O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar.
Bugunki kunda dunyoda 25 dan ortiq turkiy xalqlar mavjud. Bu xalqlarning tili ming yillardan beri yashab kelmoqda. So‘zlashuvchilarning soni jihatidan turkiy tillar dunyoda 5-o‘rinda turadi.
Turkiy qo‘lyozmalar juda katta geografik hududda yaratilgan va ko‘chirilgan. Bular: O‘rta Osiyo, G‘arbiy Sibir, Ular, Volga bo‘yi, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz orti o‘lkalari, Qrim, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Kashmir, Misr, Iroq, Suriya, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya o‘lkalaridir. Va bu qo‘lyozmalar juda ko‘p turkiy tillarda, tatar, qrim-tatar, bashqird, qozoq, va boshqa tillarda yaratilgan.
O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari haqida gapirar ekanmiz, yana shuni ununtmasligimiz kerakki, O‘rta Osiyoning chegarasi doimo o‘zgarib turgan. Temuriylar davrida Xirot ham shu rayonga tegishli bo‘lsa, Boburiylar davriga kelib, Hindistonning shimoliy qismi ham regionga qarashli bo‘lgan.
Arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‘lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga mansub bo‘lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridir. U 1069-1070 (462 xijriy) da yozilgan. Uning bizgacha etib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmasi XIII asrda bitilgan. Undan keyingi qo‘lyozma Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 xijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi qo‘lyozmasi 1266 (664 xijriy).
Turkiy tilda eng ko‘p qo‘lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. XI-XIII asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‘lyozmaning ko‘pi yo‘qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‘lyozmalar yaratilgan.
O‘rta Osiyodagi ilk qo‘lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat» laridir. (1166 yilda-562 xijriyda vafot etgan). She’riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‘sha davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‘rtasida keng tarqalgan.
Temuriylar davriga kelib O‘rta Osiyoning madaniy markazlari Samarqand bilan Xirot edi. Bu shaharlarda fanlarni o‘rgatishga, she’riyatga va san’atga ko‘proq e’tibor qaratilgan edi. Bu davrdagi shoirlardan XIV asr oxiri – XV asr boshlarida yashagan Xo‘jandiy, XV asr birinchi yarmida yashagan Sakkokiy, Lutfiy (1366-1465), Atoyi (XV asr)larni eslab o‘rish kerak. Sulton Husayin Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib (1469-1506), she’riyat o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga etishgan edi. Bu esa, mashhur shoirimiz mutafakkir Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liq edi. Navoiydan tashqari Husayin Boyqaroning o‘zidan tortib, Durbek va boshqa juda ko‘p shoirlar etishib chiqqan edilar.
Bu davrda juda ko‘p forsiy zabon she’riy asarlar turkiy tilda qayta ishlanib, turkiy adabiyot boyitilgan. Bunday badiiy adabiyot namunalaridan tashqari Navoiy 1481-1482 (886 xijriy) yilda «Vaqfiya» asarini yozgan va bunda o‘ziga qarashli bo‘lgan ermulkni Xirotdagi Ixlosiyya masjidiga vaqf qilib berish masalasi ko‘tarilgan. 14881489 (894 xijriy) yillarda Xurosonda yashab xukmronlik qilgan podshohlarning tarixiga bag‘ishlangan «Tarixi mulki Ajam» nasriy asarini yozgan. Bu asarning barchasi qo‘lyozma shaklida vujudga kelgan.
Tarixdan ma’lumki, XVI asrda O‘rta Osiyoni Shayboniylar sulolasi boshqargan. Ularning poytaxti ham Samarqand shahri edi. Bu sulolaning asoschisi bo‘lgan Shayboniyxonning o‘zi ham shoir bo‘lgan (1506-1510) va o‘sha davrdagi olim va shoirlarga homiylik qilgan. Uning saroyida «Shayboniynoma» asarining muallifi Muhammad Solih (1534-941 xijriy) yilda favot etgan. Shuningdek, «Tavorixi guzida Nusratnoma» nomli tarixiy asar muallifi (ismi no’malum) ham saroyda yashagan.
O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar. Bu asar 1502-1503 (908 xijriy) yilda yozilgan. Bu davrda Binoiy isimli shoir yashagan. U forsiyzabon she’rlar yozgan va «Ajoyib-ul mahluqot» nomli asarini forsiydan turkiyga tarjima qilgan. 1525 (931 xijriy) yilda musulmon hukmronlarning umumiy tarixini yorituvchi «Zabdatul-asar» nomli ilmiy kitobi vujudga kelgan. Uning muallifi Nasrulloiy ismli tarixshunosdir.
