O’zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi.

0
O'zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi

O'zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi

O’zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi.

O’zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi. Mustaqillikka  erishganimizdan  so’ng  sho’ro  davrida  “millatchi”  deb  badnom  etilib  qatag’on qilingan xalqimizning millatparvar farzandlari tarixiy xotirasi qayta tiklandi. Prezidentimiz so’zlari bilan  aytganda:

“El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning  yaqin o’tmishidagi yopiq saxifalarini to’la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak  hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo’lgan insonlar hotirasini abadiylashtirish biz  uchun ham qarz, ham farzdir”.Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida prezidentimiz Islom  Karimov rahnamoligida 2000 yil poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag’on yillarida xalqimizning  minglab asl farzandlari qatl etilib ko’mib tashlanga, nech yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo’zsuv  kanali sohilidagi Alvastiko’prik deb nom olgan jar o’rnida Shahidlar xotirasi hiyoboni va keyinchalik shu  nomda  muzey  va  jamg’arma  tashkil  qilindi.

2001  yildan  e‘tiboran  31  avgust  yurtimizda  Qatag’on  qurbonlarini  yod  etish  sifatida  nishonlanadigan  bo’ldi.  Amalga  oshirilgan  va  oshirilayotgan bunday  savobli ishlar xalqimiz, ayniqsa unib-o’sib kelayotgan farzandlarimizning ongu shuurida tarixiy adolatga  ishonch  va  insoniylik  fazilatlarini  qaror  toptirish,  ularning  ma’naviy  olamini  kengaytirishda  katta  tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e’tiborlidir.

Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq din va diniy tashkilotlar va dinga e’tiqod qiluvchilarga  nisbatan  davlatning  adolatli  munosabatini  o’zida  ifoda  etgan  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to’g’risida ”gi (1991) qonun qabul qilindi. Shunindek, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotda  amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, o’zgarishlar, yangilanishlar qatori vijdon erkinligi, davlat va din,  dinga ishonuvchanlar va ishonmaydiganlar o’ratasidagi munosabatlarga ham davlatning adolatli siyosati  o’natildi.Dinning mamlakatda siysiy bag’rikenglikni ta’minlashda o’rni va rolini hisobga olib, yana bir  bor  vijdon  erkinligiga  e’tibor  qaratish  lozim  deb  topildi.  1998  yil  birinchi  mayda  O’zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida jamiyat rivojida din bilan bog’liq muammolarga aniqlik  kiritish va turli havf-hatarlarning oldini olish “Vijdon erkinligi” qonunining yangi tahriri qabul qilindi.

Yaqin o’tmishning salbiy asoratlaridan biri shuki, sobiq sho’ro tuzumi davrida dunyoviy ilm va  diniy-falsafiy ta’limot, ya’niki diniy ilmlar bir-biriga qarama – qarshi  qo’yildi. Ular bir-birini inkor  etadigan hodisalar tarzida etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga mo’nelik ko’rsatadigan chirkin  bid’at sifatida qoralandi. Biz bugun bunday qoralashning tubdan zararli va tarixan asossiz ekanligini  ochiq  aytishimiz  mumkin.  Dunyoviy  va  diniy  g’oyalr  bir-birini  boyitib  borgan  sharoitda  taraqqiyot  yuksak bosqichga ko’tarildi… Bunga bashariyat tarixda o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso  Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G’azzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va  Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar yorqin misol bo’la  oladi.

Mustaqillik farzandlarimizni dunyoviybilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar,  Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o’gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniyatlariga ega  bo’ldik. Bugun guvoh bo’lib turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari  va qoldirgan merosiga qo’shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho demakdir. Mustaqillik davrida  islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz o’zimizga qaytdi. Bu savobli ezgu ishlarga karvonboshi  hurmatli  prezidentimiz  Islom  Karimov  ekanini  har  daqiqa  eslab  turishimiz  lozim.  Eng  muhimi,  mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida islomiy qadriyatlarni tiklshdek ezgu maqsad yo’lida  hamma  uchun  ibratli  va  hayrli  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  haqida  so’z  yuritilganda,  Toshkent  shahrida  joylashgan  Qur’oni  Karimning  eng  qadimiy  va  mo’tabar  nusxalarida  biri  bo’lgan  mashhur  Usmon Qur’oni saqlanayotgan Hazrati Imom majmuasida amalga oshirilgan keng ko’lamli qayta tiklash  va  ta’mirlash ishlarini  eslash,  Samarqanddagi  Imom  Buxoriy  va  Imom  Moturudiy  ziyoratgohlari,

