O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.

0
O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.  O‘zbekistonda istiqlol tufayli erkin ijod qilishga keng imkoniyatlar ochilgach, turli soha, ilm axli orasida o‘tmish tarixga qiziqish, milliy g‘ururi qaynab, tarixning turli yunalishlari bo‘yicha erkin fikr yuritish jonlanib ketdi.

Ayniqsa, bugungi kunda o‘zbek xalqining kelib chiqishi va uni xalq, millat sifatida shakllanishini, ya’ni o‘zbek etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortdi. Matbuotda, ilmiy-ommabop nashrlarda, ilmiy anjumanlarda o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni, etnik tarixiga oid qizgin bahs-munozaralar davom etmokda. Afsuski, chop etilayotgan ba’zi bir tadqiqotlarda qadimdan shu zaminda yashab kelayotgan xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘liqlik, iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalar hamda turli darajadagi etnik qorishuvlar tufayli milliy etnoslarning shakllanishi rivojlanishning asosiy omillaridan ekanligi ikkinchi darajaga tushib qolmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixining u yoki bu yo‘nalishi bo‘yicha internet saytlarida, ilmiy jurnallar sahifalarida, hatto monografik kitob tarzida milliy nuqtai-nazarlar chuqur ilmiy tahlillarsiz keng kitobxonlar ommasiga takdim etila boshlandi. Istiqlol bergan ijodiy erkinlikdan ilxomlangan va o‘z bazaviy mutaxassisligi tarixdan uzoq bo‘lgan ziyolilar orasida o‘tmish tarixga bir yoqlamali yondashuvlar asosida millat tarixini yozish an’anaga aylanib, ularning «ijod» mahsuli ilmiy nazoratsiz chop etilmokda.

Afsuski, keyingi yillarda birlamchi manbalar asosidagi tadqiqotchilikka xos ilmiy odob (etika) o‘rnini milliy ehtiroslar egallab bormokda. Natijada, jahon ilmiy jamoatchiligi e’tirof etgan ob’ektiv tarix, real geosiyosiy vaziyat hisobga olinmay, ilmga zid qarashlarni fanda paydo bo‘lib qolishi tufayli, mustaqil O‘zbekistonimiz tarix fani oldida o‘ta mas’uliyatli yangidan-yangi muammolar tug‘ilmokda.

Ana shunday muammolarning tug‘ilishiga asos beruvchi O‘rol Nosirovning 2011 yilda chop etilgan «O‘zbeklar shajarasi» nomli kitobidir.

Muallif o‘zining noilmiy mulohazalari bilan turkiy etnosni jahon sivilizatsiya markazlarining asoschilari sifatida ko‘rsatish maqsadida, turli adabiyotlar va manbalarga noxolis yondashgan. Shuning uchun kitobda keltirilgan ma’lumotlarning mutloq aksariyati ilmiy tahlillarsiz, kuchli ehtiroslar negizida, o‘zbek etnogenezi ildizining turkiy qatlamini jahon sivilizatsiyasining beshigi sifatida ko‘rsatishga uringan.

Avvalambor, kitobni «O‘zbeklar shajarasi (Etnik tarixga xolis nazar)» deb nomlanishi uning tub mazmuniga mos kelmaydi. Chunki, shajara orqali butun bir xalqning etnogenezi va etnik tarixini yoritib bo‘lmaydi. Kitob annotatsiyasida masalaga muallif yondashuvining ilmga zid, hatto tarix havasmandlari ham qabul qilishi qiyin bo‘lgan farazlarni tarixiy haqiqat sifatida talqin kilinishi, jumladan, o‘zbek xalqining azaliy ajdodlari faqat skiflardan iborat deyishi, o‘zbek xalqi odamzod paydo bo‘lganidan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida o‘troq va yarim o‘troq yashab kelayotgani, o‘zbeklar mil. avv. VI-V ming yilliklarda Eron orqali Kichik va Old Osiyoga borib madaniyatlar yaratgani, mil. avv. II-I mingyilliklarda Sirdaryo va Amudaryo oraligida, ya’ni hozirgi O‘zbekiston hududiy doirasida Skifiya davlati bo‘lgani haqida yozadi. Bu ma’lumotlar tarixiy haqiqatga ziddir.

Rasmiy tarixga ko‘ra, skiflar mil. avv. VII-III asrlarda Shimoliy Qora dengiz bo‘ylarida, ya’ni Dnestr, Dnepr va Don daryolari quyi havzalarida, Azov dengizi atroflarida va Qrim yarim orolida yashagan va ular asosan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalarning konfederativ uyushmasini tashkil etishgan. Arxeologik izlanishlar va yunon-rum manbalarining xabar berishicha, mil. avv. VII-IV asrlarda shimoli-sharqiy Qora dengiz bo‘ylari, Azov dengizi va Qrim yarim orolining dashtlari skiflar keng tarqalgan hududlar bo‘lib, bu hududlar yunon-rum yozma manbalarida Skifiya deb nomlangan. «O‘zbeklar shajarasi» kitobining muallifi esa Skifiyani O‘rta Osiyoning ikki azim daryolari (Amudaryo va Sirdaryo) oraligiga joylashtiradi.

Afsuski, o‘zbek etnogenezi masalasida U. Nosirov xalqimiz tili turkiy ekan, uning yagona o‘k tomiri ham turkdir, turkning ajdodi skifdir, deb xalqimizning uzoq o‘tmishiga tegishli o‘troq sug‘orma dehqonchilik madaniyati va yuksak darajada rivojlangan keng tarmoqli hunarmandchiligiga oid boy madaniy merosidan mahrum etmoqchi bo‘layotganligini o‘zi payqamaydi. U muammoning tub mohiyatini tushunmay, mafkuraviy-dushmanlarimizga ozuqa berayotganligining farqiga bormaydi.

Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston manfaatidan kelib chikib, etnogenez va etnik tarix masalasiga xolis yondashish lozim. Bu o‘ta nozik masalada har bir olim yoki muallif aytgan so‘zi uchun mas’uldir. Aks xolda, oddiy xalqni chalg‘itish milliy nizo va adovatlarning sababchisi bo‘lib qolishi xech ran emas. Umuman olganda, ushbu asar xalqimizning kelib chiqishi borasida sohta, noilmiy qarashlar asosida yozilgan bo‘lib, uni keng o‘quvchilar jamoasiga taqdim etish maqsadga muvofiq emas. Chunki, bunday «asar»lar qo‘shni davlatlarda faoliyat yuritayotgan ba’zi bir g‘oyaviy muxoliflarimiz uchun tayyor hurak, ularning tegirmoniga suv quyishdir.

Keyingi yillarda o‘zbek xalqining etnogenez va etnik tarixi muammolari bilan bog‘liq masalalarda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ham asar va risolalar yoza boshladilar. Ularning asarlarida tilshunos-filologlarga xos badiiy to‘qimalarni tarixiy haqiqat sifatida talqin etish asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan, bir necha badiiy risolalar muallifi Anvar Shukurov rasmiy tarixga zid qarashlar asosida yozilgan «O‘zbek atamasining kelib chiqishi haqida» nomli risolasini chop etgan. Anvar Shukurovning ta’kidlashicha, antik davr muallifi Diodor «Tarix kutubxonasi» asarida «biz turkiylarning jahongir bobomiz O‘g‘uzxon bo‘lgan», deyilgan. Diodor bundan ikki ming yil avval skiflarning sardori O‘g‘uzxon bo‘lganligi, bu tarixiy fakt Mirzo Ulugbekning «To‘rt ulus tarixi» va Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida o‘z aksini topganligini qayd qiladi. «Bir zamonlari, – deydi muallif, – Hindiston, Xitoy, Eron, SHom, Misr, Rus dengizigacha erlarni bosib olgan va turk maliklari orasida mashhur bo‘lgan jahongir O‘g‘uzxon edi», degan xulosaga keladi.

