Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari.

0
Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari.

Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari.

Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari.

Pedagogika fanining istiqbolli vazifalari quyidagilar:

  • milliy pedagogika sifatida tarkib topishi, byurokratizm rasmiyatchilik illatlaridan qutulish, jahon fanida yuqori darajaga ko’tarilishi. Milliy mafkura, kadrlar tayyorlash Milliy modeli, bozor iqtisodi talablari va jahon fani tajribalari asosida o’z metodologiyasi va yo’nalishini tubdan o’zgartirish;
  • pedagogik tadqiqot metodologiyasi va metodikasini takomillashtirish, uning samaradorligini, insonshunoslik fanlari bilan hamkorligini amalga oshirish, shaxsni bir butunlikda o’rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish;
  • pedagogik investitsiyani rivojlantirish, ilg’or pedagogik texnologiyani yaratish, jahonda raqobatbardosh loyihalarni ishlab chiqish, ekstentsiya (eksport)ni kengaytirish, pedagogik ixtiro-innovatsiyalarni boshqa mamlakatlar tajribasida sinab ko’rish;
  • eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo’lgan pedagogika tariximizni chuqur o’rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr mezonida tahlil qilish, xalq pedagogikasi, ma’naviy qadriyatlar asosida qo’llanmalar yaratish, milliy pedagogikada xalqimizning tarbiya borasidagi tajribasini singdirish, undan foydalanish metodikasini yaratish;
  • pedagogika fanlari tizimi va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi, ma’naviyat-ma’rifat ishlar pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o’qitish, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish institutlari oliy va xususiy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish;
  • pedagogika nazariyasi va amaliyotining o’zaro bog’liqligi, pedagoglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish;
  • pedagogika fanining tarkibida “Shaxsni shakllantirish jarayoni”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi”, “tarbiya texnologiyasi” masalalarini alohida o’rganish;
  • “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”asosida “yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish”;
  • xalqimizning mentaliteti, milliy mafkura, bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati talablari asosida mustaqillikni mustahkamlash, ma’naviy salohiyatni oshirish, har bir insonni, yosh avlodni XXI asr sharoitida baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish.
  • uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarini qadrlar tayyorlash Milliy modeli, jahon andozalari asosida takomillashtirish; pedagogik texnologiya bilan ta’minlash;
  • pedagogik jarayon qonuniyatlarini mukammal o’rganish, har bir pedagogik jarayonning o’ziga xos xususiyati, pedagogik jarayonning bir butunligi, pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlarini, pedagogik jarayonning ikki tomonlama xususiyatini asoslash;
  • shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlarini, shaxs kamolotining biologik, ijtimoiy – pedagogik omilini, sharqona mijoz va pedagogik texnologiyaning bog’liqligini har bir individ va tipik xususiyatli shaxsni shakllantirish metodikasining o’zaro bog’liqligini mukammal o’rganish;
  • komil inson – barkamol shaxsning hozirgi davr mezonini, sifatlarini

shakllantirishda insonshunoslik fanlarining o’zaro bog’liqligi printsiplarini yaratish;

  • shaxsni o’zligini bilish, o’z-o’zini boshqara bilish, o’z-o’zini tarbiyalash, metodikasini yaratish, har bir ta’lim-tarbiya muassasasida psixologik – pedagogik diagnostika xizmatini tashkil etish, psixologik-pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish, umumta’limning pedagogik texnologiyasini yaratish,ta’lim standartlarining didaktik xususiyatlarini yoritish, uni jahon andozalar va davr talabiga mos rivojlantirish. Ta’lim mazmunida umuminsoniy va milliy-mintaqaviy uyg’unligiga erishish. Har bir mavzuni kimga, nima uchun va qanday o’qitish texnologiyasini yaratish;
  • ta’limning uzviyligi va uzluksizligini metodik ta’minlash, nazariyani amaliyot bilan birligi modelini yaratish;
  • ta’limni intensivlash va differentsiyalash texnologiyasini fanlararo bog’liqlik metodologiyasi va metodikasini yaratish;
  • oilada o’qitish, mustaqil bilim olish didaktik asoslarini ishlab chiqish;
  • uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlarni o’qitish didaktik asoslarini ishlab chiqish, maxsus fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish.
  • ta’lim jarayonining ilg’or tajribalarga asoslangan modelini yaratish. Bu modelda o’quvchi – talaba faoliyati va o’quvchi – muallim faoliyatining dialektik uyg’unligiga asoslanish bilim olish, o’qitish va o’rganishning uyg’unligi bilim olish motivini, bilimga qiziqishini shakllantirish ommabop metodikasini ishlab chiqish, reyting, test nazoratini takomillashtirish, joriy nazoratda bilimni mustaqil baholash tizimini joriy etish;
  • ta’limda ma’naviyatning ustuvorligi, o’qitish va o’rganish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar uyg’unligi, didaktik va tarbiyaviy ta’sir uyg’unligi modelini yaratish;
  • didaktik vositalarning ta’limiy – tashkiliy va qo’llanish uslubiyatini yaratish ularni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • ta’lim berish shakllarini takomillashtirish, sinf-dars tizimini optimal sharoitga mos modellashtirish, individual ta’lim jarayonining uslubiyatini yaratish;
  • ta’lim metodlarini takomillashtirish, milliy ta’lim modeli asosida pedagogik texnologiyani yaratish;
  • jahon ilg’or tajribalari asosida masofaviy ta’lim-tarbiyaning mazmunini, metodlarini, uni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
  • ta’lim-tarbiya tizimini boshqarishning pedagogik ta’minlash, uni demokratiyalash va insonparvarlashtirish, xususiy sohani rivojlantirish, kadrlar tayyorlashda raqobat muhitini yaratish;
  • o’quv muassasalari mustaqilligi va tashabbuskorligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish;
  • bilimni nazorat qilish va o’z-o’zini o’zlashtirish darajasini tekshirishning pedagogik tizimini ishlab chiqish, reyting tizimini keng joriy etish va takomillashtirib borish;
  • ta’limning texnika vositalarini va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish, ilg’or tajribalar asosida ta’limning texnika vositalarini ishlab chiqish bo’yicha tavsiyalar berish;
  • tarbiya jarayonlari qonuniyatlari tizimi, mazmuni, printsiplari va metodlarini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish:
  • hozirgi davrda tarbiyaning maqsadi, komil inson modelini ishlab chiqish, tarbiya texnologiyasini yaratish;
  • tarbiyaning mazmuni va har bir insoniy fazilatning hozirgi davrdagi mohiyatini aniqlash, tarbiya mazmunida milliylik va umuminsoniylik uyg’unligiga erishish. Hamkorlikdagi jahon xalqlari milliy qadriyatlarini o’rganish va ommalashtirish;
  • tarbiyaga bir butunlikda va tizimli yondashish metodikasini yaratish. Aqliy tarbiya, milliy dunyoqarash, milliy ong, tafakkur madaniyatini shakllantirish: vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya, huquqiy, estetik, mehnat, kasb, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiya mazmuni va metodlarini, pedagogik texnologiyasini takomillashtirish;
  • shaxsni jamoada tarbiyalash, bozor iqtisodi sharoitida mehnat jamoalarining xususiyatlari, o’quvchi-talabalar jamoasini shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish;
  • tarbiyaning umumiy metodlarini takomillashtirish, Sharq xalqlarining tarbiya borasidagi tajribalarini qo’llash metodikasini yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish;
  • istiqlol mafkurasi asosida yoshlarning milliy duyoqarashini shakllantirish, o’quv fanlarining aqliy kamolot imkoniyatini oshirish, sinfdan – maktabdan – auditoriyadan tashqari ta’lim-tarbiya ishlarining dunyoqarashini tarkib toptirish darajasini oshirish;
  • ma’naviy-axloqiy mazmunni takomillashtirish uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish. Axloqiy tarbiyada sharqona namuna metodini qo’llash texnologiyasini yaratish. Mahallada, oilada axloqiy tarbiya nazariyasi va ommabop metodikasini ishlab chiqish;
  • demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida tarbiya kontseptsiyasini ishlab chiqish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini huquqiy asoslarini yoshlar ongiga singdirish metodikasini takomillashtirish, huquqiy madaniyatli shaxs modelini va huquqiy fuqarolik tarbiyasi texnologiyasini yaratish;
  • estetik tarbiyada milliylik va umuminsoniy uyg’unligi mazmuni va metodlarini takomillashtirish, Sharq estetik qadriyatlarini o’rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarni go’zallik qonuniyati asosida yashashga tayyorlash pedagogik texnologiyasini yaratish;
  • kasb va mehnat tarbiyasini takomillashtirish, kasbga yo’llash ta’lim-tarbiyada ustuvorligini, har bir kasb shaxsining modelini, kasbnomalarini ishlab chiqish, boqimandalik illatidan qutilish, yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlash, mehnatni ijtimoiy zaruriyatga aylantirish metodikasini takomillashtirish. Mehnat shaxs kamolotining omili, komil inson, ya’ni barkamol shaxs fazilatining tarkibi ekanligini ilmiy asoslash. Bozor iqtisodi sharoitida yoshlar ijtimoiy-foydali mehnati tizimini, mezonini ishlab chiqish;
  • iqtisodiy ta’lim va tarbiya kontseptsiyasini ishlab chiqish, bozor iqtisodi sharoitida yoshlarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, tadbirkorlikka yo’llash metodikasini yaratish. Iqtisodiy ta’lim va tarbiya pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish, bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish va ommalashtirish;
  • mintaqani ekologik muammosidan kelib chiqib ekologik tarbiyaning mazmuni va metodlarini takomillashtirish. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish, fanlarni o’qitishning ekologik tarbiyaviy imkoniyatini oshirish;
  • sog’lom avlod dasturi asosida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini takomillashtirish, milliy sportni targ’ib qilish, axloqiy, estetik, mehnat, va jismoniy tarbiyaga kompleks yondashish pedagogik texnologiyasini yaratish;
  • ma’naviyat va ma’rifat ishlarining pedagogik qonuniyatlarini o’rganish, barkamol shaxsni tarbiyalashda ma’naviyatning tutgan o’rni milliy mafkuradan kelib chiqadigan ma’naviyatning mazmunini ishlab chiqish;
  • milliy mafkura, milliy g’oyani har bir ijtimoiy guruhga singdirish, yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirish metodikasini yaratish. Ma’naviyat ishlarini amalga oshirish, qo’llanmalarni tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya metodikasini ishlab chiqish;
  • ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro bog’liqligini asoslash, ma’rifatning didaktik qoidalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlarining samarali shakllari va vositalarini takomillashtirish kabi istiqbolli vazifalarni va dolzarb muammolarni hal etish, yangilangan pedagogik fikrlarning mohiyati va uning ustivor yo’nalishlari ta’lim tizimida muayyan o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ta’lim tizimida o’zgarishlar qilish quyidagi sabab – ehtiyoj va zaruriyatlar bilan asoslanadi:
  1. Ta’limda totalitarlikdan demokratik ta’lim tizimiga o’tish. 2. Shaxsning o’ziga xos qiziqishlarini hisobga olib, ta’limni insonparvarlashtirish.
  2. Ta’lim tizimi va jamiyatni yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish ehtiyoji.
  3. O’quvchi-talabalarning bilimlarni sifatli o’zlashtirishini ta’minlaydigan ta’lim tizimini shakllantirishga sharoit yaratish.

Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo’layotgan “Innovatsion yondoshuv”, “Innovatsion faoliyat”, “Innovatsion pedagogika” tarzdagi tushunchalar yuqoridagi ehtiyojlar asosida kelib chiqqan bo’lib, ularning pirovard maqsadi ta’lim sohasida o’quvtarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o’zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat.

Innovatsiya tushunchasi  dastlab XIX asrda madaniyatshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda paydo bo’lib, bir madaniyat turlarini ikkinchi bir madaniyatga kiritish tushunilgan. XX asrga kelib esa, innovatsiya haqidagi fan paydo bo’ldi. Bu fan doirasida moddiy ishlab chiqarish yangi soha – yangiliklar kiritish sohasiga texnik yangiliklar kiritish qonuniyatlari o’rganila boshlandi.

Yangiliklar kiritish haqidagi fan – innovatika firmalar faoliyatida yangicha xizmat ko’rsatish g’oyalarini tatbiq etishga qaratilgan ehtiyojdan kelib chiqqan.

XX asrning 30-yillarida AQShda “firmalarning innovatsion siyosati”, “innovatsion jarayon” terminlari shakllandi. 60-70 yillarda G’arb mamlakatlarida firmalar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan yangiliklarni empirik tadqiq etishga qaratilgan izlanishlar keng tarqaldi.

