O’zbekiston-Avstraliya munosabatlari.
O’zbekiston-Avstraliya munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi va Avstraliya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1991-yil 26-dekabrda o‘rnatilgan.
Birinchi rasmiy aloqalar 1991-yil 17-18- noyabrda Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vaziri G.Evansning O‘zbekistonga tashrifidan boshlangan. 2017-yil 2-martida Avstraliyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) P.Martin Tesh O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vaziri A.Kamilovga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi.
Tomonlarning o‘zaro munosabatlarni jadallashtirishida ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida olib borilayotgan siyosiy maslahatlashuvlar katta turtki bo‘lmoqda. Ularning so‘nggisi, 2012-yilning aprelida Toshkentda o‘tkazildi. (2009-yil 30-mart, Kanberra).
2016-yilda Tomonlar Diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi 25 yilligi munosabati bilan tabrik xatlari almashishdi. Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari 2017-yil yakuni bo‘yicha $1620,2 mingni tashkil qilgan.
O‘zbekistonda Avstraliyalik investorlar ishtirokida 6ta korxona faoliyat ko‘rsatayapti. Shulardan 3 qo‘shma korxona va 3 tasi 100% xorijiy sarmoya ishtirokida faoliyat yuritmoqda.
OʻZBEKISTON-VETNAM MUNOSABATLARI. Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27- dekabrda tan oldi, 1992-yil 17-yanvarda diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 1993-yil Toshkentda Vetnam elchixonasi ochildi, 2009-yildan buyon Xanoyda Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsulxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1996-yil Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Vetnamda bo‘ldi. Tashrif davomida davlatlararo munosabatlar asoslari, hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv va hukumatlararo bitimlar imzolandi. 2010-yilda Oʻzbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oʻzbekiston Respublikasining VSRdagi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Jakarta shahrida).
2011-yil oktabr oyida Vetnam Bosh vaziri Nguen Tang Zungning Oʻzbekitonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Vetnam bilan koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistonga VSR Xalq yigʻini raisi oʻrinbosari Uong Tu Liuning (2008-yil iyul), VSR Bosh vaziri oʻrinbosari Xoang Chung Xayning (2010-yil aprel), Jamoat xavfsizligi vaziri Le Xong Anning (2010-yil sentabr), Xanoy shahri Xalq kengashi raisi Ngo Txi Zoan Txanning (2012-yil avgust), Bosh prokuror oʻrinbosari Chan Kong Fanning (2012-yil dekabr), Adliya vaziri oʻrinbosari Din Chung Tungning (2013-yil iyun), Oliy xalq sudi raisi Chiong Xoa Binning (2014-yil iyun) tashriflari tashkillashtirildi.
2013-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Vetnamga tashrifi bo‘lib o‘tdi. 2014-yilning mart oyida Xanoy shahrida Oʻzbekiston va Vetnam Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning toʻrtinchi davrasi. boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning 6ta yigʻilishi oʻtkazilgan. Shularning eng oxirgisi 2013-yil dekabr oyida Xanoy shahrida boʻlib oʻtdi.
2017-yil fevralida bosh vazir o‘ribosari – qishloq xo‘jaligi va suv ho‘jaligi vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Vetnamga tashrif buyurdi.
Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $33,8 mln.ni tashkil qilgan. Oʻzbekistonda hozirgi kunda Vetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 3 tasi 100 foiz Vetnam sarmoyasi asosida tashkil etilgan.
Madaniy va gumanitar sohadagi hamkorlik doirasida imzolangan kelishuvlar amaliyoti yuzasidan 1995-yilning dekabridan boshlab “Oʻzbekiston – Vetnam” va “Vetnam – Oʻzbekiston” Doʻstlik jamiyatlari faoliyat olib borishmoqda.
2012- yil sentabrida O‘zbekistonda Vetnam madaniyati kunlari o‘tkazildi. 2012-yil dekabrida Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Vetnam tili va madaniyati markazi ochildi. O’zbekiston-Avstraliya munosabatlari.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.






