Bosh sahifa mavzular O‘zgaruvchan baza asosida issiqlik jihozining texnik- iqtisodiy darajasini hisoblash.

O‘zgaruvchan baza asosida issiqlik jihozining texnik- iqtisodiy darajasini hisoblash.

0
O‘zgaruvchan baza asosida issiqlik jihozining texnik- iqtisodiy darajasini hisoblash.

O‘zgaruvchan baza asosida issiqlik jihozining texnik- iqtisodiy darajasini hisoblash.

O‘zgaruvchan baza asosida issiqlik jihozining texnik- iqtisodiy darajasini hisoblash.

Jihozlar Ko‘rsatkichlar Texnikaviy iqtisodiy daraja koeffitsienti
X1 kg/s oat X2 kVt X3 kg

 

X4 m2

 

 

1-baza

bo‘yich

a Ktd1

2-baza

bo‘yich

a Ktd2

1-baza bo‘yicha  2-baza shartida 2-baza bo‘yicha  1–baza shartida
A

 

Elektrofrityur- nitsa  FESM-20 20 7,5 9,0 0,36 1 2,52 0,9 2,28
B Frityurnitsa

FESM-16

16 6 18 0,2 0,57 1,5 0,7 1,49
  Baza
1 FESM-20 20 7,5 90 0,36
2 FNE-5 8 4 25 0,11
 

 

 

Ko‘rsatkichlar bo‘yicha salmoqlik  koeffitsienti 0,25 0,25 0,25 0,25 Hammasi uchun
0,13 0,69 0,07 0,09 1 baza uchun 2 baza sharoitida
0,14 0,44 0,21 0,19 2 baza uchun 1 baza sharoitida

Jadvaldagi natijalardan ko‘rinib turibdiki, korxona asosiy fondining jihozlar guruhi o‘rtacha texnik iktisodiy darajasi Ktid2=1,68 teng bo‘lib, bu korxonadagi jihozlarning katta qismi hozirgi zamon  talabiga  binoan yangilanganligi va ayniqsa, sovitish jihozlar guruh boshqalarga nisbatan yangi ekanligini bildiradi.

Ushbu hisoblarning o‘tkazilishi yana shu bilan e’tiborliki, bunda korxonaning modernizatsiya innovatsiya holatini ham aniqlash mumkin.

Xuddi shunday yangi olinadigan jihozlarning turli ko‘rsatkichlarining ratsional miqdorini, tipini, energiya sarfini, shuningdek metal sig‘imini, egallagan ishlab chiqarish maydonidan ratsional foydalanish mumkin. Xuddi shuningdek, korxona asosiy fondining bino va inshootlar, mebel va inventarlar va boshqalar ham yangilanganligi samaradorligini oshirishda katta ta’sir etadi. SHunday qilib, korxonaning moddiy texnika bazasi asosiy fondlari bo‘yicha o‘rtacha texnik – iqtisodiy darajasi Ktid=1,68ga teng bo‘ladi.

2.16- jadval  “YUlduz” restorani asosiy fondlari Ktid texnik-iqtisodiy darajasini hisoblash.

Korxona asosiy vositalar guruhlari va uning tarkibi markasi Texnik-iqtisodiy           daraja

koeffitsienti

Kòèäij

qiymati

o‘rtacha

i                                   

Kòèäis

 ni                           

           n        

                    

                    

1-baza bo‘yicha 2-baza bo‘yicha Ktid2
1 Mexanik jihozlar:
1.1 Go‘shtqiymalagich NFU 2,47 1,94 2,2
1.2 Go‘shtqiymalagich MIM-82 5,65 1,36 3,5
1.3 Ko‘pirtirgich MVU 60 1,06 1,06 1,06
1.4 Ko‘pirtirgich MV 35M 0,9 0,9 0,9
1.5 Xamirqorgich TMM-1M 0,9 0,9 0,9
1.6 Idish yuvish mashinasi MMU 500 0,85 1 1
1,9 1,4 1,49
2 Issiqlik jihozlari:
2.1 Elektrofrityur-nitsa FESM-20 1 2,52 1,76
2.2 Elektrofrityur-nitsa FESM-16 0,57 1,5 1,03
2.3  Kaynatib pishirish qozoni KPKI-60 0,83 1,4 1,1
2.4 Kovurish shakafi SHPESM-3 3,8 2 3
2.5 Elektr tova SESM-0,5 1,02 1 1,01
2.6 Elektroplita PESM

