O’zbekistonning mezolit davri yodgorliklari.
O‘zbekiston arxeologiyasida ham ilk mezolit davri ashyolari XX asr boshlarida topilgan. 1920 yillarda A.P.Okladnikov Markaziy Qoraqum hududidan so‘ngi mezolit davriga oid mikrolitlarni topdi. Mezolit davrini sistemali o‘rganishni ham A.P.Okladnikov boshlab berdi. Keyinchalik Katta va Kichik Balxash hududlarida ko‘p qatlamli mezolit davriga oid yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy Farg‘onada, Qizilqum, Pomirda mezolit yodgorliklari ko‘plab topilgan. A.M.Mendelshtam, X.Yu. Yusupov, Yu.A. Zadneprovskiy, O‘.Islomov-Farg‘onada, E. Bijanov, V.Yagodin, A.Vinogradov, G.Xodjaniyozovlar Ustyurtda tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Lekin O‘zbekiston mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o‘rganilgan. O‘.Islomov shu kunga qadar O‘zbekiston xududida tadqiq qilingan yodgorliklarni uchta ––Farg‘ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga bo‘ladi.
O’zbekiston hududida mezolit yodgorliklari arxeolog olimlar tomonidan keng o’rganilgan. Farg’ona vodiysidagi Obishir I, Obishir V g’or makonlari ahamiyatlidir. Obishir I Xaydarkon shaharchasidan 4-5 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, g’orning kengligi 25,5 m, balandligi 12 m.ni tashkil etadi. Bu yerdan mikrolitlar, parrakchalar, nukleuslar, bigiz, qirg’ich, pichoq-qadamalar topilgan. Obishir V makoni Obishir I g’ori yaqinida joylashgan, kengligi 8 m, balandligi 10 m va chuqurligi 4-5 m. G’or 3 ta madaniy qatlamdan iborat bo’lgan. Bu erdan ham pichoq-qadamalar, qirg’ichlar, teshgichlar topilgan. Moddiy manbalar ichida yovvoyi hayvonlarning suyaklari ham mavjud bo’lgan. G’ordan topilgan qadoq toshlar – baliq tutishda ishlatilgan. Obishirliklar baliqchilik, ovchilik va terimchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlar.
Keyingi 30 yil ichida Markaziy, Janubiy va Sharqiy Farg‘ona erlaridan mezolit davri makonlari ko‘plab topilgan.
Farg‘ona vodiysida va uning janubidagi tog‘li hududlarda makonlar ancha keng tarqalgan. Shular jumlasiga Farg‘ona vodiysining janubidagi Qatron tog‘idan topilgan Obishir I va Obishir V g‘or–makonlarini kiritish mumkin. Ular miloddan avvalgi IX–VIIII ming
yilliklarga oiddir.
Obishir I g‘or–makoni Haydarkon shaharchasidan 4-5 km sharqda joylashgan. Uning madaniy qatlamlaridan mikrolitlar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari, nukleuslar topilgan. Ular boshqa joylardan topilgan mezolit davri qurollariga o‘xshaydi.
Obishir V g‘or– makoni esa Obishir I dan 200 metrcha g‘arbda joylashgan. U erda 3 ta madaniy qatlam aniqlangan U erdan topilgan mehnat qurollarining ishlanish texnikasi Obishir I ga o‘xshaydi. U erning quyi madaniy qatlamlaridan oq–qora va kul rang chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar– paraqalar, pichoq qadamalari, qirg‘ichlar, keskichlar, teshgichlar, o‘roq–randalar va turli shakldagi nukleuslar topilgan. Shuningdek bu erdan yovvoyi hayvonlarning parchalangan va sindirilgan suyaklari ham topilgan.
Tadqiqotlar natijasida arxeologlar Haydarkon-So‘x vohasida ibtidoiy qabilalar baliqchilik,
ovchilik, termachilik bilan shug‘ullanganliklarini aniqladilar.
