Otlarning tuzilish turlari haqida ma’lumotlar.

0
Otlarning tuzilish turlari haqida ma'lumotlar.

Otlarning tuzilish turlari haqida ma'lumotlar.

Otlarning tuzilish turlari haqida ma’lumotlar.

Otlar tuzilishiga ko‘ra to‘rt turga bo‘linadi: 1) sodda otlar, 2) qo‘shma otlar, 3) juft otlar, 4) qiqartma otlar.

       1-§.Sodda ot. Bitta o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi. Sodda otning tub va yasama turi mavjud. 1) otning yasovchi affikslarga ega bo‘lmagan mustaqil lug‘aviy ma’noli qismi sodda tub ot deyiladi. Tubotlar tarkibida shakl yasovchi yoki so‘z o‘zgartuvchi affikslar qo‘llanishi ham mumkin: quyosh, dala, qush, kitob, quyoshdan, qushchalar, daladan, kitobning; 2) so‘zning mustaqil lug‘aviy ma’noli qismiga ot yasovchi affikslar qo‘shilishi bilan yasalgan shakli soddayasama ot deyiladi. Sodda yasama otlar ichki va tashqi yasovchi affiks-lar asosida shakllanadi. Masalan: zamon+dosh, mehnat+kash, osh+paz, til+shunos kabilar ichki yasalish asosida; o‘ra+m, tutat+qi, isit+ma kabilar esa tashqi yasalish asosida vujudga kelgan yasama otlardir.

2-§. Qo‘shma ot. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va gammatik jihatdan bir-biriga tobelanish yo‘li bilan birikib, bitta narsa nomini ifodalashga xoslangan ot qo‘shma ot deyiladi. Qo‘shma otlar tarkiban bir xil va har xil turkumga mansub so‘zlarning sitaktik munosabatga kirishuvidan tuzilishi mumkin. Masalan: 1) ot+otdan- qo‘larra, otquloq; 2) sifat+otdan- ko‘ksulton, xomtok; 3)ot+sifatdan- gulbeor, oshko‘k; 4) son+otdan- mingoyoq, uchquduq; 5) ot+fe’ldan- o‘rinbosar, beshiktervatar; 6) fe’l+otdan- yoriltosh, kuyganyor; 7) fe’l+fe’ldan- iskabtopar, ishlabchiqarish.

Qo‘shma otlar ikkidan ortiq so‘z ishtirokida ham tuzilishi mumkin: gultojixo‘roz, gulhamishabahor.

      3-§. Juft ot. Birxil grammatik shaklga  ega bo‘lgan ikkita otning teng bog‘lanishidan tuzilib, bir umumiy ma’noni anglatadigan ot juft ot deyiladi. Juft otlarning qismlari mustaqil urg‘uli so‘z bo‘lib, ular talaffuzda yagona leksik urg‘uga birlashadi.  Affikslar juft otning keyingi qismiga qo‘shiladi: ota-onada΄n, osh-nonni΄ng, aka-ukala΄r, arz-dodimizni.

Juft otlar tarkiban har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zlardan, bir qismi mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan va har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi:

1.Har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘z bo‘ladi. Bunda juft so‘zlar o‘zaro ikki xil bog‘lanadi: a) bog‘lovchilarsiz: ota-ona, qozon-tovoq; b) –u, -yu yuklamalari yordamida: tog‘-u tosh, olma-yu o‘rik.

Juft otlarning har ikkala qismi mustaqil ma’noli so‘zdan tuzilganda uning qismlari quyidagicha farqlanishi mumkin: 1) har ikkala qismi hozirgi tilimizda ishlatiladigan mustaqil so‘z bo‘ladi: o‘yinkulgu, tog‘-tosh, sigir-buzoq, qo‘y-qo‘zi; 2) mustaqil so‘zlarning ikkinchi qismi tarixiy yoki eskirgan so‘z bo‘ladi: ko‘cha-kuy, el-ulus, idish-oyoq; 3) mustaqil so‘zlarning birinchi yoki ikkinchi qismi o‘zlashma so‘z bo‘ladi: kuch-quvvat, o‘y-xayol (o‘zbekcha+arabcha), tuz+namak (o‘zbekcha+ tojikcha), savdo-sotiq, gap-so‘z (tojikcha+o‘zbekcha); 4) mustaqil so‘zlarning har ikkalasi o‘zlashma so‘z bo‘ladi: hol-ahvol, hisob-kitob, sir-asror (arabcha).

Juft otlarning tuzilshida so‘zlar ma’no jihatdan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: a) mazmunan bir-biriga yaqin, umumiy bir guruhga mansub bo‘lgan uyadosh so‘zlardan: oyoq-qo‘l, yuz-ko‘z, , idish-tovoq, sigir-buzoq; b) ma’nodosh so‘zlardan: o‘y-xayol, kuch-quvvat, or-nomus, baxt-saodat, qo‘ydi-chiqdi; v) qismlari zid ma’noli so‘zlardan: yer-ko‘k, er-xotin, o‘g‘il-qiz, keldikitdi, oldi-berdi;g) butun-bo‘lak munsabatga ega bo‘lgan so‘zlardan:   gap-so‘z, tog‘-tosh.

    2.Bir qismi mustaqil, ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar: kiyim-kechak, bozor-o‘char, temir-tersak, maza-matra, qand-qurs.

  1. Har ikkala qismi ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilgan juft otlar: g‘ala-g‘ovur, lashlush, ikr-chikir, g‘idi-bidi.

Juft otlar vositasida ifodalangan ma’no har xil bo‘ladi: a) ma’no umumlashadi va kengayadi: qovuntarvuz, qozon-tovoq, qo‘y-echki; b) ma’no umumlashadi va jamlanadi: o‘g‘il-qiz, ota-ona, aka-uka.

Bundan tashqari, boshqa turkumga mansub so‘zlar juftlashib,  otga ko‘chishi ham  mumkin. Bunday juft so‘zlar quyidagi turkumlarga doir so‘zlarning ma’no ko‘chishi asosida yuzaga keladi: issiq-sovuq, oq-qora, kam-ko‘st sifatdan; kam-ko‘st, kam-ko‘p ravishdan; yurish-turish, yeyishichish, yozuv-chizuv, keldi-ketdi, bordi-keldi, ur-yiqit fe’ldan; adi-badi, qiy-chuv kabi taqlid so‘zlardan.

      4-§. Takroriy otlar.  Bir  xil  grammatik  shakldagi  so‘zlarni aynan

takrorlash orqali leksik-grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiluv-chi otlar takroriy otlar deyiladi. Takroriy otlar ko‘plik va umumlash-tirish, ma’no kuchaytirish kabi leksik-grammatik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: Xo‘jalikning bu yilgi daromadi yaxshi.Ombor-ombor g‘alla, xirmon-xirmon paxta yetishtirib mo‘l hosil to‘plandi.Og‘riq tobora zo‘rayib, uning suyak-suyagigacha zirqiratardi.

Takroriy otlarning maxsus takror turi ham mavjud bo‘lib, bu turdagi takror otlar mustaqil so‘z va uning fonetik soyasi qolipida tuziladi hamda gumon, umumlashtirish, jamlash kabi qo‘shimcha ma’nolarni yuzaga keltiradi: ovqat-povqat, ilon-milon, non-pon, chang-chung, choy-poy, qand-qurs. 5-§. Qisqartma otlar. Murakkab so‘z birikmalarini turli usullar yordamida qisqartirish orqali yasalgan otlardir. Qisqartma otlar nutqning ixchamligini ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Masalan: BMT, OAK(Oliy Attestatsiya komissiyasi), O‘zteleradio kompaniyasi, O‘zdunrobita.Qisqartma so‘zlarning ba’zilari tilimizda aynan o‘zlashtiril-gan holda ishlatiladi:

YUNESKO, NATO, Koskom kabilar shular jumlasidandir.

Mavzular.

manba