OYOQ SKELETI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
OYOQ SKELETI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

OYOQ SKELETI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

OYOQ SKELETI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

Chanoq  suyagi

Chanoq suyagi, himoya va tayanch vazifasini bajaradigan yassi suyaklar guruhiga kirib uch qismdan tashkil topgan: yonbosh suyagi, qov suyagi, o`tirg`ich suyagi. 16 yoshgacha bu suyaklar alohida bo’lib, o`zaro tog`aylar vositasida birikadi. Suyaklarning qo`shilish sohasi, son suyagining boshchasi kirib turadigan sirka kosachasiga to`g`ri keladi. Bu hosilaning tubida chuqurcha, yarimoysimon yuza  va yuza sohasida o`yma ko`rinadi. Yonbosh suyagida tana qismidan tashqari, uning serbar qanot qismi  bo’ladi. Qanotning yuqori qismi qirrni hosil qiladi. Bu qirraga qorinning serbar mushaklari birikadi. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi tarafda oldingi yuqorigi o`simta  va oldingi ostki o`simta  bilan tugaydi. Yonbosh suyagining orqa sohasi esa orqaning yuqorigi o`simtasi  va orqaning ostki o`simtasi bilan yakunlanadi. Yonbosh suyagining tashqi yuzasida chanoqning dumba mushaklari birikishidan hosil bo’lgan dumba  yuzasi bo’lib, bu yuzada chiziqlar  va  hosil bo’ladi. Yonbosh suyagining ichki yuzasida, quloqsimon yuza sohasidan qov suyagi tomonga yo`nalgan, katta va kichik chanoqlarning chegarasi bo’lib hisoblangan hosila bo’ladi. Chanoq suyagining oldingi qismida joylashgan qov suyagi  tana qismidan tashqari yuqori shox  va pastki shox qismlaridan tashkil topgan. Ikki tarafdagi qov suyaklarining o`zaro birikish yuzalari va chetidagi deyiladi. Qov suyagining yuqori qismida bo`rtiq , qirra, yonbosh suyagi bilan birikish sohasida esa tepalik  bo`ladi. O`tirg`ich suyagi  tana qismidan tashqari yuqori shoxi  pastki shoxi  qismlaridan iborat. Bu shoxlarning o`zaro qo`shilish sohasida bo`rtiq hosil bo`ladi. O`tirg`ich suyagining yuqori shoxi o`tirg`ich suyagining o`simtasi bilan tugaydi. Bu o`simtadan yuqorida katta o`tirg`ich o`ymasi  o`simtaning ostida esa kichik o`tirg`ich o`ymasi  joylashadi. Sirka kosachasining ostida o`tirg`ich suyagi bilan qov suyagining orasida yopqich teshigi  hosil bo`ladi. Qov suyagi sohasida yopqich qirra  oldingi bo`rtiq va ba’zi xollarda orqa bo`rtiq  bo`ladi. Chanoq suyagining ichki yuzasida, yopqich teshigining yuqori qismida egat  joylashadi. O`tirg`ich va qov suyaklarining o`zaro qo`shilish sohasidagi shoxi deyiladi. Chaqaloqlarda va o`sish davrida chanoqdagi uchchala suyak alohida bo`lib, tog`ay vositasida o`zaro qo`shilib turadi. 8 yoshda qov va o`tirg`ich suyaklarining shoxlari o`zaro suyaklanadi. 14-16 yoshlarda esa sirka kosachasi  sohasida uchchala suyak tanasi qo`shilib, yakka chanoq suyagini tashkil etadi.

Ikki chanoq suyagining dumg`aza suyagi bilan va o`zaro birikishidan chanoq uning bo`shlig`i hosil bo`ladi. Bu bo`shliq yuqorida joylashgan katta chanoq bo`shlig`idan va pastki sohadagi kichik chanoq bo`shlig`idan tashkil topadi. Kichik va katta chanoqlar orasidagi chegarani chizig`i tashkil etadi. Bu chegara quyidagi hosilalardan tashkil topadi: 1) V bel umurtqasi va dumg`aza suyaklari orasidagi bo`rtiq  2) yonbosh suyagidagi chizig`i; 3) qov suyagi qirrasi va shu suyaklar qo`shilishidan hosil bo`lgan simfizisning yuqori yuzasidan hosil bo`ladi. Bu sohada qov yoyi  va uning ostidagi burchak  joylashadi. Chegara sohasida hosil bo`lgan kichik chanoqqa kirish teshigi  deyiladi. Kichik chanoq bo`shlig`ining ostki qismida pastki chanoq teshigi hosil bo`ladi. Chanoq o`lchovlari amaliyotda katta ahamiyatga ega. Uning ichki o`lchovlarini o`lchash murakkab bo`lganligidan, chanoqning tashqi o`lchovlari o`tkaziladi (o`lchanadi).

  1. Ikki tarafdagi yonbosh suyak qirralari orasidagi masofa — 28-29 sm.

II.Yonbosh suyaklarning oldingi yuqorigi o`siqlari orasidagi masofa 25-27 sm.