IM(2dona)

2,4 2,8 2,6
1,75
3 Sovitish jihozlari 
3.1  2 kamerali sovitgich SHX 1,056 2,02 1 3,02
3.2 «Biryuza» sovut gich  prilavkasi Biryuza 4,31 3 3,6
3.3 Sovutgich vitrinasi PVX 1 0,30 0,2 0,6 0,4
3.4 Sovutgich shkafi SHX 0,4 0,4 0,5 0,45
1,87
4 Salqinlovchi jihozlar 
4.1 Konditsioner AQ 24 2,03 1,02 1,5
4.2 Konditsioner Ferette 2,06 1,2 1,6
1,53
1,68

Undagi qo‘llanilayotgan mexanik jihozlarning guruhi  Ktid=1,59 va salqinlovchi  jihozlar Ktid=1,53 boshqalarga nisbatan ancha past ekan. Masalan, korxona jihozlarining o‘rtacha texnik iqtisodiy darajasidan 5,4%ga past.Sovitish jihozlari guruhi 11,3%ga ko‘p. Issiqlik jihozlari guruhining texnik – iqtisodiy darajasi esa korxona o‘rtacha texnik – iqtisodiy darajasiga yaqinroq ekan. SHuning uchun, korxonada xizmat sifatini ko‘tarish maqsadida ishlab chiqarishdagi mexanik jihozlarni, hamda xizmat ko‘rsatish joylaridagi salqinlovchi apparatlarni zamonaviy tipdagilari bilan almashtirish kerakligi tasdiqlanyapti.

YUqorida aytib o‘tilgandek, korxona iqtisodiy samaradorligini hisoblash usulini bir va bir necha variantini qiyoslash bilan iqtisodiy samaradorligini hisoblash mumkin. Bunda yillik iqtisodiy samaradorlik hisob yilidan oldingi holat bilan taqqoslanadi.  SHuning uchun korxona Bizda 2015 yilgacha holat bilan 2017 yil  modernizatsiya yili hisobini bajardik va ushbu yilni modernizatsiya innovatsion yili deb belgiladik. Modernizatsiya innovatsion yilida keltirilgan xarajatlar ishlab chiqarish va muomala xarajatlardan va ishlab chiqarish fondiga qo‘yilmalardan iborat deb bilamiz. SHu bilan birga kapital qo‘yilma iqtisodiy samaradorligini normativ koeffitsienti ham inobatga olinishi lozim bo‘ladi.

En normativ koeffitsientni izlanish ob’ekti uchun  0,15 ga teng deb oldik. Korxona yillik iqtisodiy samaradorligi bu yillik qo‘yilma va ishlab chiqarish, muomala xarajatlar summasida ifodalangan, texnikaviy tadbirlarning tadbig‘idan kelib chiqgan foyda hisoblanadi. Korxona asosiy fondiga qo‘yilgan kapital qo‘yilmalar: yangi texnikani olish, uni keltirish, montaj qilish, qurilish xarajatlari, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va boshqalardan iborat bo‘ladi. Barcha xarajatlar korxona modernizatsiya tadbirining rejasi, smetasi bo‘yicha hisoblanadi. Agar bular tuzilmaganda, ular tizimda qabul qilingan miqdorda qabul qilinadi. Masalan, yangi jihozlarni keltirish xarajati uning ulgurji bahosining 5%ni tashkil etadi.Jihozlarni o‘rnatish ishlari smeta xarajatlaridan  olinsa,  demontaj qilish real bajarilgan ishlar qiymatida hisoblanishi mumkin.Jihozlarning amortizatsiya bo‘lmagan qiymati korxona balansi asosida olindi va likvidatsiya ishlari xarajati uning sotilishi narxiga yoki metallalom hisobida hisoblanadi.