XVI asrda Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Boburning o‘zi bu davrda «Boburnoma» nomli memuaridan tashqari aruz janriga bag‘ishlangan «Mubayyin» nomli risolasini yozgan. Boburiylarning saroyida Baramxon ismli turkman shoiri yashagan. (1561 da vafot etgan). Uning o‘g‘li Abdurahim Mirzo ham shoir bo‘lgan va «Boburnoma»ni fors tiliga tarjima qilgan.
XVII-XVIII asrga kelib, O‘rta Osiyoning madaniy markazlari sifiga Buxoro va Xiva shaharlari ham qo‘shildi. Buxoroda Imomqulixon (1640 yilda vafot etgan), Subxonqulixon (1702 yilda vafot etgan), Qulsharif (1692 yilda vafot etgan), So‘fi Olloyor (1721 yilda vafot etgan), Saykaliy (1797 yilda vafot etgan), Turdi (1700 yilda vafot etgan), Obidiy (1828 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan. Xivada esa, turkman qabila boshliqlarining iltimosiga ko‘ra 1661 yilda «Shajarayi tarokima» asarini va «Shajarayi turk» asarlarini yozgan Abulg‘ozi Bahodirxon, Hasanquli Axsaniy (XVII asr) yashagan. XVIII asr oxirida ismi noma’lum bir tarixshunos Shayboniyning qilgan yurishlariga bag‘ishlangan «Shayboniynoma» asarini yozgan.
XIX asrda Xivada podshah saroyida bir qator tarixshunoslar, shoirlar, tarjimonlar yashashgan. Masalan, shoir Munis (1778-1829) va uning jiyani Ogahiy (1809-1874) dunyo yaratilgandan beri 1825 yilgacha hukmronlik qilgan xonlarning tarixini yorituvchi «Firdavsul iqbol» asarini yozishgan. Keyinchalik Ogahiy xonlarning topshirig‘i bilan bir qator salnomalr yaratgan: 1825-1843 yillarga doir «Riyozud-davla» solnomasini, 1843-1846 yillarga doir «Zubdatul-tavorix» solnomasini, 1845-1855 yillar voqeasiga doir «Jamiu voqioti sultoniy» solnomasini, 1855-1864 yillarga doir «Gulshani davlat» solnomasini, 1864-1873 yillarga doir «Shohiul-iqbol» solnomasini yozgan.
Eshmurod Al-Alaviy ismli mudarris 1804 yildan 1864 yilgacha davom ettirgan inoqlar sulolasi hukmronligiga bag‘ishlangan «Tarixi Sayyid Muhammadxoniy» (1861 yilda) va «Tarixchayi Muhammad Yoqubxo‘ja» tarixiy asarini (1863-1864 yillarda) yozgan. Bundan tashqari Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Feruz (Muhammad Rahimxon-II) (hukmronlik yillari 1865-1910) yashab ijod etganlar.
XIX asr boshlariga kelib, Qo‘qon ham madaniy markazlar safiga qo‘shildi. Bu erda Amir Umarxon (1810-1822) boshchiligida fazliy Namangoniy, Gulxaniy, Xozik, Maxmur, Muqimiy, Fitrat, Xamza kabi shoirlar etishib chiqdi. XX asr boshlarida esa Rojiy (1908 yilda vafot etgan), Kameb (1922 yilda vafot etgan), Mirza (1922 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan.
Bulardan tashqari bir qator ilmiy asarlar fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. Jumladan: Tarixiy asarlardan Mirxondning (XV asr) «Ravtus-safo» asari, uni XIX asr o‘rtalarida Rojiy nomli shaxs tarjima qilgan, Mexdixonning (XVIII asr) «Durrayi Nodiriy» asari, uni Muhammad Nazar va Ogahiy (XIX asr) tarjima qilishgan. Muhammad Xakimning «Muntaxabut-tavorix» asari. Uni XIX asrning ikkinchi yarmida ismi noma’lum shaxs tarjima qilgan. Tasavvufga oid 1696-1697 yillarda Muhammad Sodiq Yangixisoriy tomonidan yozilgan «Jomiul-makomot» asari, uni Abulboqi ibn Baxouddin ibn Maxdumi A’zam tarjima qilgan. Shuningdek, Vosifiyning «Badoyiul-vaqoyi» nomli memuar asari (XVI asr) Dilovar ismli shaxs tomonidan tarjima qilingan. Albalxiyning geografiyaga oid «Majmaul-g‘aroyib» asari (1566-1567 yil). Muhammad Xusayin Mahdum tomonidan tarjima qilingan. Bundan tashqari Amir Temurning biografiyasiga oid «Tuzuki Temuriy» asari ham fors tilidan 1835-1836 yillarda Xotifquli ismli shaxs tomonidan turkiy tiliga tarjima qilingan.
O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar.











