Bosh sahifa mavzular O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI.

O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI.

0
O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI

O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI

O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI.

O’zbekistonda demokratik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti fanining o’qitilishi bir tomondan mamlakatimizning mustaqillikka erishishining samarasi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mustaqillik tufayli O’zbekiston tanlagan taraqqiyot yo’lining ustuvor yo’nalishini demokratik jamiyat qurishda bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Demokratik jamiyat qurish maqsadlari esa ko’p qirrali jarayon bo’lib, ko’pgina muammolarni o’z ichiga oladi. Bunda asosan ikki muhim jihat: demokratik jamiyat qurishda dunyo mamlakatlari erishgan yutuqlar, umum e’tirof etilgan tamoyillar, ikkinchidan har bir mamlakat yoki xalqning o’ziga xos, milliy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olish bu fanni o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi ham mustaqillik tufayli demokratik jamiyat qurishni asosiy maqsad qilib belgilab oldi. Uning milliy-ma’naviy merosimizga, milliy davlatchilik sohasidagi qadriyatlarimizga tayangan holda «o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanladi». Hamda fuqarolik jamiyati qurilishi bilan bog’liq vazifalarni aniqlab oldi. O’zining ma’naviy qadriyatlariga, merosiga tayanmagan, uni hisobga olib umumbashariy qadriyatlar, tamoyillar bilan uyg’un qurilmagan jamiyatni haqiqiy demokratik jamiyat deb bo’lmaydi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning nazariyasi va amaliyoti fani ham, ijtimoiy-gumanitar, siyosiy fanlarda e’tirof etilgan fanni o’rganish ob’ekti, predmeti xususiyatlarini hisobga olgan holda, uni demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini o’rganishga tatbiq etadi. Ayni paytda bu fanning o’ziga xos xususiyatlari, ob’ekti, predmeti va qonuniyatlari, tushunchalari borligini e’tirof etadi. Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti to’g’risida o’quvchilarda muayyan bilim, ko’nikmalar hosil qilishni nazarda tutadi.

Bu fanni o’rganish jarayonida o’quvchilar O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining nazariy asoslari, u to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lsalar, ayni paytda O’zbekiston jamiyati to’g’risida, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini erkinlashtirish, demokratiyalashishi bilan bog’liq xususiyatlar, yo’nalishlari hamda unga erishish mexanizmlari to’g’risidagi yaxlit tasavvurga ham ega bo’ladilar. Bu – O’zbekistonning tutgan yo’li, maqsad va yo’nalishlarini bilishga hamda boshqa davlatlar, mamlakatlardan farqli jihatlarini ko’rishga imkoniyat beradi. O’zbekiston to’g’risida, O’zbekistonda kechayotgan demokratik jamiyat bilan bog’liq bir tomonlama ilmiy asosga va xolislikka tayanmagan ayrim qarashlarni cheklanganligini bilib olishlarida ham yordam beradi.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba