O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish, servisning rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olinganligi, barcha jabhalarda hozirga kelib, o‘zining to‘liq isbotini topganligini va O‘zbekistonda turli sohalarning rivojlanishi bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatishning takomillashib hayotga kirib borganligini ko‘rishimiz mumkin.
“Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi” deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev. Istiqlolning 26 yillik davrida ulkan tarixiy o‘zgarishlar yuz berdiki, buning ko‘lamida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal taraqqiyot sari dadil rivojlanib kelmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish, servisning rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati. 1993 yilda nashr etilgan «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» nomli asarida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishi;
- davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori;
- qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi;
- bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi;
- bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma – bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan
(“Reygonomika” AQSH, “Tetcherizm” Angliya, «Marshal» rejasi, “Turk yo‘li “, “YApon mo‘‘jizasi”, “Erxard islohoti” Rossiyada «500 kunlik» dastur va h.k.) modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatdan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo‘lib, hozirgi kunda halkimiz tomonidan ham,
xalqaro maydonda ham iqtisodiyot taraqqiyotining «O‘zbek modeli» deb qabul qilindi. CHunki, bu model boshqa taraqqiyot modellaridan farqli ham iqtisodiy, ham milliy qadriyatlarning tiklanishi va ijtimoiy model bo‘lib, xalqning o‘zligi va g‘ururini qayta tiklash, rivojlantirishi, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilashga va mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda, «O‘zbek modeli»da ming yillab xalkimiz istagi bo‘lgan, shu zaminda 3000 yil muqaddam yaratilgan «Avesto»dagi «ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal» va xalqimizning muqaddas kitobi Qur’oni Karimning 11 ta surasida, 15 ta oyatida, hadislarning 20 tasida insonning insonga yaxshilik qilishiga da’vat etilgan insonparavarlik xususiyati singdirilgan. Mustaqillik davrida bajarilgan barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat» . “O‘zbek modeli”ning aynan shu maqsadda yaratilganligini va hayotda o‘z tadbig‘ini topayotganligini biz xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishida ko‘rishimiz mumkin (1.1-jadvalga qarang).
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish, servisning rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati.











