O’zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o’rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

0
O'zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o'rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

O'zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o'rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

O’zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o’rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

O’zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o’rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  Shimoliy  va  Janubiy  Amerikaning  21  ta  mamlakati,  jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Braziliya Federativ  Respublikasi,   Argentina   Respublikasi,   Chili   Respublikasi,   Venesuela   Bolivar   Respublikasi,  Yamayka, Urugvay Sharqiy Respublikasi, Peru Respublikasi, Kosta-Rika Respublikasi, Paragvay  Respublikasi,  Kuba  Respublikasi,  Gvatemala  Respublikasi,  Nikaragua  Respublikasi,  Gonduras  Respublikasi,    Dominikan    Respublikasi,    Ekvador    Respublikasi,    Kolumbiya    Respublikasi,  Ko‘pmillatli   Boliviya   Davlati   va   El-Salvador   Respublikasi   bilan   diplomatik   munosabatlar  o‘rnatgan.

O‘zbekiston  Respublikasi  «Tashqi  siyosiy  faoliyat  konsepsiyasi»ga  muvofiq,  respublika  tashqi  siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi.  Joriy  O‘zbekiston-AQSh  munosabatlari  o‘zining  komplekslilik,  uzoq  muddatli  va  ko‘p  qirrali  jihatlari bilan ajralib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va normalari, o‘zaro  hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olishga asoslangan.

Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha mushtarak pozitsiyaga ega bo‘lib  xavfsizlik  tahdidlari,  ya’ni  giyohvand  moddalarining  noqonuniy  aylanishi,  ommaviy  qirg‘in  qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda tinchlik va  barqarorlikni mustahkamlash sohalarida o‘zaro faol hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston-AQSh munosabatlari doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‘zaro  manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni belgilab bergan asosiy hujjat bu ikki mamlakat o‘rtasida 2002- yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiya  hisoblanadi.

Ikki tomonlama hamkorlikni muntazamlashtirish hamda qayd etilgan kelishuvlarni amalga oshirish  maqsadida AQSh bilan o‘zaro manfaatli va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan  keng qamrovli «Yo‘l xaritasi» amalga oshirilmoqda.

2017-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va AQSh Prezidenti  D.Trump o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining  manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini  yanada mustahkamlashga sodiqligi ta’kidlandi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqotlar o‘zaro tashriflarning yuqori muntazamligi bilan ham ajralib  turadi.   O‘zbekistonga   AQSh   ma’muriyatining   asosiy   idora   vakillari   va   turli   darajadagi  delegatsiyalari  muntazam  ravishda  tashrif  buyuradi  va  O‘zbekiston  –  AQSh  munosabatlarining  dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish mexanizmi – yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil  etiladi.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi AQShga va Vakillar palatasi a’zosi  T. Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy  hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh- O‘zbekiston  savdo  palatasi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  AQSh  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o‘rtasida  imzolangan  TIFA  savdo  va  investitsiyalar  to‘g‘risidagi  bitimning  amalga  oshirilishi  Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekistonda  AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.  Xususan, «General Motors» korporatsiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab  chiqarishga mo‘ljallangan «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Boeing»   kompaniyasi   «O‘zbekiston   havo   yo‘llari»   Milliy   aviakompaniyasini   zamonaviy  avialaynerlar,  xususan  «Boeing-787-8  Dreamliner»  rusumidagi  yangi  avlod  samolyotlari  bilan  ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi.

«General Electric» korporatsiyasi O‘zbekistonning neft-gaz va aviatsiya sektorlarida, shuningdek,  salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori  hisoblanadi.

AQShning  O‘zbekistonda  faoliyat  yuritayotgan  boshqa  kompaniyalari  ichida  «Exxon  Mobil»,  «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell», «Caterpillar» va  boshqalar ham mavjud.

Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar muntazam ravishda rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda  ilm-fan va ta’lim sohalarida hamda yangi aloqalar o‘rnatish va erishilgan kelishuvlarni amalga  oshirish, eng avvalo madaniy – gumanitar va ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash  borasida amaliy ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonga  AQShning  ixtisoslashtirilgan  muassasalari  va  tashkilotlari  ekspertlari  muntazam  ravishda  muzokaralar  va  amaliy  tadbirlar  o‘tkazish  maqsadida  tashrif  buyuradi  hamda  o‘zbek  mutaxassislari  AQShning  turli-xil  ilmiy  va  ta’lim  dasturlarida  ishtirok  etadilar.  AQShning  bir  nechta universitetlari, jumladan Texas A&M va Missisipi universitetlari bilan qo‘shma loyihalar  amalga oshirilmoqda.

Universitetlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim  muassasalari hamda AQShning Ogayo va Michigan universitetlari, Boston yuridik kolleji, Amerika  va Jorjtaun universitetlari kabi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish bo‘yicha ishlar  olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda Vebster universiteti filialini ochish to‘g‘risida kelishuvga  erishildi.  AQSh  tibbiyot  muassasalari  va  O‘zbekiston  ixtisoslashgan  klinika  va  shifoxonalari  o‘rtasida,   jumladan   jarrohlik,   kardioxirurgiya,   urologiya,   akusherlik   va   ginekologiya   ko‘z  mikroxirurgiyasi yo‘nalishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi.

O‘zbekiston Kanada bilan  keng  qamrovli  hamkorlik  aloqalarini  rivojlantirishga  muhim  e’tibor  qaratmoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi o‘zaro foydali  hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda.

Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o‘rnatilgan. Ikki tomonlama  aloqalar   O‘zbekiston   Respublikasining   qarorgohi   Vashington   shahrida   bo‘lgan   Kanadadagi  Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan O‘zbekistondagi Elchixonasi  darajalarida olib borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat  yuritib kelmoqda.

Ikkitomonlama munosabatlarda tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida olib borilayotgan muntazam  siyosiy  maslahatlashuvlar  muhim  ahamiyatga  ega.  Ikkitomonlama  hamkorlikni  mustahkamlash  uchun “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda amalga oshirish o‘zaro muloqotlarga tizimli tus berilmoqda.  Davlatlaro‘rtasidagi o‘zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Tomonlar o‘rtasida, xususan, Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi ishbilarmonlar assotsiatsiyasi  (CERBA)   orqali   o‘zaro   savdo-iqtisodiy   hamkorlik   bosqichma-bosqich   rivojlanishda   davom  etmoqda. Jumladan, Kanada delegatsiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan «UzMining Expo-2017»  Xalqaro ko‘rgazmasida eng faol ishtirokchilaridan bo‘ldi, diplomatik munosabatlarining 25 yilligi  arafasida esa, Toshkentga tog‘-konsanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes-jamiyati  vakillaridan  iborat  ikki  davlat  hamkorligi  tarixidagi  eng  ulkan  biznes-delegatsiyaning  tashrifi  amalga oshirildi.

O‘zbekiston  Lotin  Amerikasi  davlatlari  bilan  faol  aloqalarni  qo‘lab-quvvatlashga  intilmoqda.  Braziliya, Kuba, Chili va Argentina mamlakatlari bilan munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda.  Ishchi  muloqot  muntazam  ravishda  xabar  almashish  va  delegatsiyalarning  o‘zaro  tashriflari  ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil fevralida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi  vaziri o‘rinbosarining Braziliyaga soya ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliyotlarni  o‘rganish bo‘yicha tashrifi tashkil etildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy sohalarda  hamkorlikni rivojlantirish hamda turizm va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalarini  muhokama  qilish  doirasida  O‘zbekistonga  tashrif  buyurayotgan  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  delegatsiyalarining vakillari bilan muntazam ravishda ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazmoqda. O’zbekiston Respublikasi va Amerika Davlatlari o’rtasidagi ikkil tomonlama munosabatlar.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba