O‘rta paleolit davri va uning o‘rganilishi.

0
O‘rta paleolit davri va uning o‘rganilishi.

O‘rta paleolit davri va uning o‘rganilishi.

 O‘rta paleolit  davri  va  uning o‘rganilishi.

O‘rta paleolit  davri  va  uning o‘rganilishi. O‘rta  paleolit  davri  ilmiy  adabiyotlarda  muste  davri  deb  nomlanadi. Bu  davrga  oid  moddiy  yodgorliklar  dastlab  Fransiyaning  Muste  g‘or  makonida  topilgani  uchun  shunday  nom  olgan. O‘rta  paleolit davrining xronologiyasi ilgarigi adabiyotlarda mil.avv. 100–40 ming yilliklar deb hisoblanar edi, lekin   keyingi  yillarda olib borilgan  tadqiqotlarga  ko‘ra,   u 200 –100  ming  yilliklar bilan belgilandi. O‘rta paleolit  davri yodgorliklari  jahon fanida muste va levallua–muste (rivojlangan davri) bosqichlariga ajratib beriladi. O‘zbekiston arxeologiyasida ham shu bo‘linishlar qabul qilingan bo‘lsa–da, tadqiqotchilar o‘rta paleolit davrining mahalliy o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olib, uning 4 ta mahalliy guruxini  ajratib ko‘rsatadilar: muste, levallua, levallua–muste, soan.    Buni dastlab V.A.Ranov taklif qilgan va unga toshni paraqalashdagi o‘ziga xos texnikaviy uslubni asos qilib olgan.

To‘rtlamchi davrda boshlangan muzlik  ashelning so‘nggi bosqichlariga kelganda janubiy rayonlarga ham siljib borgan. Iqlim tobora sovib borgan. Bu davrda G‘arbiy Evropada Riss muzligi davri bo‘lsa, tropik o‘lkalarda yomg‘irlar davri, ya’ni plyuvia (lot. yomg‘ir degan ma’noda) davri hukmron bo‘lgan.  O‘zbekiston xududida xam ilgarigi mu’tadil iqlim o‘rnini sovuq havo egallagan. Ajdodlarimiz yangi iqlimga moslashgancha, ularning   hayoti  nihoyatda  og‘ir  kechgan.  Sovuqqa  moslashmagan  hayvonlar  janubga  ketishgan. Ibtidoyi odamlar  sovuqqa moslashish uchun  avvalgi  turmush  tarzini  o‘zgartirishga  majbur  bo‘lishgan. Sovuqdan himoyalanib, g‘orlarni  o‘zlashtirganlar, oddiy chaylasimon boshpana qurishni ham ixtiro qilganlar.  Hayvon  terisidan kiyim  tikib  kiyganlar  va  gulxan  atrofida  jon  saqlaganlar. Termachilikning  ahamiyati  pasayib  ketgan. Ovchilikning insonlar  tirikchiligida  ahamiyati  oshgan. Bu esa ov uslublarini va qurollarini takomillashtirishni taqoza etgan.    Ular  to‘da to‘da  bo‘lib  yurib, olov  bilan  hayvonlarni  yo  jarlikka  yo  g‘or  ichiga  haydab tutganlar. Toshni qayta ishlash texnikasi ham takomillashgan. Ixcham qurollar ishlab chiqa boshlaganlar.  Bu   yangi   yorma texnika usuli yordamida amalga oshirilgan.  Bunda  qurol  yasaladigan  chaqmoqtoshning  bosh  tomoni  ustalik  bilan  urib  o‘girilib, tekis  maydoncha  hosil  qilinadi. Shu  maydoncha  orqaligina  toshning  mayda  paraqalarini  olish  imkoni  tug‘iladi.  Barcha  paraqalar  olinib  bo‘linganidan  keyin  uchirib  bo‘lmaydigan  o‘zak  qoladi.  Bu  o‘zak  nukleus  deb  ataladi. Muste  davri  uchun  gardishsimon  nukleuslar  va  uch  burchakli  tosh  paraqalari  xarakterli  bo‘lgan. Tosh  paraqalar  yog‘och  yo‘nish, teri  ishlash, qurol  va  kiyim  tayyorlashda  qulay  hisoblangan.

