O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining maqsad va vazifasi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining maqsad va vazifasi. «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani ham o’z oldida bir necha vazifalarni qo’ygan. Bular ko’proq mamlakatda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning o’ziga xos va umume’tirof etilgan qonunlarini bilish, nazariy xulosalar va umumlashmalar chiqarishdan iboratdir. Xususan, fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va ornomusini hurmat qilish bilan bog’liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Aytish mumkinki, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganish, mamlakat hayotida keng ko‘lamli tub islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniyatlarni bilish va o‘rganishda, demokratik taraqqiyot yo‘lida «O‘zbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining nufuzli o‘rniga ega bo‘lishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma’naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda hizmat qiladi.
Ma’lumki o‘tgan XX asrning so‘nggi o‘n yilligi dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lganligi bilan harakterlanadi. “Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ydi”8. Ana shunday mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ygan davlatlar turli mintaqalarda joylashgan bo‘lib, ular Markaziy Evropaning (5 ta), Boltiq bo‘yi davlatlarining (3 ta), Bolgariya va Ruminiya, G‘arbiy – Sharqiy Evropa mamlakatlarining (5 ta), mustaqil hamjamiyatdagi davlatlarning G‘arbiy qismidan (4 ta), Kavkaz orti davlatlaridan (3 ta) va Markaziy Osiyo davlatlaridan (5 ta)tasini o‘z ichiga oladi.9 Ana shu mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlagan va dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan, tenglar orasida teng bo‘lishga, jahon maydonida o‘ziga hos nufuzli o‘ringa ega bo‘lishga harakat qilayotgan davlatlardan biri, O‘zbekiston Respublikasidir.
«O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani o‘z oldiga bir necha vazifalarni qo‘ygan. Bular ko‘proq mamlakatda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning o‘ziga hos va umume’tirof etilgan qonunlarini bilish, nazariy hulosalar va umumlashmalar chiqarishdan iboratdir. Hususan, fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar hilma-hilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog‘liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir.
Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo‘ladi. U fan sifatida ana shunday ulug‘ va bunyodkorlik ishlariga hizmat qiladi. Buning uchun u turli hil uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan, tajriba, qiyosiy tahlil, empirik-sotsiologik va ilmfanning boshqa zamonaviy uslublaridir. Demak, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni ilmiy tafakkur orqali tahlil etish, ularni mantiqiy asoslash, mazkur fanni yoshlar ongiga dunyoviy davlat tamoyillarini singdirish kabi vazifalar uni yanada chuqurroq o‘qitilishini taqozo etmoqda. Bu fanning o’rganish uslubi: metodi falsafa fanining uslubi-metodi. Chunki falsafa fanining metodi va kategoriyalari mazkur fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi, masalan, dialektik, nazariy metod, taqqoslash, qiyoslash metodi, mantiqiy metod va hokazo.
Metodologiyasi:
1) falsafiy ong, tahlil,
2) nazariy tahlil,
3) ijtimoiy borliqni o’rganadi.
Fanni o’rganishning manbalari:
1. Falsafiy manbalarga: demokratik jamiyat haqidagi G’arb, Sharq va hozirgi zamon falsafasiga asoslanadi.
2. Tarixiy manbalar: davlatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, davlatlararo munosabatlar.
3. Dunyoviy ildizlarga ega: ilmiy-ma’rifiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar.
4. Diniy manbalar: Avesto (Zardushtlarning muqaddas kitobi), Qur’oni (musulmonlarning) Karim, Tavrot (Yahudiylarning diniy ta’limoti haqidagi qonun), Injil (nosroniylarning) muqaddas kitobi
5. Siyosiy manbalar: mustaqillik haqidagi qonunlar, Konstitusiya (Asosiy qonun).
6. Iqtisodiy manbalar: bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkchilikning xilma-xil shakllari.
7. Ma’naviy-ma’rifiy manbalar: umumbashariy va milliy, diniy, axloqiy qadriyatlar
8. Prezident farmoni, qarorlari, asarlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari.
“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani 1) ijtimoiysiyosiy, 2) ijtimoiy-gumanitar, 3) aniq-tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, u mazkur fanlar qarashlarini e’tirof etgan holda, bu fanlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan ham nazariy ham amaliy xususiyatlariga e’tibor qaratadi. O’zbekistonda demokratik erkin, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiy islohotlarni yanada liberallashtirish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining maqsad va vazifasi.
Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.