  1. Shukurov, uzoq o‘tmishda «Tufon» bo‘lganligi, Tufonda Nuh payg‘ambar qayig‘ida suzgan turkning bosh bo‘g‘ini Yosaf, Yosafning o‘g‘li Tur yoki Turkdan tarix boshlanganligi, Tufondan 270-300 yil keyin o‘g‘uzlar podshosi bahodir O‘g‘uzxon turklarning nufuzini dunyoga taratdi, deydi. Aslida fan yutuqlariga ko‘ra, Tufon bundan tahminan 40 ming yil avval o‘tgan. U davrda o‘g‘uz deb atalgan qabilalar va ularning podshosi O‘g‘uzxon ham bo‘lmagan. O‘g‘uzxon Mirzo Ulug‘bek va Abulg‘ozi ma’lumotlariga ko‘ra, turkning bosh bo‘g‘ini YOfasning to‘qqizinchi yoki uninchi bo‘g‘ini bo‘lgan.
  2. A.SHukurovning kitobxonga tushunishi qiyin bo‘lgan hisob-kitobini arxeologik davriy sanalar bilan qiyosiy solishtirilsa, O‘g‘uzxon bundan 39.700 yil avval o‘tgan bo‘ladi. Ammo, muallif esa O‘g‘uzxon mil. avv. II asrda yashagan deb yozadi. Ko‘rib turibsizki, ilmiy arxeologik davriy sana bilan A.SHukurovning qarashlarida mantiqiy bog‘lanish yo‘qk.
  3. Shukurov chingiziy avlodlarini turkning bir bo‘g‘ini hisoblab, mug‘ullarni «bizning ajdodlarimiz ekanligini tan olish vaqti kelmadimikan», degan tavsiyani tarixchi mutaxassislarga bermoqchi bo‘ladi. A. Shukurov «O‘zbek» atamasinyng kelib chiqish tarixiy ildizlarini goh «Tufon» bilan, goh o‘g‘uz atamasining o‘zagidan izlab, kitobxonni chalg‘itishga qanchalik urinmasin, o‘zbek atamasining kelib chiqishi haqidagi akademik B.Axmedovning mulohazalari ilmiy asoslidir.

Muallif o‘zining navbatdagi «Nur ustiga nur yog‘sin» kitobida o‘zbek xalqining ajdodlari qachondan boshlab o‘troq hayot kechira boshladi? – degan savolga javob topishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yganligini ta’kidlaydi. Biroq, bu masala kitobda o‘z echimini ilmiy asosda topmagan. U bu o‘lkada «kent», «tepa», «qo‘rgon», «qal’a» kabi joy nomlarini uchratilishi o‘troq; hayot va shaharni anglatgan, degan iboradan nariga o‘ta olmaydi. Skiflar-saklar ajdodlarimizning bir tarmog‘i ekanligi ma’lum. Skif-sak yuzlab, minglab chorvador qabila va urug‘larning uyushmasi. Ular tarixda chorvador ko‘chmanchi xalq sifatida e’tirof etiladi. Bu xalqning O‘rta Osiyo hududlarida yashovchi etnik guruxlari mintaqaning eroniy til muhitida eroniylashib, ana shu tilda Avesto yaratildi. Shu bois, rasmiy tarixda O‘rta Osiyo saklari eroniy tilli xalq degan tasavvur paydo bulgan.

O‘rta Osiyo saklarining o‘troqlashgan qismi hisobiga sug‘diylar, boxtariylar, xorazmiylar etnik nomlari ostida O‘rta Osiyoning muqim yashovchi aholisi tarkib topdi. Demak, ular ham eroniy tilli xalq sifatida talqin etildi. Biroq, o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixini fakat skif-saklarga bog‘lab qo‘yish ham, tarixda kechgan murakkab etnogenetik jarayonlarni inkor etishga olib keladi.

Hozirgi o‘zbeklar asosan ikki tilli etnik jamoalarning uzoq asrlar davomida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va etnomadaniy jihatdan rivoji va qorishuvidan tarkib topgan yangi etnosdir. Bu turli etnik guruxlarning qorishuvida yolgiz o‘g‘uzlar emas, balki qarluk, chigil, argun, kipchok va boshka o‘nlab, yuzlab turkiy qabilalar ham qatnashgan. A.Shukurov tasavvurida «o‘zbek» faqat skif-sak, o‘g‘uzlardan tarkib topgan bo‘lib qolgan.

Oliy o‘quv yurti pedagoglari orasida o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini o‘rganish borasida murakkab etnogenetik jarayonlarni to‘g‘ri tushunib, xolis fikr va mulohazalar yurituvchi ustozlar ham yo‘k emas. Samarkand davlat chet tillar institutining professori, filologiya fanlari doktori U. Sanaqulov 2010 yilda «O‘zbek xalqi va tilining etnogenezi hamda etnik qatlamlari» nomi ostida talabalarga ilmiyuslubiy materiallar chop ettirgan.