Tosh  paraqalar uchi   yanada  o‘tkir  qilingan. Bunda  tosh  parrakchaga  sekin  asta  urib  salgina  ishlov  berilgan va  yangi  tur  qurol  hosil  qilingan. Ular  asosan  nayzasimon  toshqurol  va  tosh  qirqich  bo‘lgan.  Qurollar  kalta  va  yalpoq  bo‘lib,  ularga  dasta  o‘rnatib  bo‘lmagan.

Nayzasimon  tosh  quroldan  asosan  erkaklar  yog‘och  qirqich, yo‘nish, hayvon  o‘ldirishda  foydalanganlar.  Tosh  qirqichlardan  esa  ayollar  teri  shilish,  yopinchiqlar  tayyorlashda  ishlatishgan.

Toshdan  o‘roqranda  yasashgan,  undan  daraxt  po‘stini  shilish  va  randalash  quroli  sifatida  foydalanishgan.  O‘roq randa –  chaqmoqtosh  plastinkasidan  iborat  bo‘lib,  tig‘i  keng  yoysimon  qilib  o‘yib  ishlangan.

O‘rta  tosh  davri  odamlari  qumtosh  yoki  ohaktoshdan  sharlar  yasab,  hayvonlarni  ovlashda  foydalanganlar.  Ularni  uzun  tasma  uchiga  juft  qilib  bog‘lab,  hayvonlarni  oyog‘idan

ilintirganlar.

O‘rta  paleolit  davri  odamlari  hayotida  olov  muhim  o‘rinni  egallagan.  Ular  hayvon  go‘shtini  gulxanda  pishirib,  iste’mol  qilganlar, bu  ularning  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishida  muhim  rol  o‘ynagan. Shuningdek, olov  ularni  sovuqdan  va  yirtqich  hayvonlardan  himoya  qilgan.  Shu  sabab  olovni  saqlash  masalasi  ko‘ndalang  bo‘lgan. Insoniyat  olovdan  foydalanishni  o‘rganganidan  buyon  tabiiy  olovdan  foydalanib  kelgan,  lekin  o‘rta  paleolit  davrida  sun’iy  olov  chiqarishni  o‘rganib  olganlar.  Ular  yog‘ochni  bir  bir-biriga  ishqalash  natijasida  olov  chiqarganlar. Bu  nixoyatda  ko‘p  mexnat  talab qilgan. Yog‘ochni  yog‘ochga  uzoq   vaqt  qattiq   ishqalagandan  so‘ng  juda  mayda   kipik  hosil  bo‘lgan,  u  qizib  tutay  boshlagan,  puflab  alanga  oldirilgan.

O‘rta  paleolit  davri  yodgorliklarida   ko‘plab  gulxan  qoldiqlari  topilgan. Odamlar  o‘tin bilan  birgalikda  hayvon  suyaklarini  ham  yoqqanlar.

O‘rta  paleolit  davrida  neandartal  tipdagi  odam  yashagan. Bu  davr  odami  dastlab  Germaniyaning  Neandertal  qishlog‘idan  topilgani  uchun  ham  shu  nomni  olgan. U ilk  paleolit  odamidan  ancha  farq  qilgan.  Uning  bo‘yi  past  peshonasi  tor  va  nishab,  qosh  ustidagi  suyaklari  qalin , yonoq  suyaklari  chiqib  ketgan , iyagi  nihoyatda  kichkina,  tizzalari  sal  bukilgan,   2  oziq  tishi  bo‘rtib  chiqqan,   qo‘l  panjalari  kalta  va  yo‘g‘on  bo‘lgan.  Bosh  miyasining  hajmi  1200-1400  sm  ni  tashkil  etgan.  Xudi  shunday  tipdagi  odam  1938  yili  A.P.Okladnikov  tomonidan  Teshiktosh  g‘oridan  topilgan.

Mavzular.

manba