Buxorodagi  Abduxoliq  G’ijduvoniy  va  Bahouiddin  Naqshband,  Minorai  Kalon  va  Masjidi  Kalon  majmulari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, Shaxrisabzdagi  Dor’ut  tilovat,  Qarshi  shahridagi  Odina  va  Ko’kgumbaz  obidalari,  Karmana  shahridagi  Qosimshayx  maqbarasini aytish mumkin. Bu amalga oshirilgan ishlar xalqimizning tarixiy hotirasi, milliy o’zligi va  ma’naviyatining yuksalishida katta ahamiyatga egadir.

Sobiq sho’rolar tuzumi tanazzulga yuz tutib, eski hukmron, yakkahokim bolshevistik-kommunistik  mafkura batamom inqirozga uchrab, yangi mustaqil davlatlar shakllanishida jarayonida ma’lum muddat  g’oyaviy-mafkuraviy bo’shliq holati vujudga keldi. Shu ma’noda, O’zbekiston Respubliksi prezidenti  Islom Karimovning quyidagi fikrlri ahamiyatga ega: “Men ko’hna bir haqiqatni eslatmoqchiman: tabiatda  bo’shliq bo’lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo’shliq bo’lishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.  Har bir ongli odamning voqelikka o’z munosabati, maqsad va intilishlari bo’lishi tabiiydir”. Mana shu  bo’shliqni to’ldirish maqsadida mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq ma’naviyat sohasiga katta e’tibor  berila boshlandi. Prezidentimiz aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy  merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimmizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol  insonni  tarbiyalashda  oqilona  foydalanishimiz  lozim.  Qadimiy  yozuvlar, bitiklar,  xalq  og’zaki  ijodi  namunalari, ulug’ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni Karim,  hadis,  va  boshqalar  bizning  boy  ma’naviy  merosimiz  hisoblanadi.Ular  inson  ichki  dunyosining,  ruhiyatining,  inchunun  ma’naviyatning  sayqal  topishiga  qaratilgan.  Umuman  olganda  mustaqillikdan  keyingi davrlarda amalga oshiriligan islohotlarning aksariyat qismi ma’naviyat sohasiga qaratilgan bo’lib,  buyuk ma’naviy merosni o’rganishdan iborat.

XX asrning oxirgi o`n yilligida xalqaro munosabatlarining rivojlanishida g`oyat muhim vokealar  sodir buldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Evropaning qator mamlakatlari mustabid tizim zulmidan  kutilib demokratik rivojlanish yo`liga utdi. Sobiq SSSR urnida mustaqil davlatlar paydo bulib ular jahon  xam jamiyatiga bevosita kushilib halqaro munosabatlarning alohida sub`ektlariga aynaldilar. 1991 yilda  SSSR  tarqalib  ketgach  jahon  rivojlanishida  yangi  murakkab  bir  davr  yuzaga  keldi.  Birinchidan,  davlatlararo  munosabatlar  tizimidagi  muvozanat  buzildi.  Jahonda  siesiy-iqtisodiy  bulinish  ruy  berdi.  kuchlar markazi ilgacha asosan ikki joyda tuplangan, dune ikki kutbli bulgan bulsa, endi vaziyat uzgardi,  dune kup kutbli bulib qoldi, nazorat kilish kiyinlashdi. Ikkinchilan, jahon mamlakatlari urtasida ijtimoyi- iqtisodiy tengsizlik va ziddiyatlar yanada usdi. Uchinchidan jaxonning kupgina mamlakatlarida ijtimoyi  osoyishtalikka  qarshi  xavf-xatarlar  usib  borayapti.  Boy  va  kambag`allar  urtasida  mulkiy tafovutning  kuchayishmi,  ishsizlikning,  kashshoqlikning  avj  olishi,  bir  qator  mintaqolarda  milliy-etnik  va  diniy  nizolarning  kelib  chiqishi  ekstremizm  va  fundamentalizm  kabi  ilatlarning  kuchayishi  ijtimoyi-siesiy  barkarorlikka futur etkazuvchi omillar xisoblanadi. Tortinchidan yadro urushi xavfi a`cha kamaygan  bulsa  xam  xali  ommaviy  kirgin  kuroliginig  kup  miqdorda  saqlanaetganligi  va  bunday  kurolga  ega  bulaetgan davlatlar safining ortib borishi,  shuningdek  ekologik  muammolarning  kuchayishi  xam  jahon  tarakkietiga  salbiy  ta`sir  kursatmoqda.  O`zbekistonning jahon xamjamiyatiga munosib urin egallashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu uning  jug`rofiy-siesiy   jahatdan   qulay   mintaqada   ekanligidir.

