Bosh sahifa mavzular O’zbekiston-Indaneziya munosabatlari.

O’zbekiston-Indaneziya munosabatlari.

0
O'zbekiston-Indaneziya munosabatlari

O'zbekiston-Indaneziya munosabatlari

O’zbekiston-Indaneziya munosabatlari.

O’zbekiston-Indaneziya munosabatlari.Indoneziya 1991-yil 28-dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi, va 1992-yil  23-iyunda diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

Indoneziya oʻzining Toshkentdagi elchixonasini 1994-yil may oyida ochdi. 1996-yilning dekabr  oyidan e’tiboran Jakarta shahrida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda. 1992-yil   iyun   oyida   Oʻzbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning  Indoneziyaga  davlat  tashrifi  amalga  oshirildi,  1995-yil  aprel  oyida  Indoneziya  Respublikasi  Prezidenti X.M.Suxarto Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

2005-yil dekabr oyida Toshkentda “Oʻzbekiston va Indoneziya Tashqi ishlari vazirliklari oʻrtasida  ikki  tomonlama  maslahatlashuv  bo‘yicha  qoʻmita  tashkil  etish  toʻgʻrisida  oʻzaro  Anglashuv  Memorandumi” imzolandi hamda siyosiy maslahatlashuvning birinchi davrasi boʻlib oʻtdi. Hozirgi  kunga qadar uning 6 davra uchrashuvlari oʻtkazilgan. (oxirgisi 2014-yil martda Jakartada boʻlib  oʻtdi.

Parlamentlararo  aloqa  turli  darajadagi  tashriflar  almashinuvi  orqali  izchil  tarzda  rivojlanib  bormoqda. Shu jumladan 2007-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Spikeri Agung Laksono  Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. 2008-yilda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri muovini  Indoneziyaga safar uyushtirdi.

2013-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Parlamentlararo hamkorlik qoʻmitasi Raisi S.Hidoyat  O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2015-yil  aprel  va  may  oylarida  Indoneziya  Respublikasi  Milliy  Konsultativ  kongresi  raisining  oʻrinbosari  Mahyudin  hamda  Indoneziya  Respublikasi  Mintaqalar  vakillari  kengashi  Parlament  yuqori palatasi raisi Irman Gusmanning Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi.

2017-yil  20-25  avgust  kunlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  o‘rinbosari  Z.T.Mirzaev  boshchiligidagi   hukumat   delegatsiyasi   Indoneziyaga   tashrifni   amalga   oshirdi.   Muzokaralar  davomida   ikki   davlat   o‘rtasida   baliqchilik,   acchiq   qalampir   etishtirish   va   uning   eksporti  masalalarida   kelishuvlarga   erishilindi.   Jumladan,   tashrif   davomida   Indonesia   Respublikasi  Prezidenti J.Widodo bilan uchrashev tashkil etildi.

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotiga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo  aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $35,6 mln.ni tashkil qilgan. Hozirgi kunda Indoneziya kapitali ishirokida 4 ta korxona faoliyat olib bormoqda.

Mamlakat xalqlari oʻrtasida doʻstlik rishtalari, hamkorlik aloqalari, hamda madaniy va ma’rifiy  sohadagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida 2002-yil sentabr oyida “Oʻzbekiston-Indoneziya”  doʻstlik jamiyati ta’sis etildi.

1997-yil sentabr oyida Samarqand va Banda-Achex shaharlari oʻrtasida birodarlik aloqalarini yoʻlga  qoʻyish maqsadida bayonnoma imzolandi.

2001-yildan e’tiboran Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshida indoneziya tilini oʻrgatish  boʻyicha markaz faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markazda har yili 20 dan ortiq talabalar tahsil  oladi. Samarqand Davlat chet tillar institutida indoneziya tili va madaniyati sinfi tashkil etilib, unda  indoneziya tili dars sifatida oʻtilmoqda. O’zbekiston-Indaneziya munosabatlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba