Bosh sahifa mavzular Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

0
Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari. Zamonaviy «texnologiya» iborasi umumlashma ibora bo`lib, u o`z mazmunida uch asosiy ab’ektni qamrab oladi:

1-ilmiy ab’ekti – texnologiya – ma’lum bir muammoning ilmiy asoslangan yechimi hisoblanadi. Mazkur yechim ilg`or tajriba va ‘sixo-’edagogik nazariya natijalariga asoslanadi.

2-Shakl va bayon ab’ekti – texnologiya –  bu rejalashtirilgan jarayondagi ishlatiladigan maqsadlar, metodlar, vositalar, jarayonlar majmuasi hisoblanadi. Mazkur jarayonlar ma’lum shakl va bayon orqali o`zini namoyon qiladi.

3-Jarayon va faoliyat ab’ekti – texnologiya – faoliyatni namoyon etish jarayoni hisoblanadi. Mazkur faoliyat yuqorida ta’kidlangan maqsadlar, metodlar, vositalar. jarayonlardan iborat bo`ladi. Ularning ketma-ketligi, o`zaro muvoffiqlashuvi va amal qiilsh qonuniyatlari texnologik faoliyat jarayoni va faoliyatini keltirib chiqaradi.

Shunday qilib, texnologiya –  biror bir ishlab chiqarish va yoki ijtimoiy muammoni yechimga keltirish, uni amalga oshirish bo`yicha qilinadigan qadamlar va faoliyat ketma-ketligi, ilmiy asoslangan holda hal etilishi jarayoni, mana shu jarayonni tashkil etishning muvoffiqlashuvi va  tartibidir.

Dars jarayonini joriy etishda va uning strukturasidan unumli foydalanishda o`quvchilar faolligini tashkil etish muhim rol o`ynaydi. Zeroki, jarayon markazida o`quvchi shaxsi turadi. Demak, ta’lim jarayoni o`quvchi shaxsiga qaratilmog`i zarur.

‘edagogik adabiyotlarda, metodik qo`llanmalarda va maktab amaliyotida aytilishicha o`quvchining o`quv-biluv faoliyatini olib borish uch yo`nalishda amalga oshiriladi.

1-umumiy, 2-guruhli, 3-yakka tartibda.

Umumiy yo`nalishdagi dars jarayoni faoliyatida o`qituvchi rahbarligida sinfdagi barcha o`quvchilarning xatti-harakatlari tushuniladi.

Guruhli o`quvni tashkil etishda o`quvchilar faoliyati guruh-guruhlarga bo`linib olib boriladi.

Yakka tartibdagi o`quv jarayonida o`quvchilar yakkama-yakka faoliyat olib boradilar.

Umumiy shakldagi faoliyatni tashkil etuvchi darslarda, o`quvchilar bir vaqtning o`zida bir xildagi to’shiriqlarni sinf bo`yicha birgalikda muhokama etadilar. Fikr almashadilar, solishtiradilar, umumlashtirgan holda xulosalar chiqaradilar.

O`qituvchi, o`quvchilar birgalikda va bir vaqtda vazifani bajarishda hamkorlik qiladilar, hamijodkorlikda ish yuritadilar. O`qituvchi so`zlash, tushuntirish, ko`rsatish jarayonida barcha o`quvchilarni jalb qilgan holda masalani birga muhokama qiladi.

Bunday muloqotlar o`quvchilar ishonchini qozonishga, o`quvchilar bilan muloqotga kirishishga, jamoa bo`lib ishlash ko`nikmasining hosil bo`lishiga olib keladi.

Umumiy o`quv-biluv faoliyatini tashkil etishning o`ziga xos kamchilik va yetishmovchiliklari ham mavjud.

Darsda faoliyat o`qituvchi tomonidan barchaga birdek qaratiladi, ya’ni bir oz abstraktlik yuzaga keladi. Barchani qiziqish, qobiliyatlaridan qat’iy nazar bir xilda, bir maqsad yo`lida izlanish, fikrlash, ishlashga undaydi.

O`quvchilarning rivojlanish darajasi, tayyorgarligi bir xil bo`lganligi tufayli bilim va ko`nikmalarni qabul qilib olish, o`zlashtirish birdek natijani kafolatlamaydi. Dars sifati va samaradorligi ‘asayishi holatlari kuzatiladi.

O`qish, o`zlashtirishlari sust bo`lgan o`quvchilar sekin ishlaydilar. O`quv materiallarini to`la o`zlashtira olmaydilar. Ular ko`’roq o`qituvchining shaxsiy e’tiboriga muhtojlik sezadilar.

Lekin ayrim o`quvchilar murakkabroq, qiyinlik darajasi yuqoriroq bo`lgan materiallarni o`zlashtirishga moyil bo`ladilar.

Pedagogik texnologiya va uning ab’ektlari.

Mavzular.

manba