Markaziy Farg‘onada ko‘plab mezolit davriga oid 80dan ortiq joydan makonlar topilgan. Ulardan Ittak qal’a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambor, Bosqumlar diqqatga sazovordir. U erlardan har xil shaklda shaklda retushlangan va retushlanmagan nukleuslar, qirg‘ichlar, paraqalar, mayda geometrik qurollar topilgan. Bu erda ko‘proq mayda nukleuslar uchrab, yirik nukleuslar deyarli uchramaydi. Daryo toshlaridan olingan uchrindilar ham bor. Bu erdan topilgan mehnat qurollari qora, rangdor, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanets va boshqa toshlardan yasalgan. Bu yodgorliklar ochiq joydagi makonlar bo‘lib, madaniy qatlamlar yo‘q. Tadqiqotchilar fikricha, Markaziy Farg‘onadagi ilk va so‘nggi mezolit davri makonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq tashlab ketilgach, buzila boshlagan. Hozirda bu joylarda qum barxanlari keng tarqalgan. Lekin mezolit va neolit davrlarida bu erlarda ko‘llar bo‘lib, ibtidoiy odamlar shu joylarda yashaganlar va termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanganlar.
Markaziy Farg‘onada faqat tosh davri yodgorliklar mavjud. Boshqa davrlarga oid yodgorliklar va madaniy qatlamlar yo’q.
Tadqiqotchilar Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri yodgorliklarini 2 guruhini aniqlab, uning rivojlanishidagi ilk va so‘nggi bosqichini aniqladilar. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi IXVII asrlarga oid bo‘lib, unga Ittak qal’a 2, Achchiq ko‘l 1,7, Yangi qadam 1,2 va Toypoq 1 makonlari kiradi
So‘nggi mezolit davr bo‘lib, u miloddan avvalgi VI ming yilliklarga mansub. Unga Achchiko‘l, Bekobod 3,4, Sho‘rko‘l 1, 2, Madyor 11, Zambar 2, Toypoq 3,5,7 va boshqa joy makonlarni kiritish mumkin.
Markaziy Farg‘onadagi yashagan mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik va termachilik bilan bir qatorda baliqchilik ham muxim rol o‘ynagan. Bunga ularning ko‘llar yoqasida istiqomat qilganliklari imkoniyat yaratgan.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki mezolit davrida Janubiy va Markaziy Farg‘ona xududlarining qulay geografik sharoiti mazkur joylarda ibtidoyi kishilarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan.
Qo‘shilish makoni Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilidan topilgan. Uerdan nukleuslar, mayda paraqachalar, qirg‘ichlar va hech makonda uchramaydigan uchburchak shaklidagi qurollar topilgan. Qo‘shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar so‘ngi tosh davri qurollariga nisbatan o‘zining ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma– xilligi bilan ajralib turadi. Bu erdan topilgan nukleuslar va qirg‘ichlar Farg‘onadagi Obishir I, V, Achiqko‘l, va Machaydan topilgan nukleuslar va qirg‘ichlarga o‘xshab ketadi. Lekin Qo‘shilishdagi qurollar ancha qadimiy xususiyatga egadir. Qo‘shilishdan topilgan qurollarda o‘ziga xoslik xam bor, ya’ni bu erda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek Qo‘shilishda boshqa makonlarda bo‘lgan pichoqsimon paraqalar topilgan emas. Qo‘shilish qurollarining ba’zilari Yaqin va O‘rta Sharqdagi Shanidavr, Paligavr, Gari-Kamarbanddan topilgan qurollarga o‘xshab ketadi.
Qo‘shilishning madaniy qatlamidan qo‘y, echki, buqa, sigir suyaklari topilgan. Makon aholisi ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u erdan topilgan hayvon suyaklari, o‘sha davrda odamlar yovvoiy hayvonlarni xonakilashtira boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar makonning miloddan avvalgi XIX asrlarga mansub ekanligini ko‘rsatdi. Bundan Qoraqamish jarligi atrofida odamlar bundan 10-12 ming yil ilgari yashab, ovchilik, termachilik bilan shug‘ullanganlar va hayvonlarni xonakilashtirganlar degan xulosaga kelingan.
Mezolit davriga oid bir guruh yodgorliklar Toshkent shaxrining g‘arbiy tomonida qadimgi Bo‘zsuv kanalining chap sohilidan ham topilgan. Uni dastlab 1930 yilda arxeolog V.Parfyonov aniqlagan. 1970-71 yillarda esa O‘.Islomov qazish ishlarini olib bordi. U mezolitning so‘nggi davriga oid materiallar to‘pladi. Qalin mezolit davriga oid qatlam ochildi. Hayvon va odam suyaklari, tosh va suyaklardan ishlangan qurollar topildi.
