O‘rta Osiyoda tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi.

0
O‘rta Osiyoda tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi.

O‘rta Osiyoda tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi.

O‘rta Osiyoda tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi.

Markaziy Osiyo xalqlari dunyodagi eng boy tarixga ega bo‘lgan xalqlardan biri. Bu o‘lkada qadimqadimdan yashab kelgan xorazmiylar, baqtriyaliklar, sug‘diyonaliklar, parfiyonlilar, davonlar, qanglar, kushonlar va boshqalar o‘z paydo bo‘lishi va rivojlanish, taraqqiy qilish tarixlariga manond o‘z madaniyatlari va yozuvlariga ham ega bo‘lganlar. Hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan manbalar Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv tarixi yoshini tahminin 2300-2500 yillar atrofida deb hisoblaydilar.

Xorazm, baxtar va sug‘dda eron tillari bir necha lahjalardan iborat bo‘lgani kabi, turkiy tillar ham xilma-xil lahjalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq yillar o‘tishi bilan eron tillari zaminida fors-tojik tili, turkiy tillar laxjalarini zaminida turkgo‘y xalqlar tillari paydo bo‘lgan. Qadim-qadimdan bu hududda yonma-yon, elkama-elka kelgan doimo iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy jihatdan aloqador va bog‘lanib ketgan eron va turk tillarida so‘zlashuvchi tili jihatidan ham bir-biriga kuchli ta’sir o‘tkazganlar. Buni nafaqat og‘zaki so‘zlashuv tilida, balki yozma madaniyatda ham ko‘rish mumkin.

Miloddan avvvalgi I ming yilllik o‘rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o‘lkalarida oromiy yozuvi keng tarqalgan. Markaziy Osiyoni Aleksandr Makedonskiy  bosib olgach, bu erga yunon yozuvi kirib keladi. Xullas, bu davrda Ahmoniylarning oromi yozuvi asosida parfiyon, sug‘d, bahtar va Xorazm yozuvlari paydo bo‘lgan. Keyinchalik runn (Urxun-Enasoy), uyg‘ur kabi bir qator yozuvlar vujudga kelgan.

Markaziy Osiyoda uzoq vaqtlar qo‘llanib kelgan Xorazm va Sug‘d yozuvlari ham qadimiydar. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining qadimiy an’analarini o‘zida saqlab qolgandi. Buni rus olimi S.P.Tolstov o‘z hamkasblari bilan Xorazmdagi Qo‘yqirilgan qal’asida arxeologiyaga oid tadqiqotlar uyushtirib, topgan ashyolar asosida isbotladi. Bu erdan u Xorazm yozuvi namunalarini topdi. Bu yozuvlar qadimgi Xorazm tangalari, uy-ro‘zg‘or buyumlarida aks ettirilgan edi.

Massagetlar va shaklar, shuningdek  so‘g‘diylarning yozuvlari bitilgan ba’zi manbalar bizgacha etib kelgan. Jumladan, So‘g‘diyonadan topilgan mil.av. II asrga mansub so‘g‘d tangalariga zarb qilingan “Geray jabg‘u”, ”Katfuz jabg‘u” so‘zlariga qarab arxeolog olima O.N.Smernova so‘g‘diylar turk tilida so‘zlashganlar degan xulosaga keldi. Tabariy ham buni so‘g‘d lashkarboshilari va hokimlari turk bo‘lganligi bilan tasdiqlaydi.

O‘rta Osiyo davlatlari taraqqiyotiga nazar tashlasak, doimiy bosqinchilik yurishlari natijasida davlatlar ko‘p bora o‘zgarib, yangilari paydo bo‘lib turgan. Shu bilan bog‘liq ravishda tarixiy bilimlar ham doimiy ravishda yo‘q qilingan. Hokimiyatga kelgan yangi davlat rahbari ko‘p hollarda eski davlat tarixi bilan bog‘liq tarixiy, diniy, ilmiy asarlarni, ko‘pincha yo‘q qilgan. Masalan, ”Avesto”ning katta qismi Aleksadr Makedonskiy tomonidan yo‘q qilingan. Bunday salbiy, noxush voqealar yurtimiz tarixida ko‘p bo‘lganligi uchun tarixiy bilimlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘rta Osiyo xalqlari ba’zi davrlarda Hindiston va Xitoy  bilan bir davlat bo‘lib yashagan. Miloddan avvalgi II asrda yashagan Xan saroyi elchisi CHjan-Syan asarlari, epigrafik yodgorliklar va arxeologik qazuv natijalari bunga guvohlik  beradi. Bu ishlar o‘sha  zamonlardagi madaniy hayot muammolari, ishlab chiqarish kuchlari, tarixiy  toponomika, tarixiy jo‘g‘rofiya, iqtisodiy aloqalar, xalqimiz etnogenezi to‘g‘risida muhim  ma’lumotlar beradi.

Mavzular.

Manba