Sanaqulov akademik A.Asqarovning 2007 yilda Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiygumanitar fakultetlari talabalari uchun chiqargan o‘quv qo‘llanmasi haqida yaxshi fikrlar bildirish bilan birga, ba’zi bir masalalarda o‘z qarashlarini bayon etgan. Masalan, K. Shoniyozov va A. Asqarovlar o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixiy ildizlari ikkita, ya’ni birinchisi mahalliy eronzabon sug‘diylar, xorazmiylar, boxtariylar va sak-massaget qabilalari bo‘lsa, ikkinchi ildiz shu hududda qadimdan yashab kelayotgan turkiy qabilalar edi,

ularning uzoq asrlar davomida o‘zaro qorishuvidan yangi etnos – o‘zbek xalqi shakllangan, degan xulosaga keladilar. U. Sanaqulovning fikricha, o‘zbek xalqining shakllanishida uchta asosiy o‘k tomir bo‘lgan. Birinchi tomir qadimdan turg‘un holda yashab kelgan tub joyli (qarluqchigil- uyg‘ur) turkiylar bo‘lsa, ikkinchi tomir ko‘chmanchi (o‘g‘uz-qipchok) qabilalaridir. Bu ikki ildizning qorishuvidan o‘zbek xalqi yuzaga keldi. SHuningdek, qadimgi so‘g‘diy, xorazmiy va boxtariy kabi qadimgi eroniy tilli qabilalar qorishuvidan yuzaga kelgan komponent esa o‘zbek xalqining uchinchi tomiri xisoblanadi. Muallif davom etib, o‘zbek xalqi tarkibida qadimiy eroniy tilli komponentlar bo‘lsa-da, ammo u o‘zbek xalqining shakllanishida o‘q tomir bo‘la olmaydi, deydi.

  1. Sanaqulov kitobining 35-betida: «xorazmiylar Markaziy Osiyodagi ancha qadimiy va qudratli qabilalardan biri bo‘lgan. Bu qabilaning o‘tmishi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, mil. avv. IX-VIII asrlar bilan o‘lchanadi. Xorazm hududidan topilgan Amirobod madaniyati bundan dalolat beradi», – deydi. Tarixiy manbalarning tahliliga ko‘ra, xorazmiylar haqida ran ketganda, mil. avv. VI asrda Xerirud-Tajan vodiysidan Amudaryo quyi xavzalariga kirib kelgan xorasmiylar va ular qoldirgan Ko‘zaliqir, Hazorasp, Xumbuztepa kabi yodgorliklar tushuniladi. Ungacha bu o‘lkada chorvador sak-massagetlar yashab, ulardan qolgan Amirobod madaniyati aholisi esa yarim ertula kulbalarda yashagan, ular xorasmiylarga xos monumental qal’alar qurmaganlar, ularga mil. avv. VI asrda kelib qo‘shilgan yuksak sivilizatsiyali xorasmiylardan ancha orqada edilar.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi. Kitobning 37-betida Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida keltirilgan mil. avv. 1292 yil bilan bog‘liq tarix, Xorazmning ilk bor o‘zlashtirilishi haqida emas, balki bu hududda ilk bor «turk podsholigi»ni tarkib topishi bilan bog‘liq edi. Beruniy xalq og‘zaki rivoyatlaridan keltirgan bu dalillar arxeologik materiallarda o‘z aksini topgan.