Machay g‘or makoni mezolitning so‘nggi bosqichiga oid yodgorlik bo‘lib, u Hisor tizmasining Ketmonchopti tog‘ining janubidan Machay daryosining o‘ng sohilidan topilgan.
Machay g‘ori daryo sathidan 70 metr balandda bo‘lib, og‘zi janubga qaragan. Uning kengligi 20 metr, chuqurligi 15 metr, balandligi 3,5 – 5 metr keladi.
G‘or–makon ko‘p qatlamli bo‘lib, u erdan ko‘p miqdorda tosh qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollaar ham topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada bo‘lib, ular bigiz, igna, so‘zan va boshqalardir. G‘orning madaniy qatlamlaridan jami 870 ta toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ular xar xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar, arrasimon qurollar, keskich, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari, trapetsiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Mochay g‘oridan topilgan qurollarning ishlanish texnikasi, katta kichikligi Tojikistonning Vaxsh daryosi havzasidagi, Markaziy Farg‘ona va Toshkent vohasidagi mezolit qurollariga ancha o‘xshab ketadi. Lekin ularning o‘ziga xos jihatlari xam bor.
Machay g‘orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar – odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlari topilgan. Haligacha O‘rta Osiyoning mezolit davriga oid yodgorliklaridan bunday topilmalar topilgani yo‘q.Shu jihatdan Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiy ahamiyatga egadir. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol kishiga, biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub ekanligi aniqlandi. Antropologik materiallarni chuqur o‘rganish asosida, ularning qaysi irqqa mansub ekanligi aniqlandi. Ularning hammasi evropoid irqiga mansub deb topildi. Bu materiallar O‘zbekistonning eng qadimgi axolisini, uning tashqi qiyofalarini aniqlashda muxim manba bo‘lib xizmat qiladi.
G‘orning madaniy qatlamlarini qazish jarayonida antropologik materiallar bilan bir qatorda xilma–xil hayvonlarning suyaklari – paleontologik materiallar ham topildi. Palezoolog B. Botirov Machay g‘oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini topdi. Ular qizil bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, dalasichqon, to‘ng‘iz, Buxoro bug‘usi, ayiq, echki, toshbaqa va boshqa yovvoyi hayvonlarga mansub bo‘lgan. Machayliklar asosan arxar va jayron ovlaganlar. Xonakilashtirilgan sigir va qo‘y-echkilarning ham suyaklari topilgan. Topilgan suyaklarning aksariyati mayda, sindirilgan va olovda kuygan. G‘ordan topilgan qalin kul qatlamlari u erda doimo olov yonib turganligidan darak beradi. Demak, machayliklar olovdan juda keng foydalanganlar, hayvon go‘shtlarini olovda pishirib eganlar. U erdan topilgan mehnat qurollarining 80% ovchilar va hayvon terisini ishlash bilan bog‘liq.
G‘ordan yovvoyi va xonaki hayvon suyaklarining topilishi bu erda yashagan mezolit davri kishilari ovchilik, termachilik va qisman chorvachilik bilan ham shug‘ullanganliklarini bildiradi.
Tadqiqotlar g‘orning mil.av. VII – VI ming yilliklarga mansub ekanligini ko‘rsatdi.
Ayrtom yodgorligi janubiy O‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi.
U Termizdan 18 km sharqda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu erdan mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh qurollariga o‘xshab ketadi.
O‘zbekiston hududida mezolit davri jamoasi geografik sharoiti qulay dasht xududida, tekisliklarda, ko‘l va daryo sohillarida, tog‘li xududlarda isteqomat qilib, ovchilik, baliqchilik, termachilik va qisman chorvachilik bilan ham shug‘ullaganlar. Paleolit davrga nisbatan bu davrda tosh qurollarini ishlash texnikasi takomillashgan, qurollarining turlar ko‘paygan sifati yaxshilangan. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalikning rivojlanishiga va odamlar tafakkurining o‘sishiga olib kelgan. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi rivoji uchun asos yaratib bergan.











