O’zbeksiton-Malaziya munosabatlari.

0
O'zbekistonda Demokratik jamiyat qurishning Milliy va Umuminsoniy demokratik tamoyillari.

O'zbeksiton-Malaziya munosabatlari.

O’zbeksiton-Malaziya munosabatlari.

O’zbeksiton-Malaziya munosabatlari. Malayziya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 1-yanvar kuni tan olgan. Ikki mamlakat oʻrtasida  diplomatik aloqalar 1992-yil 21-fevralda oʻrnatilgan.

Ikki tomonlama doʻstona va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishda tamal toshi  Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yilgi va Malayziya Bosh vaziri Moxatxir  Moxammadning  1993-yilgi  rasmiy  tashriflari  chogida  qoʻyildi.  2003-yil  esa  Oʻzbekistonga  Malayziya qiroli Tuanku Sayyod Sirajuddin Jamalullayl tashrif buyurdi.

Ikki   tomonlama   munosabatlardagi   soʻnggi   muhim   yangiliklar   sifatida   Oʻzbekiston   davlat  Rahbarining 2005-yil oktabr oyidagi Malayziyaga va unga javoban 2008-yil noyabrda ushbu davlat  Bosh vaziri Ahmad Badavining Oʻzbekistonga davlat tashriflari qayd etildi va bu tadbirlar chogʻida  oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida bir necha hukumatlararo shartnomalar  imzolangan.

2010-yilning  aprelida  esa  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  spikeri  D.Tashmuhamedovaning  Malayziyaga javob safari uyushtirildi.

Tomonlarning o‘zaro munosabatlarni jadallashtirishda ikki davlat tashqi siyosiy faoliyat idoralari  oʻrtasida olib borilayotgan siyosiy maslahatlashuvlar katta turtki boʻlmoqda. Ularning so‘nggisi  2012-yilning noyabrida Toshkentda oʻtkazilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi bergan ma’lumotga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi  koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni bo‘yicha $64,8 mln.ni tashkil qilgan (eksport-$4,2 mln., import- $60,6 mln.).

Savdo-iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishda  2005-yilda  tashkil  qilingan  oʻzbek-malayziya  savdo  qoʻmitasi  katta  rol  oʻynamoqda.  Qoʻmitaning  ikkinchi  yigʻilishi  2009-yilning  20-oktabrida  Toshkentda oʻtkazildi.

Hozirgi   kunda   Oʻzbekistonda   Malayziya   investitsiyasi   ishtirokida   14   ta   korxona   faoliyat  yuritmoqda,   ulardan   beshtasi   iqtisod,   neft-gaz   sohasi,   toʻqimachilik,   mebel,   elektrotexnika  mahsulotlarini ishlab chiqarish, moliya xizmatlarini taqdim etish va boshqa yoʻnalishlarda 100%  Malayziya kapitali ishtirokida faoliyat koʻrsatmoqda.

Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTHD) doirasida tashkil etilayotgan qisqa muddatli oʻquv  kurslarida respublika vazirlik va tashkilotlari vakillari doimiy tarzda ishtirok etib kelishmoqda.  2016-yilning mart oyiga qadar boʻlgan davr oraligʻida 557 nafar oʻzbek mutaxassislari MTHD  seminarlarda ta’lim olishdi.

Ikki davlat ilm-fan va madaniyat jamoatchiligi oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998- yil Toshkentda “Oʻzbekiston-Malayziya” Doʻstlik jamiyati tashkil etildi.

2015-yil  23-27-aprel  kunlari,  madaniyat  va  turizm  sohalaridagi  ikki  tomonlama  hamkorlik  aloqalarini rivojlantirish doirasida Malayziya Madaniyat va turizm vaziri Dato Seri Mohammed  Nazri bin Abdul Aziz O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O’zbeksiton-Malaziya munosabatlari.

Muallif: A. To’rayev, J. Toshboyev.

Mavzular.

manba