O’zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

0
O'zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

O'zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

O’zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

Iqtisodiy geografiya fanining shakllanish jarayoni uning asosiy tushunchalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan sodir bo’lgan. Masalan, avvalgi bobda ko’rganimizdek, bu fanning «poydevorini» eng avvalo hududiy mehnat taqsimoti hamda iqtisodiy rayonlashtirish ta’limotlari tashkil qiladi. Binobarin, iqtisodiy geografiyaning tarixini aynan ana shu ikki nazariy tushunchalar belgilaydi. Jumladan, Yu.G. Saushkinning aytishicha, iqtisodiy geografiya fanining tarixi — bu iqtisodiy rayonlashtirish tarixidir. Agar ana shundan kelib chiqadigan bo’lsak, iqtisodiy geografiya fanining yaratilishida rus olimi K.I. Arsenyevning xizmatlari ham buyuk bo’lgan. (u 1818 hamda 1848 yillarda Rossiyani iqtisodiy rayonlarga ajratgan).

O’zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

Umuman olganda, mazkur fanning shakllanish va rivojlanishi O’zbekiston nuqtai nazardan kelib chiqqan holda 3 asosiy davrga bo’lish mumkin: sovetlargacha, sobiq Ittifoq davri va mustaqillik yillari.

Birinchi davr iqtisodiy geografiyaga doir ma’lumot va bilimlarning shaklanishi, uning fan sifatida vujudga kelishini o’z ichiga oladi (taxminan XX asrning 20-yillarigacha).

Ta’kidlash joizki, iqtisodiy geografik mazmunga ega bo’lgan ma’lumotlar bizning yurtimizda ham bo’lgan. Bunday ma’lumotlar vatandoshlarimiz Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Bobur, Behbudiy kabi allomalarning asarlarida bor

(ammo ularning geografik meroslari yaxshi o’rganilmagan). Shu bilan birga ko’pgina iqtisodiy geografik ma’lumotlar Xitoy va Arab sayyohlarining kitoblarida ham yoritilgan. Ular yurtimizda savdo, hunarmandchilik va ayniqsa, bozorlar va shaharlarga katta e’tibor berishgan. Demak, aynan ana shu shahar va bozorlar tafsiloti orqali o’lkamizning o’sha davrdagi iqtisodiy tarixiy geografiyasini bilib olishimiz mumkin.

Hududiy mehnat taqsimoti keng ko’lamda XIX asrda, yirik sanoat ishlab chiqarishi hamda halqaro savdo-sotiq va transport tizimi asosida rivojlanib bordi. Bu esa iqtisodiy makonning ichki turlanishiga va ayni vaqtda iqtisodiy geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyojlarga olib keldi.

Shu bilan birga buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng Yer sharida ochilmagan joy qolmadi. Endi geotizim o’zining «berk» xususiyatini oldi. Bu esa shakllanib bo’lgan jahonnnig geoiqtisodiy va geosiyosiy makonini mamlakat va mintaqalar doirasida chuqur o’rganishni dolzarb qilib qo’ydi, ekstensiv, oddiy-kuzatish va tanishishdan intensiv ilmiy tadqiqotlarga, hududiy tahlil, tashxis va bashorat qilishga o’tildi.

1749 yilda nemis olimi N. Anxenval statistika to’g’risidagi kitobini nashr ettiradi va ushbu fanga asos soladi. Uning statistikasi mamlakat hayotiga oid barcha miqdoriy ko’rsatkichlarga (davlat chegarasi, maydoni, aholisi, armiyasi, qazilma boyliklari va h.k.) bag’ishlanganligi sababli u davlatshunoslik (state — shtat, ya’ni davlat), kameral statistika mazmuniga ega edi. Germaniya statistikasida fakt va raqamlar juda ko’p bolib, u eng avvalo mamlakat hayotini miqdor jihatidan tasvirlab berardi, xolos («описательная статистика»). Shu sababdan uning tahliliy, ilmiy ahamiyatiga ko’ra axboriy tomonlari ko’proq bo’lgan.

Shu davrda ingliz iqtisodchisi U. Pettining ham statistika to’g’risidagi asari chop etiladi. Uning bu kitobida mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq bilan bog’liq ma’lumotlarga, ularning tahliliga hamda ayrim qonuniyatlarga e’tibor berilgan. Demak, U. Petti statistikasining, aniqrog’i matematik statistikasining fanga yaqinligi ancha yuqori (uni ba’zilar «siyosiy arifmetika» deb yuritishgan).

Bizning taxminlarimizga ko’ra, nemis statistikasi keyinchalik iqtisodiy geografiyaga, ingliz statistikasi esa avvalgi siyosiy iqtisod — hozirgi iqtisodiy nazariya fanlariga asos bo’lib xizmat qilgan. Aynan nemis statistikasi ta’sirida Rossiyada ham statistika va iqtisodiy geografiya fanlari shakllangan.

Geografiya va shu jumladan iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida geografik determinizm yo’nalishi hamda nemis olimi F. Ratselning

«Antropogeografiya» va «Siyosiy geografiya» kitoblari ham qisman sababchi bo’lgan. Ayniqsa bu borada Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog’liq tadqiqotlarning ahamiyati katta. Jumladan, I.Tyunen (1826 y.) qishloq xo’jaligini shahar atrofida halqasimon joylashtirish, A. Veber (1909 y.) sanoat korxonalarini turli omillardan kelib chiqqan holda hududiy tashkil qilinishini o’rganishgan. Keyinchalik ularning vatandoshlari V. Kristaller va A. Lyoshlar aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini joylashtirish va umuman xo’jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etishni tadqiq qilishgan; A. Lesh (XX asr 40-yillari) iqtisodiy landshaft yoki, hozirgi zamon tili bilan aytganda, iqtisodiy rayonlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalikni joylashtirish masalalarini chuqur va atroflicha tahlil etgan.

Shunday qilib, iqtisodiy geografiyaning fan maqomida shakllanishida nemis statistikasi va «shtandort« (joy, joylashtirish) yo’nalishining ahamiyati katta bo’lgan. Qolaversa, dunyoda ilk bor geografiya fakulteti va kafedralari ham aynan Germaniya oliy o’quv yurtlarida tashkil etilgan.

Ta’kidlash lozimki, Germaniyada vujudga kelgan bu ilmiy yo’nalishlar shu vaqtda Rossiyaga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Chunonchi, V.N. Tatishev (XVIII asr) P.P. va V.G. Semyonov-Tyanshanskiy, K.I. Arsenyev (XIX) kabi rus olimlarining tadqiqotlari asosan nemis statistikasi va geografryasi ruhida olib borilgan. 1820 yillarda Peterburg universitetining tarix fakultetlarida tashkil etilgan dastlabki kafedralarning nomi ham «geografiya va statistika» deb atalgan. Bevosita iqtisodiy geografiya fani uchun esa K.I. Arsenyevning Rossiyani iqtisodiy rayonlashtirilishi to’g’risidagi ishlari katta ahamiyatga ega.

Xulosa qilish mumkinki, birinchi davrda iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishiga zamin yaratilgan. Ammo aynan shu nomda bu fanning rasmiy paydo bo’lishi keyinroq sodir bo’lgan. Chunonchi «iqtisodiy geografiya» nomli ilmiy jurnal AQShda, shu nomdagi kafedra Germaniya va Rossiyada XX asrning birinchi choragida tashkil qilingan.

O’zbekistonda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanish bosqichlari.

Mavzular.

manba