Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha.

Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g‘oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Zero, tabiatning oliy mahsuli inson paydo bo‘lishi tabiatning hodisalari, jarayonlarini o‘rganshi, ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sekin – asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida pedagogik g‘oyalar shakllana va rivojlna boshlagan.
Antik davrlarda ta’lim-tarbiya yoshlarga ota-onalarning yashash uchun tabiat ne’matlaridan foydalanish, uy-ro‘zg‘or yuritish, o‘zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshalagan bo‘lsa, bilimlar xajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug‘ila boshlagan. Ma’lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta’lim-tarbiya qoidalari majmuasi konsepsiyalar alohida kishilar (ya’ni kohinlar yoki oqsoqollar) tomonidan takomillash-tirilgan. SHuning uchun ta’lim-tarbiya konsepsiyalari ko‘p hollar-da ma’lum bir shaxs (muallif)ning nomi bilan bog‘lanmaydi.
Antik pedagogikda tabiatga, atrof-muhatga o‘zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda donishmandlik, mehnatsevarlik, ma’naviy – axloqiy sifatlar bilan uyg‘un rivojlanishi g‘oyasi ilgari surilgan. Bu pedagogik g‘oyalarning shakllanishi va rivojlanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto” (er.av.VII asr) da va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er. Av. SH asr) namoyandalir pedagogik tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib qadimgi SHarq va Hindiston pedagogikasida insonning ma’naviy – axloqiy sifatlari va amaliy kasbiy faolligi bilan bog‘liq sog‘lom e’tiqod, mehnatsevarlik, sofdillik, saxiylik, insoniylik kabi shaxsning barkamollik g‘oyalari ilgari surildi.
Islom ta’limoti, Qur’oni Karim va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ilmida ilgari surilgan zoxiriy va botiniy ilmlarning mazmun – mohiyatini, insonning ma’naviy barkamollik sifatlarini to‘g‘ri anglash ta’lim-tarbiyaning metodologik asoslarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, antik falsafa (pedagogi-ka)da ham Demokrit, Platon, Aristotel (Arastu)asarlarida ham zohriy va botiniy ilmlar uyg‘unlikda insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan edi.
Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad al-farg‘oniy asarlarida ilmiy bilish va fan uzviyligi, shuningdek, ta’limda amaliy faoliyat ustuvorligi g‘oyalari ilgari surildi. XIII – XIV asarlarda SHayx Najmiddin Kubroning Kubroviya ta’limotiga asos bo‘lgan o‘nta bosqichlar (tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, tavajju, sabr, murokaba, zikr, rizo)ni, ustozlar tanlagan yo‘lning shogirdlarva kamolotidagi dunyoviy ilmlarni bir-biriga uyg‘un bog‘lashga bo‘lgan urinish Hazrati Abduholiq G‘ijduvoniy zikri Xufiya, ya’ni Alloh taol tomonidan ato qilingan ilm (“ilmi laduniy”) ni egallash qoidasi va tartibini amaliy tushuntirib bersa, uning sadoqatli shogirdi Bahouddin Naqshbandiy tariqatlarida mehnatsevarlik, o‘z qo‘l kuchi bilan halol luqma tpomoq ko‘ngil esa Alloh Taolo yodi bilan bo‘lmoqqa asoslangan: “Dil ba yoru dast ba kar!”, ya’ni “Ko‘ngil yor (Alloh) yodi bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin”, degan g‘oya butun musulmon olamiga mashhurdir.
Mirzo Ulug‘bek ta’lim nazariyasida tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish g‘oyasini ishlab chiqdi, bu g‘oyani amalda tadbiq qilib maktab va madrasalar, rasadxona va kutubxonalar ochdi va dasrliklar yozdi.
Umuman olganda, XV-XVI asrlarda Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mutafakkirlar ma’rifiy va insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surishdi.
XVII-XVIII asrlarda Abulg‘oziy, Nodira, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Uvaysiy, Berdaq, So‘fi Olloyor asarlarida inson aqlini yuksakka ko‘tardi va uning qobiliyatiga ishongan holda ma’rifiy – pedagogik g‘oyalar o‘z aksini topgan.
XIX-XX asrlarda Dilshod otin, Anvar otin, Ahmad Donish, Furqat, Avaz
O‘tar o‘g‘li, Mahmudho‘ja Behbudiy, Hamza, Abdulla Avloniy va boshqalar “usuli jadid” ya’ni “yangi usul” maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy, jismoniy, estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini uyg‘unlikda amalga oshirish g‘oyasini ilgari surishdi.
SHunday qilib, o‘zbek pedagogikasi tarixi turli davrlardagi g‘oyalar, ma’rifiy – pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari asosida rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi.
Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida pedagogika tarixi fani zamonaviy konsepsiyasini yaratish va yanada takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” (Safo Ochil); “Pedagogika” (R.Mavlonova, O.To‘raeva, K.Xoliqberdiev); “Pedagogika tarixi” (K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov); “Pedagogika tarixi” (O.Hasanboeva, J.Xasanboev, H.Hamidov); “O‘zbek pedagogika tarixi” (p.f.d. prof. Asqar Zunnunovning umumiy tahrir ostida), “O‘zbek pedagogikasi antologiyasi (K.Xoshimov va boshqalar) kabi darslik, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, N.Saidahmedov, SH.Qurbonov va R.Ahliddinovning ilmiy pedagogik monografiyalari va maqolalarida pedagogik texnologiya tarkibiy qismlari, shaxs va milliy modelning uzviyligi, DTSning ijtimoiy mohiyati bilan bog‘liq masalalarning yoritib berilishi pedagogika tarixi fanida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining tarixiy – pedagogik merosni ommalashtirishga, yoshlarda milliy g‘ururni va milliy ma’naviyatni o‘stirishga, shuningdek, talabalarni jahon pedagogika fani rivojlanish tarixi, qardosh hamdo‘stlik davlatlari mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.
SHubhasiz, bu o‘quv qo‘llanmalari pedagogika tarixi fanini o‘rganishda talabalar uchun foydali bo‘lib, O‘rta Osiyo va SHarq xalqlarining tarixiypedagogik merosini hamda Rossiya va Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyotini bilib olishga imkon yaratadi. Lekin bu o‘quv qo‘llanmalari ham mazmuni va qurilishi jihatidan an’anaviy usulda yozilgan.
Ma’lumki, mustaqillik zaminida vujudga kelgan ma’naviy –ma’rifiy va ta’lim sohasidagi yangilanish markazida milliy g‘oya, miliy mafkura, kadrlar tayyorlash milliy modeli va milliy tarbiya asosiy o‘rinni egallaydi.
Pedagogik fikrlarning paydo bo`lishi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha.





