O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishlari.
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishlari. Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’nomazmun bag‘ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiysiyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi.
2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, hech shubhasiz, yangi tariximizdagi ana shunday beqiyos hodisa bo‘ldi.
Chunki aynan ana shu saylovda butun O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk siyosiy irodasi, huquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimiz, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to‘liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochiq va oshkora o‘tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashkilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
Yuksak saviyada o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g‘olib bo‘ldi.
Toshkent shahrida 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida alohida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz to‘plangan tajriba va ilgor xalqaro amaliyotga suyangan holda, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi».
Haqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan mazkur keng ko‘lamli dasturiy hujjat har tomonlama puxta ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining ahamiyati alohida ta’kidlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylashtirilgani, buning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi» portalida yo‘lga qo‘yilgan muhokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-mulohoza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqilgani qayd etiladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks choratadbirlar amalga oshirildi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishlari. Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi);
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, 2017 yil 23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishlari.