Dastlab innovatika predmeti ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va qo’llashning iqtisodiy va ijtimoiy qonuniyatlarini o’rgangan. Ko’p vaqt o’tmasdan innovatikaning o’rganish sohasi kengayib, u falsafa, psixologiya, sotsiologiya, boshqarish nazariyasi, iqtisod va madaniyatshunoslik (kulturologiya) fanlari o’rtasidagi oraliq fanga, 70-yillarga kelib yangiliklar kiritish haqidagi fan (nauka o novovvedeniyax) murakkab, ko’p tarmoqli sohaga aylanadi. 50-yillarda innovatsion pedagogik jarayonlar G’arb olimlarining maxsus izlanish predmetiga aylansa, 80-yillarda rus olimlarning tadqiqot ob’ekti bo’ldi.

Yangilanishlarni pedagogika faniga nisbatan qo’llaganda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish va uning natijalarini yaxshilashga qaratilgan pedagogik tizim ichida o’zgarishlar kiritish tushuniladi.

Rossiyada pedagogik innovatsiyalarning paydo bo’lishi maktablarni tez rivojlantirish ehtiyoji bilan ularni o’qituvchilar tomonidan amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, qarama-qarashliklardan kelib chiqqan.

Mustaqil O’zbekiston sharoitida esa, innovatsiyalarni o’rganish, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bilan bog’liq ravishda tayyor axborotlarni berishga asoslangan an’anaviy o’qitish turidan, o’quvchitalabalarning o’zlarini izlanishga, ma’lumotlarni o’zlari izlab topishga o’rgatadigan ta’lim tizimiga o’tish yo’lidagi harakatlar bilan asoslanadi. Shunga ko’ra yangi bilimlarga ehtiyoj, yangilik, innovatsion jarayonlar kabi tushunchalar mohiyatini anglashga ehtiyoj kuchaymoqda.

Yangilik kiritish” (Innovatsiya) tushunchasi yangiliklarda ham, ushbu yangilikni amaliyotga tatbiq etish jarayoni sifatida ham tushuniladi.

Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Evropa va AQShda XX asrning 60-yillarida paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonbolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlar innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan.

V.A.Lazerev, A.I.Prigojin, V.A.Slastenin, O.G.Xomeriki, M.M.Potashnik, J.Yo’ldoshev, N.Azizxo’jaeva, K.Zaripov, Sh.Qurbonov, E.Seyt – Xalilov va boshqa olimlar amaliyotda ta’lim rivojlanishini,  unga oldin mavjud bo’lmagan komponentlarni kiritish, yoki ularni takomillashgan turlariga almashtirishni  pedagogik yangilanish tarzida tushunadi. Ular yangilanishni yangilik tarzda tushunish lozim deydi. Yangilanishni nisbiy tushuncha tarzida ifodalab, o’zgarishlarni quyidagi sifatlar bilan xarakterlanishini ifodalaydi: o’zgarish predmeti, ya’ni ta’lim tizimida qayta o’zgartiriladigan predmet; o’zgarishlar teranligi (yangilik kiritish natijasidagi o’zgarish darajasi); o’zgarishlar masshatabi; yangilanish manbalari (hajmi); ishlab chiqilganlik darajasi.

Ba’zi mualliflar pedagogik yangilanishlarni ilg’or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi. Ularni radikal yangiliklar bilan tenglashtirib, quyidagilar bilan bog’lab tushuntiradi; dolzarb muammoning yangi echimi, ulardan foydalanish yangi sifat o’zgarishlariga olib keladi, ularni qo’llash tizimdagi boshqa komponentlarni ham sifat jihatidan o’zgartiradi. Bunda yangilanishlar tizimining bir sifatli holatdan ikkinchi holatga o’tishi tarzida tushuniladi.

Yangilik muayyan ta’lim tizimi ichida mavjud bo’lib, yangilanish asosida yuzaga keladi. Shu tarzda yangilanishni yangilik yaratish, qo’llash va o’zlashtirish hisobiga ta’lim rivojlanishi jarayoni sifatida tushunish mumkin.

Yangilanish ta’lim jarayonining qaysi bo’lagida o’zgartirish kiritishni aniqlashdan boshlanadi.

