O`zbek bolalar adabiyoti yuksalish yo`lida (1940-80 yillar).Quddus Muhammadiy- bolalarning tabiatshunos shoiri.
Quddus Muhammadiy XX asr o`zbеk bolalar shе’riyatini mavzu mundarija hamda janriy xilma-xillik bilan boyitgan zabardast shoir. Uning ijodi o`tgan asrning 30-yillaridan, to yangi asr bo`sag`asiga qadar kеng qamrovli shakl va tamoyil kasb etdi. Shu davr mobaynida shoir shе’rlarini bog`cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o`spirinlargacha birdеk sеvib o`qidi, qo`shiq qilib kuyladi. Q.Muhammadiyning alohida chop etilgan shе’riy to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining o`ziyoq, uning ommabop va hammabop shе’rlar yozganidan dalolat bеradi. Muhimi, ana shu ehtiros hali-hanuz sўngani yo`q. Shoir shе’rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdеk, sеvib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari bilan to`lishib bormoqda.
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag`ishladi.
She`r yo`lin o`rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so `zim, Shu Vatan, shu xalqim, shu o`g`il-qizim, She `rimning asosiy mavzui sizlar.
Asarim ovozi – parvozi sizlar,
O`zingiz ilhomim oltin o`zagi,
O`zingiz she`rimning husn-bezagi,
Haqiqatdan ham shoir she`rlarining mavzui bepoyon Vatan, uning mehnatsevar xalqi, shirin «o`g`il-qizlari»dir. Asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin o`zagi», she`rining «husn-bezagi» ham shulardir. Shoir o`z asarlarida bolalarning yurak tuyg`ularini, orzu va intilishlarini, o`qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo`qotish yo`llarini izlaydi, topadi, o`z o`quvchisiga talabchan o`rtoq, qattiqqo`l ustoz sifatida yo`l ko`rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolalarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go`zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o`z she`rlari bilan bolalarda estetik didni o`stirishga, go`zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat qiladi.
To`qson yillik umrini bolalarga she`r, qo`shiq, doston, doston-ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababii u dastlabki ma`lumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q.Muhammadiyning birinchi she`ri «Chuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi. Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she`rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o`yini», «Paranji», «Ahmad va asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she`rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`Iib ishlaydi, shu bilan birga O`rta Osiyo davlat univeisitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi.
Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g`amxo`rliklari Q.Muhammadiy qalbida bir umr o`chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o`zaro do`sflik bo`lajak shoir qalbini tordek ko`tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H.Olimjon, G`.G`ulomlarni o`zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o`rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo`lgan. Ilk she`rlaridan biri «Tong o`yini» orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste`dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qulib kelgan.
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she`r o`qish navbatini Q.Muhammadiyga beradi.
Q.Muhammadiy zavq bilan «Sa`va sayrarkan» she`rini o`qiydi. Q.Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H.Olimjon she`r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she`r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she`r ma`qul tushganini aytadi. So`ng, bolalar uchun she`rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she`rlarni ko`proq yozishni ta`kidlaydi.
Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a`lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da`vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda и xalq og`zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko`p narsalarni o`rganadi.
Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1946 yilda «O`quvchiga esdalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she`rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning «O`quvchiga esdalik» she`rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta`kidlaydi:
Bo`lay desang bog`bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Niтаki qilsang tilak, Bariga o`qish kerak.
San`atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da`vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a`lo o`qish, axloq-odobli bo`lishda boshqalarga ko`mak ko`rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo`lishdek ibratomuz ma`no va mazmun yotadi.