Jihozlarni qayta ta’mirlash xarajatlari, almashtirilishi yoki qo‘shimcha o‘rnatiladiganlarining soni, ular egallaydigan yuza hisobida umumiy ovqatlanish korxonalarida sarflanadigan xarajatlar hisobiga olindi. Xuddi shuningdek, almashtiriladigan jihozlarni demontaj etish xarajati, korxonada haqiqiy sarflanadigan xarajatlar hisobida yoki ularning soniga qarab qurilish ishlarida qo‘llaniladigan baholarda hisoblanishi mumkin. Texnikaviy modernizatsiya samaradorligining hisobida xarajatlarni hisoblashda: ish haqi, binoning ijara haqi, asosiy fond amortizatsiyasi, binoni saqlash, kundalik ta’mirlash, ishchi  kiyim, kam qiymatli va tez sarflanadigan narsalar, ovqatlanish idish tovoqlari, asboblari, energiya, suv va boshqa sarflar xarajatlar xam hisoblanadi.Umumiy ovqatlanish korxona bino va xonalarining tarkibiga sarflanadigan xarajatlarning ammortizatsiya ajratmalari summasiga nisbati koeffitsientidan foydalanamiz (restoranlar uchun – 1,41).

Ularni ta’mirlash va  jihozlarga kompleks xizmat ko‘rsatish xarajati haqiqiy holatga qarab ketgan xarajatlar hisobida olinadi yoki bunday ishlarni rejalashtirganda esa amortizatsion  ajratmalarning  30 -50% miqdorida qabul qilinadi. Jihozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga ketgan sarflar bu ishlarning ulgurji narxlarida hisoblanadi. Ishchi kiyimlarning eskirishi bo‘yicha xarajatlar, ishsizlar soni, jihozlarning bir kundagi ishlash vaqti, bir yildagi ishlash kunlari, kiyimlar bir komplektining narxi, tozalashiga ketgan sarf xarajatlar hisobida olinadi. Agar oldindan rejalashtirilsa, unda asosiy va qo‘shimcha ish haqining 6% birligida qabul qilinadi. Jihozlarga ketadigan energiya hisobida elektr exnergiya sarfi hisoblanadi.

Bunda uning quvvati, uni ishlatish koeffitsienti,  ishlash vaqti, elektr energiya tarif bahosi inobatga olinadi. Hisoblashda  ishlatish koeffitsienti  turli guruh jihozlariga turlicha qabul qilinadi. Mexanik jihozlar elektr dvigatelining ishlashiga 0,5-0,7, idish yuvish mashinasiga 0,7; sovitgichlarga 0,75; nazorat kassa apparatlariga 0,2-0.3 teng deb olindi.Maqsadga muvofiq shuni aytish kerakki, ushbu usulika umumiy ovqatlanish korxonalarida yangi texnika tadbig‘i bo‘yicha mo‘ljallangan iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qo‘llash uchun qayta ishlanib Respublika  korxonalaridagi qo‘llaniladigan tarif va koeffitsientlarni me’yoriy hujjat sifatida ishlab chiqib rasmiylashtirish lozim.

YUqorida keltirilgan usul yordamida korxona jihozlari iqtisodiy samaradorligini hisoblash uchun birlamchi ma’lumotlar jamlanmasi tuzildi. Barcha umumiy ovqatlanish korxonasining mexanik jihozlari uchun, issiqlik jihozlari uchun, sovitish jihozlari, salqinlovchi jihozlari uchun korxona iqtisodiy  samaradorligi hisoblanib (6 ilovada keltirilgan) olingan natijalar 2.17-jadvalda kiritildi.Korxona asosiy fondining qolgan: mebel jihozlari, bino va inshootlar, boshqa jihozlar va vositalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi formulalar yordamida hisoblandi:

Ke=P:OF

Bunda: P – olingan foyda,so‘m; Of-asosiy fondlarning o‘rtacha qiymati,so‘m

Muallif:J.M.QURBONOV    R.J. KURBANOVA

Mavzular.

manba