Birinchidan,   O`zbekiston   markaziy   Osiyo  mantaqasining transport, boy xamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan,  O`zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bizda kadimiy dehkonchilik madaniyati va boy mineral- xamashe  resurslari  bor.  Uchinchidan  davlatimiz  nafokat  o`zini  o`zi  ta`minlaydigan,  balki  chetga  chiqarishga.  Iqtisodietning  asosi  bulmish  muhim  tarmoqlarga  ega.  Turtinchidan  O`zbekistonning  insoniyat  tsivilizatsiyasida  salmoqli  o`rni  bor.  Yurtimiz  ma`naviy  serosga  boy.  Shu  bilan  birga  O`zbekistonning jahon xamjamiyatiga kushilib mustaqil rivojlanigshida salbiy ta`sir kursatuvchi qator  kiyinchiliklar  xam  mavjud.  Bular  kuyidagilar:  Birinchidan,  jug`rofiy-strategik  tarafdan  olib  qarasaq,  Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj topgani va uning tarmoqlari a`cha buzilganligini  kuramiz. Ikkinchidan, markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Oral dengizi bilan bog`liq ekologik  faloqat ta`siri seziladi.

Uchinchidan,  mantaqada  xavfsizlik  tizimi  alohida  e`tiborni  taqozo  etadi.  Bu  erda  atrofdagi  kuchli  davlatlar va siesiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta`sir etish istaklari borligini xam  xisobga olmasdan bulmaydi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlardan muhimi, uning  jahon xamjamiyatidan munosib o`rin olganidir. 1991 yil 31 avgusta Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik xakidagi Baenotda O`zbekistonning tashqi siesatdagi yo`li oniq qilib belgilangan
edi.  Jumladan  unda:  Xalqaro  xamjamiyatning  tula  xuquqli  a`zosi  bulgan  O`zbekiston  Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro xuquq sub`ekti sifatida qatnashadi, uning maqsablari mustahkam tinchlik, kurolsizlanish, o`z xududini kurol yarog`lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshka ommaviy qirg`in kurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish
va taziyiqqa yo`l kuymaslikdan ibarot – deb qayd qilindi.

Prezident I.Karimov o`zining O`zbekistonning o`z istiklol va taraqiet yo`li kitobida mamlakatimizning mustaqil tashqi siesatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida mamlakatimiz tashqi
siesatining qoidalari konunlashtirildi. Bu koidolar O`zbekiston Respublikasi tashqi siesiy faoliyatining asosiy tamoyillari tug`risidagi Chet el investitsiyalari tug`risidagi, jiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tug`risidagi, Tashki iqtisodiy faoliyat tug`risidagi xujjatlarda o`z ifodasini topdi. O`zbekiston Prezidenti I.Karimovning birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48 (1993) va 50-yubiley (1995 sessiyalaridagi nutqlarida mustaqil O`zbekiston tashqi siesatining bosh o`nalishlari belgilab berildi. O’zbekiston xalqining ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba