Bosh sahifa mavzular Otning grammatik kategoriyalari.Son kategoriyasi.

Otning grammatik kategoriyalari.Son kategoriyasi.

0
Otning grammatik kategoriyalari.Son kategoriyasi.

Otning grammatik kategoriyalari.Son kategoriyasi.

Otning grammatik kategoriyalari.Son kategoriyasi.

Ot  turkumi  uch xil grammatik kategoriyaga  ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi;  3)  kelishik kategoriyasi.

Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, kitob – birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi.

      1-§. Son kategoriyasi. Otlarning birlik va ko‘plik  shakllari  va shu shakllarni ifodolovchi vositalar son kategoriyasini  tashkil etadi.

Birlikdagi   otlar  bir jinsdagi  narsalarning  bittasini anglatadi va ular grammatik son  ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan:  kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.

Otlarning ko‘plik shakli  maxsus grammatik  vosita – lar orqali ifodalanadi va bir  turdagi narsaning noaniq miqdorini  bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob – kitoblar, qalam – qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qandqurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida ishlatilishi mumkin.

2-§. O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, o‘qituvchilik) ham ko‘plikda  qo‘llanmaydi.  Bunday otlarga lar affiksi qo‘shilganda ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos modal ma’no deb yuritiladi. Grammatik son  affiksi asosida ifodalanadigan modal ma’nolar quyidagilardan  iborat:      1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning  bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy  anglatgan hududning barcha qismi anglashiladi:  Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni  tomosha qilmoq kabi. 

2.Mavhum otlarga  -lar affiksi qo‘shilganda ma’no  kuchaytiriladi: uyqularim qochib ketdi,  ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. Xuddi shunday  modal ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda  bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham  ifodalanadi: ko‘zlarim achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi. 

3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda  tur, nav ma’nosi anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar (qora, sariq ). 

4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: bobomlar, akamlar, amakimlar kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim.   Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning uylari.  

  1. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. Qahhor)

       3-§. Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik  usuldan tashqari quyidagi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:1)leksik-semantik usul. Grammatik jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: xalq, armiya, to‘da, poda;2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga oid so‘zlarni biriktirish hamda takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta – dasta gul, qop – qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning birdan ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, otning morfologik ko‘pligi birgina – lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi.

       4-§.Otdan boshqa so‘zlarda son. Grammatik son kategoriyasi otdan boshqa so‘z turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayni paytda son kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida ishlatilishi va otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi.

1.Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub Men,  hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, kim-kimlar, har nima-har nimalar kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –lar affiksi qo‘shilganda ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen olmoshiga –lar qo‘shilganda tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki tinglovchini kamsitish, mensimaslik ma’nosi yuzaga keladi: Senlarga gapirayapman! O‘zlik olmoshiga –lar qo‘shilganda esa piching, kesatiq ma’nosi anglashiladi: O‘zlari qadam ranjida qilibdilar-da.

  1. Ism guruhiga mansub sifat, sifat o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, ba’zi ravishlar va fe’lning sifatdosh shakli kabi so‘zlarga –lar affiksi qo‘shilganda otlashish asosida grammatik son tushunchasi yuzaga keladi: yaxshilar, kattalar, kichiklar, o‘shalar, shular, avvallari, ilgrilari, ko‘plar, o‘qiganlar, boradiganlar kabi. Miqdor sonlarga –lar qo‘shilgan-da taxmin-chama ma’nosi hosil bo‘ladi: Soat ikkilarda uchrashamiz.

Ko‘plik affiksi fe’llarga qo‘shilganda  birgalik nisbati hosil qiluvchi –sh\-ish affiksi bilan sinonim bo‘ladi: bordilar-borishdi, o‘qidilar-o‘qishdi.

Mavzular.

manba