O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.

0
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharontlari va omillari. Ilk Shaharlar va davlatlar. Qadimgi Xorazm, Baktriya Sugdiyona.

O'zbekiston tarixini o'rganishda moddiy va yozma manbalarning o'rni. 

O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.

O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.O‘zbekiston  tarixi  fani  va  tarixni  o‘rganishda  manbalarning  o‘rni  va  ahamiyati  behad  katta.

Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi  hisoblanib, maxsus hujjatxona (arxiv)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda  avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Xalq og‘zaki ijodi orqali tillardan tillarga meros bo‘lib o‘tib  kelayotgan tarixiy voqea va xodisalar bayoni, normativ materiallar asosida bizgacha etib kelmoqda.  Binobarin,  aynan  tarixiy  manba  va  yodgorliklar  orqaligina  tarixni  yoritish  –  tarixiy  ma’lumotlarni,  dalillarni olish orqali ularni qiyosiy solishtirish va tarixiy umumlashtirish, bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy  jarayonlar hamda voqea-hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar  asosida esa ilmiy asoslangan xulosalar berish imkoniyatlari kengayadi.

Tarixiy  manbalar  davr  nuqtai  nazaridan  qadimiy  va  joriy  (kundalik)  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. Shuningdek, ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar.  Birlamchi  manbaga  tarixiy  hujjatlarning  asl  nusxasi  kiradi.  Ikkilamchi  manba  deb  esa,  birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.

Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya’ni, insoniyat qo‘li va aql-zakovati bilan  yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar,  an’analar, tillar kabilar kiradi. Zamonaviy adabiyotlarda O‘zbekiston tarixini o‘rganishning manbalari  shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo‘linadi:

  1. Yozma manbalar –  epigrafik  yodgorliklar,  ya’ni,  tosh,  metall,  suyak  va  sopolga  bitilgan  bitiklar, «Avesto», mixxab yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari, graffitlar, ya’ni,  qo‘l bilan binolar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus, pergament va qog‘ozlardagi  qo‘lyozmalar, chop etilgan materiallar.
  2. Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san’at buyumlari, me’morchilik inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari  kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
  3. Etnografik ma’lumotlar –  eng  qadimgi  davrdan  boshlab  so‘nggi  o‘rta  asrlarga  qadar  odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an’analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo‘jalik  yuritish udumlari, ma’lum kabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‘lgan an’analar haqida qimmatli  ma’lumotlar beradi.
  4. Lingvistik ma’lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‘zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‘xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu  ma’lumotlar  xalqlar  va  elatlarning  etnik  kelib  chiqishi  hamda  mashg‘ulotlari,  migratsion  jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  5. Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma’lum shaxslar bo‘yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‘i hisoblanadi.
  6. Arxiv materiallari  XIX  asrning  o‘rtalaridan  boshlab  bugunga  qadar  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda markaziy va joriy arixlarda saqlanayotgan ma’lumotlar juda  muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi, ya’ni, manbashunoslik – tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib,  tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik  fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy asos  va ilmiy usullarga tayanadi.

Manbashunoslik  fani  asosan  tarixiy  manbalarni  o‘rganish  bilan  mashg‘ul  bo‘lib,  manbalarning  qimmatini,  haqiqiy  va  haqiqiy  emasligini  aniqlash  bilan  birga  ularni  turkumlarga  ajratadi.  Masalan,  moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va og‘zaki (folklor) manbalar  shular  jumlasidandir.  Manbashunoslik  manbalarni  aniqlash  va  saralash,  ularning  ilmiy  qimmatini  belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi.

Xulosa  shuki,  manbalar  tarixiy  jarayon  va  voqeliklarning  o‘zida  real  aks  ettirgan  bo‘lib,  tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori  bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.

Ma’lumki,  tarixni  xalq  yaratadi.  Minglab  yillar  davomida  yaratilgan  ushbu  tarixni  o‘qitish  va  o‘rganishda   yordamchi   fanlarning   ahamiyati   beqiyosdir.   CHunonchi,   arxeologiya,   etnografiya,  antropologiya,    numizmatika,    lingvistika,    tarixshunoslik,    atamashunoslik,    sotsiologiya,    tarixiy  demografiya,     tarixiy    geografiya,    geopolitika,    falsafa,    o‘lkashunoslik,    kartografiya,                           iqtisod,  madaniyatshunoslik, dinshunoslik kabi yo‘nalishlar yordamchi fanlar jumlasidandir. Lekin, O‘zbekiston  tarixini yaratishda bir kator yordamchi fanlar ma’lumotlari olimlar e’tiboridan chetda qolmoqda.

Misol uchun, mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuning  tarixshunosligi  berilmaydi.  Mutaxassis  talabalar  uchun  yaratilayotgan  darsliklarda  qisqacha,  ekskurs  tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot  ishlarini olib borishi mumkin bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan holi bo‘lmaydi. SHuningdek,  tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzularni tanlashlari uchun  katta ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.

Muallif: U.S.To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba