Bosh sahifa mavzular OYOQ MUSHAKLARI.

OYOQ MUSHAKLARI.

0
OYOQ MUSHAKLARI.

OYOQ MUSHAKLARI.

OYOQ MUSHAKLARI.

Oyoq mushaklari – chanoq, son, boldir va panja mushaklariga bo`linadi.

Chanoq mushaklariga quyidagilar kiradi:

  1. Yonbosh bel mushagi – ikki boshchadan tashkil topgan. U oyoqni chanoq-son bo`g`imida bukadi va tashqi tarafda buradi.
  2. Kichik bel mushak – katta bel mushagining ustida joylashadi va yonbosh mushak fassiyasiga davom etadi. Chanoq suyagidagi tepalikka tugaydi.
  3. Dumbaning katta mushagi – yonbosh suyagining tashqi yuzasidan,dumg`oza suyagining yon sohasidan boshlanadi. Mushak tutamlari sonning keng fassiyasiga davom etadi va son suyagidagi bo`rtig`iga birikadi.
  4. Dumbaning o`rta mushagi – yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanib,son suyagi bo`rtig`ining oldingi yuzasiga birikadi.
  5. Yuqorigi va pastki egizak mushagi – u son suyagini tashqi tarafga buradi.
  6. Sonning kvadrat mushagi – nomsiz suyagining bo`rtig`idan boshlanib,son suyagining qirrasiga birikadi.
  7. Tashqi yopchiq mushagi – chanoq suyagidagi yopqich teshigining tashqi yuzasidan boshlanib,son suyagining chuqurchasiga birikadi.

Son mushaklari

Son mushaklari uch guruhga bo`linadi:

  1. sonning oldingi guruh mushagi;
  2. sonning ichki mushagi;
  3. v) sonning orqa mushagi.

1.Sonning to`g`ri mushagi – chanoq suyagining o`simtasidan boshlanadi. Oyoqni chanoq son bo`g`imida bukib,tizza bo`g`imida yozadi.

2.Sonning to`g`ri mushagi va uchta keng mushak paylari-ning pastki uchlari o`zaro qo`shilib,umumiy to`rt boshli mushak payini hosil qiladi. Bu pay tizza qopqog`ining ustidan o`tib, katta boldir suyagining bo`rtig`iga birikadi.

3.Yarim pay mushagi – nomsiz suyagining bo`rtig`idan boshlanib, katta boldir suyagining bo`rtig`iga birikadi.

4.Yarim parda mushagi – nomsiz suyagining bo`rtig`idan boshlanib.katta boldir suyagining bo`rtig`i tizza bo`g`inining orqa yuzasiga birikadi.

  1. Sonning ikki boshli mushagi – bu mushakning uzun boshchasi son suyagi chizig`idan boshlanadi.Har ikkala boshcha o`zaro qo`shilib, kichik boldir suyagining boshchasiga birikadi.

6.Taroqsimon mushak – qov suyagining yuqori ravog`idan boshlanib, son suyagining chizig`iga birikadi.

7.Nozik mushak – qov suyagining boshchasiga birikadi. U sonning o`zaro yaqinlashtiradi va tizza bo`g`imida bukadi va ichkariga buradi.

Boldir mushagi

Boldir mushagi oldingi, orqa va lateral mushaklarga bo`linadi:

1.Oldingi katta boldir mushagi – katta boldir suyagining bo`rtig`idan va katta boldir suyagining yon yuzasidan boshlanib oyoq va panja suyaklarining medial ponasimon suyagiga va 1chi kaft suyagining asosiga birikadi.

2.Bosh barmoqni yozuvchi mushak – kichik boldir suyakning ichki yuzasidan boshlanib,bosh barmoq distal falanga suyagiga birikadi.

3.Kichik boldir uzun mushagi – kichik boldir boshchasidan va yuqori uchining yon yuzasidan boshlanib, to`piqni orqa sohadan va ostidan aylanib o`tib ponasimon suyakka va 1chi kaft suyagiga birikadi.

