, buyuk ayolu erkaklarni YAzdon ne’matlariga etishishdan mahrum etadi. Undaylar o‘zlarining nodurust ta’limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlardan bezdiradilar, noto‘g‘ri pandlar bilan xalqni tirikchilik yo‘lidan ozdirib, yomonlaydilar… Hayot chirog‘ini so‘ndiradilar. Tangri yo‘lidan qaytaradilar. O‘z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlardan yuz o‘girtiradilar, jahon xalqlari hayotini yolg‘on gaplar bilan parishon qiladilar”.

Zardushtning Oliy Tangri Ahura-Mazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan xunarmandchilikni yo‘qotar ekan, Ey YAzdon, yomon ustozdan o‘zing asra”.

“Avesto”dagi ta’lim-tarbiya tizimida bolalarning zardushtiylik diniy e’tiqodini mustahkamlashga va ma’naviy kamolotini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Birinchi navbatda, bolalarga zardushtiylik dini asoslari, AhuraMazdaga iltijo va murojaatlar-u farzlar, Zardusht o‘gitlari puxta o‘qitilib, kalom bad’e asoslariga

suyangan holda “Gohlar” maxsus yodlattirilgan. Ikkinchidan, ehtiyoj va talablardan kelib chiqib, bolalarga riyoziyot, xandasa, falakiyot, tarix, falsafa, huquqshunoslik, gigiena, tabobat va boshqa fanlardan puxta saboq berilgan. Maktabda kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, himoya qilish va suhbat-muloqat uslublaridan keng foydalanilgan. Dars jarayonida o‘quvchilardan o‘tilgan mavzuni shovqinsiz takrorlash, hamisha esda tutish talab qilingan, egallangan bilimni sinash maqsadida o‘quvchilarning bilim saviyasi muntazam baholanib borilgan.

O`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma manbalar. Ko‘rinadiki, zardushtiylik ta’limotida ilm-ma’rifatning kuchiga qattiq e’tiqod qilingan va jamiyat hayotida ham oqibat natijada ilmu hikmat yutib chiqadi, deb hisoblangan. “Avesto”da yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, qadimgi ajdodlarimiz bolalarning faqat benuqson tug‘ilishiga va chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga jidiy e’tibor beribgina qolmasdan shuningdek, ularning aqlan etuk bo‘lishiga, ya’ni ilmli bo‘lishiga, hikmat o‘rganishiga, ma’naviy sof bo‘lishiga, yaxshilik va ezgulik xislatlarini egallashlariga ham bevosita g‘amxo‘rlik qilishgan. Qisqasi, bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jinsiy xislatlarni, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, vatanparvarlik, rostgo‘ylik, saxiylik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan. Jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tutilgan asosiy maqsad bolalarni jangovar harb ishiga va mehnatsevarlikka tayyorlashdan, jismonan zabardast qilib, mehnatda chiniqtirishdan iborat bo‘lgan. O‘g‘il bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish va tug‘dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvni o‘tlatish, chorvani yirtqich hayvonlar va  qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash majburiy bo‘lgan. Ularga yana chavandozlik va o‘ttiz ikki xil harbiy hunar o‘rgatilgan. SHuningdek, “Avesto”da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi: “O‘g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish o‘rganishga jiddiyroq kirishsinlar. CHunki ular o‘zlari tug‘ilgan xonadonda ota ro‘zg‘orini tartibga solib, uyga ziynat berib yursalar, jufti haloli uyiga borgach, kelajak nasl, ya’ni farzandlari tarbiyasi, ta’limi bilan mashg‘ul bo‘lmoqlari lozim bo‘ladi”. SHu tariqa, qiz bolalar uchun yungdan urchuq bilan va charxda ip yigirish, matolar to‘qish, liboslar tikishdan tashqari, o‘g‘il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qlichbozlik qilish, qalqon tutib, o‘zini raqibidan himoya qila bilish, otda har xil g‘ovlardan sakrab o‘tish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish va boshqa jismoniy-harbiy malakani egallash majburiy bo‘lgan. Ana shundan so‘ng qizlar – 15 yoshidan o‘g‘il bolalar – 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o‘tkazilgan. Natijada balog‘at yoshiga etgan qizlar ro‘zg‘or yuritishni o‘rganib,