  • Son suyaklarining katta ko`st o`simtalari orasidagi masofa — 30-32 sm.
  1. Chanoqning tashqi to`g`ri o`lchovi bo`lib, qov suyaklari orasidagi simfizni hosil etuvchi tog`ay bilan dumg`azaning orqa chuqurchasi (dumg`aza suyagining ustki qirrasi bilan V bel umurtqasining qirrali o`simtasining orasida) orasidagi o`lchov 20 sm.
  2. Haqiqiy (ichki) to`g`ri o`lchovni aniqlash uchun: tashqi to`g`ri o`lchovdan suyak va to`qima qalinligiga to`g`ri keladigan 8-9 sm ni chiqarib tashlash kerak.  11 sm ga teng bo`lib, qov suyaklari orasidagi simfiz tog`ayi bilan, dumg`aza suyagining uchidagi dum umurtqalari orasidagi masofani tashkil qiladi.

VI.Kichik chanoq bo`shlig`iga kirish teshigining ko`ndalang o`lchovini (1415 sm ga teng) aniqlash uchun o`lchovini ikkiga bo`lish yoki 14-15 sm ni chiqarib tashlash kerak.

  • Kichik chanoq bo`shlig`ining chiqish teshigining ko`ndalang o`lchovini aniqlash uchun ikki o`tirgich suyaklari dumboqlarining ichki yuzasi orasidagi masofa (9,5 sm) o`lchanadi. Bu o`lchovga to`qima qalinligi (1-1,5 sm) qo`shilsa kichik chanoqdan chiqish teshigining ko`ndalang o`lchovi (11 sm) hosil bo`ladi.
  • Kichik chanoq bo`shlig`idan chiqish teshigining to`g`ri oichovi dum suyagi bilan qov suyaklar orasidagi simfiz tog`ayning pastki yuzasi orasidagi masofadan (12-12,5 sm) to`qimaga to`g`ri kelgan 1,5sm ni chiqarib tashlash bilan aniqlanadi.

 Son suyagi

Son suyagi naysimon suyaklar guruhiga kirib, uning yuqori uchida boshcha, boshcha yuzasidagi chuqurcha, bo`yin qismi  bo`ladi.

Bo`yin qismining tanaga o`tish sohasida mushaklar birikadigan katta ko`st, kichik ko`st  bo`rtiqlari, katta ko`st orqa yuzasining yuqori qismida chuqurcha har ikkila ko`stlar orasida oldingi sohada, orqa sohada esa  qirrasi bo`ladi. Bu qirrada kvadrat mushagi birikadigan bo`rtiq joylashadi. Son suyagi tanasining yuqori qismi orqa yuzasining tashqi tarafida mushaklar birikadigan bo`rtiq, ichki tarafida esa  hosil bo`ladi.

Son suyagi tanasining orqa yuzasidagi chizigi ikkiga: ichki  va tashqi  chiziqlarga ajraladi. Bu chiziqlar orasida taqim yuzasi hosil bo`ladi. Son suyagining pastki uchida ichki do`ngsimon o`simta  va tashqi do`ngsimon o`simta  bo`ladi.  Har ikkala do`ngsimon o`simtalarning oldingi yuzasida tizza qopqog`i suyagi bilan birikadigan yuza, orqa sohasida esa chuqurcha  hosil bo`ladi. Har bir do`ng usti sohasida chiziqlari bo`lib, ichki (medial) do`ng usti sohasida yaqinlashtiruvchi mushak birikadigan bo`rtiq bo`ladi. Laterial do`ng usti sohasida taqim egati  uchraydi.

Orqa sohada chuqurcha, oldingi yuzada esa chiziq joylashadi. Chaqaloqlarda son suyagining tanasi (diafiz) suyaklardan, qolgan soha esa tog`aydan iborat bo`ladi.

Suyaklanish nuqtalari boshchada — 1 yoshda, katta ko`st sohasida — 3-4 yoshlarda, kichik ko`st sohasida — 9-14 yoshlarda hosil bo`ladi.

Son suyagining distal qismida suyaklanish nuqtalari chaqaloqlarning tug`ilish vaqtiga to`g`ri keladi. Son suyagining to`liq suyaklanb ketishi —14-16 yoshlarda bo`ladi.

Tizza   qopqog’i   suyagi

Tizza qopqog`i suyagi sonning to`rt boshli mushagi payining ichida joylashgan sesamasimon suyak turkumiga kiradi. Bu suyakning yuqori qismida asosi, pastki qismida esa uchi , orqa sohasida bo`g`im yuzasi  bo`ladi.  Boldir   suyaklari

Boldir sohasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi, tashqi tarafda kichik boldir suyagi .