4.Kaft mushagi – son suyagining bo`rtig`idan boshlanib, tovon suyagining bo`rtig`iga birikadi,u boldirning uch boshli mushagi bilan bir xil vazifani bajaradi,uch boshli mushak oyoqni boldir-oshiq bo`g`imida bukadi. Bu mushak son suyagidan boshlanganligi uchun tizza bo`g`imida ham bukish vazifasini bajaradi.

Oyoq panjasi mushagi  Bu soha mushaklari 2 guruhga bo`linadi:

  • oyoq panjasi yuzasida joylashgan mushaklar;
  • oyoq panjasi ostki mushaklari

Oyoq panjasining ustki yuzasida barmoqlarni yozuvchi kalta mushak joylashgan. Tovon suyagining ustki yuzasidan boshlanib, I-IV barmoqlarning ustki yuzasiga birikadi.

  1. Bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak – ponasimon suyakdan boshlanib, bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi.
  2. Kichik barmoqni bukuvchi kalta mushak – V kaft suyagining asosidan boshlanib,kichik barmoq proksimal falanga suyagiga birikadi.
  3. Barmoqlarni bukuvchi kalta mushak – tovon suyagi bo`rtig`idan boshlanib, II-V barmoqlarning o`rta falangasiga birikadi.
  4. Oyoq kafti kvadrat mushagi – tovon suyagidan boshlanib, barmoqlarni bukuvchi uzun mushak payiga birikadi.
  5. Barmoqlarni yozuvchi kalta mushak – tovon suyagining ustki yuzasidan boshlanib, 2-4 barmoqlarning distal falangasining ustki yuzasiga birikadi.
  6. Bosh barmoqni yozuvchi kalta mushak – tovon suyagining ustki lateral yuzasidan boshlanib,bosh barmoqning distal falangasiga birikadi.

BO`YIN MUSHAKLARI

Bo`yin mushagi 3 guruhga bo`linadi: yuza,o`rta va chuqur qavat mushaklari.

1.Bo`yinning teri osti serbar mushagi – ko`krakning kalta mushagi hamda yelka kamarining deltasimon mushagi fassiyasidan boshlanib, pastki jag`ni ostki chekkasiga,og`iz tirqishi burchagiga va yuz fassiyasiga birikadi.

2.To`sh-o`mrov so`rg`ichsimon mushak – to`sh suyagining o`ng qismidan o`mrov suyagining to`sh suyagiga birikish uchidan boshlanib,uning tutamlari yuqoriga yo`naladi va chakka suyagining so`rg`ichsimon o`simtasiga hamda ensa suyagining chiziqlariga birikadi.

Bo`yinning o`rta qavat mushaklari ikki guruhga bo`linadi:

1.Til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklar

2.Til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklar

  1. Ikki qorinchali mushak – orqa qorinchasi chakka suyagidagi o`ymasidan boshlanib, oldingi qorinchasi pastki jag` suyagining chuqurchasidan boshlanadi. Xar ikkala qorincha pay vositasida til osti suyagining katta shoxiga birikadi.
  2. Bigizsimon til osti mushagi – chakka suyagi bigizsimon o`simtasidan

boshlanadi,u til osti suyagiga birikadi.

  1. v) Kurak til osti mushagi – bu mushak ikki qorinchadan iborat bo`lib,yuqori qorinchasi til osti suyagidan boshlana-di,pastki qorinchasi kurak suyagining yuqori qirrasi va ko`ndalang boylam sohalaridan boshlanadi. Har ikkala qorinchalarning o`zaro birikish sohasida pay hosil bo`ladi.
  2. g) To`sh- til osti mushagi – bu mushak to`sh suyagi va o`mrov suyagi orasidagi bo`g`imlar sohasidan boshlanib,til osti suyagiga birikadi.

Mavzular.

manba