Pedagogik yangilanish predmeti-yangilanish jarayoni samaradaorligi va ularni aniqlovchi omillar orasidagi bog’liqlik, shuningdek, o’zgarishlar samaradorligini oshirish maqsadida shu omillarga ta’sir etish usullaridan iborat.

Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi:

  1. Yangi g’oyalarning tug’ilishi va yangilanish kontseptsiyasining paydo bo’lish bosqichi. Bu shartli ravishda fundamental va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi.
  2. Yaratish bosqichi. Muayyan ob’ektda amalga oshirilgan yangilik – moddiy yoki ma’naviy narsa – namuna.
  3. Yangilik kiritish bosqichi. Yaratilgan yangilik amaliyotga tatbiq etiladi, qayta ishlanadi. Bu bosqich kiritilgan yangilikdan yuqori samaraga erishish bilan yakunlanadi.

So’ng yangilikning mustaqil harakatlanishi boshlanadi. Yangiliklar qo’llanilish jarayonida yanada boshqa bosqichlarga ajraladi.

  1. Yangiliklarning hayotga tatbiq etish bosqichi. Yangiliklarni boshqa sohalarga ham keng qo’llashda namoyon bo’ladi.
  2. Muayyan sohada yangilikning turg’un xizmat qilish bosqichi.

Yangilikni qo’llash davomida yangilik o’zining yangilik xususiyatini yo’qotib boradi. Mazkur bosqich yangilik o’rniga undan ham samarali yangiliklarni tatbiq etish bilan yakunlanadi. Bir yangilik o’rnini undan ham samaraliroq bo’lgan boshqasi egallaydi.

  1. Yangiliklarni boshqa yangilik bilan almashtirish maqsadida yangiliklar masshtabini qisqartirish bosqichi.

Ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar ikki turga bo’linadi:

  1. Stixiyali ravishda amalga oshadigan innovatsiyalar.

Innovatsion jarayonni amalga oshirish shartlari, vosita va  yo’llari tuzilishini to’liq anglamagan yoki uni tug’dirgan ehtiyojga bog’lanmagan holda amalga oshiriladi. Bu tarzdagi innovatsiyalar ko’pincha ilmiy asoslar bilan bog’liq bo’lmay, empirik asosda vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunday innovatsiyalarga novator o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar  faoliyatlarini misol keltirish mumkin.

  1. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar ongli, maqsadga yo’naltirilgan, ilmiy ishlab chiqilgan fanlararo faoliyat natijasi hisoblanadi.

Ta’lim soxasidagi innovatsiya ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi.

Innovatsion jarayon bir necha bosqich va vositalar yig’ini yordamida ilmiy yangilik yoki g’oya, ijtimoiy yangilikka, shu qatorda ta’lim yangiligiga aylanadi. Bunda yangilik kiritish innovatsiya natijasi sifatida qaraladi, innovatsion jarayon esa, umumiy tarzda quyidagi uch bosqich rivojlanishi tarzda tushuniladi: g’oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), g’oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish.  Innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Funktsional imkoniyatlariga       qarab,             barcha            pedagogik             innovatsiyalar:  

yangiliklar samarali ta’lim jarayonini ta’minlaydigan shartlar (ta’limning yangi mazmuni, innovatsion ta’lim muhitlari, ijtimoiy-madaniy sharoitlar);yangilik – pedagogik vosita, texnologik ta’lim loyihalari va hakazo; tashkiliy boshqaruvga oid yangiliklar (ta’limning sifatli xizmat qilishini ta’minlaydigan echimlar).

  1. Innovatsiyalarni amalga oshirish va tatbiq etish sohasiga qarab: ta’lim mazmunida; o’qitish texnologiyalari, ta’lim tizimining tarbiyaviy sohasida; pedagogik jarayon qatnashchilari o’zaro ta’siri tizimida, pedagogik vositalar tizimida.

Tizimli innovatsiyalar – bu muayyan muammo doirasidan kelib chiqadigan, aniq maqsad, vazifalariga ega innovatsiyalardir. Bular o’qituvchi va o’quvchi-talabalar qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega bo’ladi. Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib, ekspertlardan o’tadi va zarur vositalar bilan  ta’minlanadi (kadrlar, moddiy, ilmiy-metodik ta’minot).

Xullas, O’zbekiston sharoitida pedagogik innovatsiyalar asosan pedagogik tizimni takomillashtirish, shu asosda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan.

Mavzular.

manba