 Katta   boldir  suyagi

Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do`ngsimon o`simta  tashqi do`ngsimon o`simta  bo`ladi. Bu o`simtalarning ustki bo`g`im yuzasida ichki bo`rtiq va tashqi bo`rtiq  bo`ladi. Katta boldir suyagining yuqori uchining, tanasiga o`tish sohasining oldingi yuzasida mushak paylarining birikishidan bo`rtiq  hosil bo`ladi. Katta boldir suyagining tanasida oldingi qirra, ichki qirra  va kichik boldir suyagiga qaragan qirra —  bo`ladi. Bu qirralar orasida esa ichki yuza, tashqi yuza  orqa yuza  hosil bo`ladi. Katta boldir suyagining pastki uchida ichki to`piq, tashqi yuzasida esa kichik boldir suyagi bilan birlashadigan o`yma hosil bo`ladi. Katta boldir suyagining ostki yuzasida oshiq suyagi bilan bo`g`im hosil etadigan yuza  bo`ladi. Katta boldir suyagi proksimal uchida suyaklanish nuqtasi tug`ilish davriga to`g`ri keladi. Distal epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2 yoshda hosil bo`lib, suyaklanib ketishi 16-19 yoshlarda yakunlanadi.

Kichik boldir suyagi

Kichik boldir suyagi  naysimon shakldagi suyaklar guruhiga kirib, yuqori uchida boshcha , boshchaning uchi  katta boldir suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza  uning boshchasi va tanasi orasida bo`yin qismi  bo`ladi.

Kichik boldir suyagining tanasida oldingi qirra, orqa qirra, katta boldir suyagi tomonidagi suyaklararo qirra  va bu qirralar orasida ichki yuza  tashqi yuza  hamda orqa yuza  bo`ladi. Kichik boldir suyagining pastki uchida lateral to`piq, katta boldir suyagi bilan bo`g`im hosil estuvchi yuza  bo`ladi. Lateral to`piqda chuqurcha  va egat  ko`rinadi.

Kichik boldir suyagining proksimal epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 3-5 yoshda hosil bo`ladi. Distal epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2 yoshda paydo bo`lib, suyaklanib ketishi 20-22 yoshlarda yakunlanadi.

Oyoq panjasi suyaklari

Oyoq panjasi uch guruh suyaklardan tashkil topadi: oyoq panjasining kaft usti suyaklari, kaft suyaklari, barmoq suyaklari. Oyoq panjasining kaft usti suyaklari esa ikki qator suyaklardan tashkil topgan: birinchi qatorda tovon suyagi, oshiq suyagi  joylashadi; ikkinchi qatorning ichki tarafida qayiqsimon suyak, ichki ponasimon suyak , o`rta pona-simon suyak, yon ponasimon suyak  bo`ladi. Ikkinchi qatorning lateral qismi kubsimon suyakdan hosil bo`ladi. Oshiq suyagida tana bo`yin qismi boshchasi, qayiqsimon suyak bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza uning yuqori qismida g`altaksimon hosila va uning yuqori bo`g`im yuzasi bo`ladi. G`altaksimon hosilaning ikki yon tarafida boylamlar birikadigan yuza  hosil bo`ladi.

Oshiq suyagining bo`yin qismida tovon suyagi bilan bo`g`im hosil qiluvchi medial yuza  oshiq suyagidagi egat  joylashadi.

Oshiq suyagining tanasida lateral o`simta, va orqa o`simta  bu o`simta sohasida lateral do`nglik  va medial do`nglik bo`ladi. Tovon suyagining orqa yuzasi sohasida bo`rtiq, kubsimon suyak bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza, oshiq suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi yuzalar bo`ladi.

Tovon suyagi do`ngligida lateral o`simta va medial o`simta  bo`ladi.

Oyoq panjasining kaft usti suyaklari yonidagi suyaklar bilan birikuvchi bo`g`im yuzalari, bo`rtiqlar  bo`ladi. Oyoq panjasining kaft suyaklari naysimon shaklidagi suyaklar guruhiga kirib, uning asosi  tanasi  boshchasidan iborat. Birinchi kaft suyagida bo`rtiq  I va beshinchi kaft suyagida bo`rtiq  bo`ladi. Oyoq barmoqlari uch guruh falang suyaklaridan hosil bo`ladi: proksimal barmoqlar , o`rta falang , tirnoq falangalari. Bosh barmoqda o`rta falang suyagi bo`lmaydi. Falang suyaklarida boshchasi, tanasi, asosi bo`ladi. Falang suyaklarining boshchasida g`altaksimon hosila bo`ladi. Barmoq suyaklarida mushak paylarining ichida joylashadigan sesamasimon suyaklar uchraydi. Oyoq panjasidagi suyaklarning suyaklanish nuqtasi tovon suyagida embrion taraqqiyotining 6- oyida, oshiq suyakda embrion taraqqiyotining 7-8- oyida, cuboideum suyagida embrion taraqqiyotining 9- oyida, laterial ponasimon suyagida tug`ilganidan so`ng 1 yoshda, kalta naysimon suyaklarning epifiz sohasida suyaklanish nuqtasi 2-3 yoshlarda hosil bo`lib, suyaklanib ketish 20-25 yoshlarda bo`ladi.

Mavzular.

manba