O‘zbek xalqining kelib chiqishi masalalari shunchalar qiziqarli va jozibadorki, o‘zini o‘zbek deb bilgan har bir ziyoli u hakdagi ilmiy yoki rivoyatlarga burkangan tarixiy asarlarmi, ularni farqiga bormay, ularni o‘qishga, ular asosida o‘z qarashlarini bayon etishga intiladi. Internet saytlari bu masalada ochiq oyna! Istalgan mavzuda, u ilmiymi yoki uydirma, tukima va faktlarni rivoyatlar bilan omuxtalashgan karashlarmi, baribir, ularni o‘z sahifasida e’lon qilinishiga imkon beradi.—-Keyingi yillarda internet sahifalarida o‘z kasbiga ko‘ra quruvchi, iqtisod fanlar doktori Rustam Abdullaev ismli ijodkor o‘zbek xalqining kelib chiqishi mavzusida «noyob nazariyachi» sifatida paydo bo‘lib qoldi. Uning ana shu maqolalardan birida («O‘zbekiston: sinovlar, tahdidlar, muammolar va echimlar») Alisher Navoiyning etnik kelib chiqishi masalasida turkiyalik olim Temirxo‘ja o‘g‘li va o‘zbek jurnalisti Xurshid Davron bilan bahslashib, ularni «Navoiy o‘zbek shoiri emas, chunki tarixiy Turkiston 1924 yilda O‘zbekiston bo‘ldi. Navoiy turk shoiri, vaqti-soati kelib bu xato tuzatiladi» degan bashoratlarini to‘g‘ri tanqid kiladi. Ammo, uning qarashdarida tarixiy tizimlilik, xronologik ketma-ketlik, tarixiy jarayonlarga ob’ektiv baho berish va manbalar, adabiyotlar ilmiy tahlilida xolislik ko‘zga tashlanmaydi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.  «O‘zbekiston: sinovlar, taxdidlar, muammolar va echimlar» nomi ostidagi ikkita maqolasida Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixonni turkka chiqaradi, uning onasi Burte-qung‘irot, otasi Chilgir Boko baxodir merkit turklaridan, uning onasini Temuchin (Chingizxon) o‘ziga xotinlikka olganda Burte yo‘lda tug‘ib qo‘yadi, bolaga Jo‘jixon ismi berilgan. «Aslida esa uning nomi yo‘lda tug‘ilgani uchun Yo‘lchi edi».

Juji (Yulchi) ulusining avlodlaridan bulgan O‘zbekxon hokimiyatga kelgach, uning ulusi, uning sharafiga O‘zbek ulusi, O‘zbekiston deb atala boshladi. O‘zbekxonning bobosi Mangu Temir hukmronligi (1251-1259) davridayok Juji ulusi Mug‘ul imperiyasidan to‘liq ajrab chikib, mustaqillikka erishgan, O‘zbekxon esa uning har jihatdan mustaqilligini ta’minlagan». Bu esa tarixiy haqiqatga ziddir.

Rustam Abdullaev «O‘zbeklar – turk xalqlarining aslzodalari, sartlar esa – Markaziy Osiyoning tadbirkorlari» nomli maqolasida XIV asrda O‘zbek davlati aslzoda beklar – xarbiylarning ixtiyoriy uyushmasi asosida tarkib topgan, sartlar esa Markaziy Osiyoning tadbirkor turkiy savdogarlari ekanligini isbotlashga urinadi. Shuning bilan birga, o‘zbeklar bilan ruslar o‘rtasida etnik yaqinlik mavjudligini «asoslashga» urinadi. Muallifning rivoyatlarga asoslangan «nazariyasi»ga ko‘ra, ruslar, hatto hindlar qonida turklar qoni mavj uradi, To‘fondan omon qolgan Nuh, payg‘ambar Ararat tog‘larida emas, balki Oltoy tog‘larida qo‘nim topganligi haqida so‘z yuritadi. «Evropaliklar Nuhning o‘g‘li Yofas, uning o‘g‘li Tur yoki Turkdan tarqalganligi, Turkning aslzodalari o‘zbeklar bo‘lgan» degan farazni o‘rtaga tashlaydi. Bu masalada Rashididdin va Fazlulloh kabi fors tarixchilarining diniy rivoyatlari asosida bitilgan asarlariga suyanadi.