kadbonu”, ya’ni “uy bekasi”, yigitlar esa, “kad xudo” ya’ni “oila boshlig‘i” bo‘lish, cho‘pon cho‘lig‘ini olib, ot surish, tuya minib yurish huquqini qo‘lga kiritganlar. “Avesto”da qayd etilishicha, o‘sha davrlarda erkaklar bir nechta xotin olish huquqiga ega ekanlar. Erkaklar roppa-rosa 16 yoshidan boshlab uylanishgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo‘lgan6.

Bu davrda ta’lim-tarbiya tizimining sinfiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli, diniy, axloqiy va harbiy-jismoniy tarbiyani amalga oshirish barcha tabaqadagi kishilarning farzandlari uchun majburiy bo‘lsa-da, ammo o‘qish, yozish, hisoblash (sanash)ni, davlatni boshqaruv asoslarini, ya’ni huquqshunoslikni, harbiy hunarni zodagonlarning bolalariga saroy va ibodatxonalar qoshidagi maktablarda tajribali ustoz-muallim kohinlar va mashhur lashkarboshilar puxta o‘rgatishgan.

Zardushtiylik ta’limotining axloqiy omillarini “ezgu fikr”, ya’ni fikrlar sofligi, “ezgu kalom”, ya’ni so‘zning sobitligi, “ezgu amal”, ya’ni amallarning insoniyligi, tashkil etadi. Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan har bir kishi butun hayoti davomida ana shu uch axloqiy aqidani qalbiga jo qilmog‘i zarur. SHundagina uning qalbiga haddan ziyoda pokiza ruh madadkor bo‘ladi.

O`rta Osiyoda tarbiya haqida. Demak, zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, yaxshi tushuncha, yaxshi fikr, ezgu niyat, latif so‘z – yaxshi ishning mujassamligi, deyilganda, faqirlarga mehribonlik, insonparvarlik, kishiga isnod keltiradigan ishlardan-birovga hasad qilishdan, o‘g‘rilik, talonchilik, o‘zgalar molini o‘zlashtirishdan, zinoga berilishdan, birovning dilini og‘ritishdan, hayvonlarni, ayniqsa, yaxshi, nasldor itlarni o‘ldirishdan o‘zini tiyish va bergan so‘zining ustidan chiqish, lafziga sodiq qolish, savdo-sotiq va bitimlarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan holi bo‘lish va hokazo illatlar tushinilgan. SHuningdek, “Avesto”da iymonli va diyonatli bo‘lish, buning uchun doimo toza, pok yurish, yovuzlikni qoralayotgan paytda tananing toza bo‘lishi, shayton-iblislarga qarshi harakat qilish, gunoh qilmaslik haqida gapiriladi, Ahura-Mazdaga qilinadigan iltijo va tavallolarga doir duolar keltiriladi. Masalan, gunohdan forig‘ va imonli bo‘lish uchun shunday duo o‘qilishi kerak: “Ey, olamning xukmdori Ahura-Mazda! Men barcha gunohlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun senga so‘z beraman, har qanday yomon niyatlardan, har qanday yomon so‘zlardan, har qanday yomon amallardan kechaman; men fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo‘lgan, qila boshlagan va qilgan hamma nojo‘ya ishlarimdan voz kechaman; niyatlarim, so‘zlarim va amallarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunohlarimni keng. O`rta Osiyoda tarbiya haqida O`rta Osiyoda tarbiya haqidagi qarashlar. Eng qadimgi yozma manbalar. O`rta Osiyoda tarbiya haqida

Mavzular.

manba