Muallif rivoyatlarga asoslangan holda va hech bir ilmiy asoslarsiz «mug‘ullarning nasl-nasabi turk bo‘lgan», «O‘zbekxon davrida Oltin O‘rda davlatining davlat tili eski o‘zbek tili edi» degan xulosaga keladi. U o‘zbek xalqining o‘tmish tarixidan bilag‘onlik qilib «ba’zi bir chalasavod tarixchilar hech bir isbotsiz Mo‘g‘ulistonning aholisi turklashtirilgan mug‘ullar bo‘lgan» deydi. Uningcha, qung‘irot va oyrat urug‘lari etnik kelib chiqish jihatidan mug‘ul emas, turk emish. Shuningdek, muallif «rus knyaz va dvoryanlarining aksariyati kelib chiqish tarixiy ildizlariga ko‘ra turk bo‘lgan. Ularning barchasi turklarning bahodir qo‘ng‘irot urug‘i bilan etnik jihatidan bog‘liqdir. Bu hakda L. Gumilev o‘zining «Drevnyaya rus i Velikaya step» nomli asarida «Temur barlos bo‘lgan, Edigey esa – qung‘irot bo‘lgan va ular buni doimo o‘z yodlarida saqlashgan» deb aytib ketgan. Prof. S.Ya. Baskakov esa, asosli ravishda «rus podshosi Boris Godunov, Yusupovlar, Golitsыnlar, Narishkinlar, Rostopchinlar, Glinskiylar, Romanovlar knyazlik urug‘lari, pravoslav dinining namoyandasi Petr Ordinskiy, Petr, Solomoniya Saburova, Elena Glinskaya, Irina Godunova, malika Marfa Apraksinalarning kelib chiqishi turk bo‘lib, turkning aslzodalari o‘zbek bo‘lgani bois, ular ham o‘zbeklar safiga kiradi», deydi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.  To‘g‘ri, dunyoda biror xalq yoki millat yo‘kki, uning etnik tarkibi monoildizli bo‘lsa. Shu bois, o‘rta asrlarda Dashti Qipchok o‘zbeklarining janubiy rus aholisi bilan etnik aloqalari bo‘lganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin bu aloqalar ularning qonida qaysi bir o‘lchamda bo‘lishidan qat’iy nazar, ular rus xalqi bo‘lib shakllandi. Shuning uchun ularni etnik ildizi turk bo‘lgan, o‘zbek bilan rus xalqi o‘rtasida etnik bog‘liqlik bor, demak, ular o‘zbek edi, deb xulosa chiqarish xatodir. Shuningdek, oriy, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligini kelib chiqishi haqidagi fikrlari ham tarixiy haqiqatdan yirokdir.

O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida yozilgan asarlar tanqidiy tahlilidan kelib chiqadigan yakuniy xulosalar:

  1. Etnogenez va etnik tarix, tarix fanining bosh masalasidir. U yoki bu xalqning kelib chiqish tarixini o‘rganmay turib, uning iqtisodiy xo‘jalik tarixini, madaniyati, davlatchiligi, siyosiy va ma’naviy dunyosini o‘rganish mumkin emas. Fan olamida ularni o‘rganish ilmiy metodologiyasi, o‘ziga xos uslubiy yondashuv prinsiplari mavjud. Masalaning muammoviy jihatlari tadqiqotchidan o‘ta xolislikni, materiallar kompleks tahliliga ob’ektiv yondashishni va chuqur ilmiy tafakkurni talab etadi. Masalaning yana bir muhim jihati tadqiqotchidan muammo echimini topishda ilmiy tajriba, bilim va mintaqaga xos etnosiyosiy vaziyatii hisobga ola bilishlik, izlanishlarda milliy ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi. Xalqlarning etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda sho‘ro davri tarixshunosligida qator salbiy holatlarning mavjud bo‘lishiga qaramay, milliy avtoxtonizm nazariyasi ruhiyatida yozilgan asarlar ilmiy fundamental xarakter kasb etdi.
  2. Keyingi yillarda o‘tmish tarixga ommaviy qiziqish, o‘z millatining mintaqa tarixi va madaniy merosini o‘rganishda noilmiy yondashuv kuchaydi. Natijada, etnosning shakllanishi bilan bog‘liq masalalarda ilmiy professionalizmdan yiroq asarlar chop etila boshladi. Ilmiy xolislik, ob’ektiv yondashuv yo‘qligi tufayli milliy ehtiroslarga to‘la, tarixiy haqiqatga zid asarlarning xususiy nashriyotlarda chop etilishi tabiiy xolga aylandi.

3.Fanda ijodiy erkinlik yaxshi, busiz fan rivojlanmaydi. Har bir ilmiy asar, milliy nizolarga emas, balki amaliy xayotda tinchlik va barqarorlikka xizmat etishi kerak. Bu akademik ilm-fanning ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishining nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Masala tub mohiyatini tushunmay murakkab muammoga qo‘l urish millat sha’niga dog‘ tushiradi.

O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi.

Mavzular.

Manba