Piketaj va ko‘ndalang profillarni mustahkamlash.

0
Kameral trassalash. Dalada trassalash.

Piketaj va ko‘ndalang profillarni mustahkamlash

Piketaj va ko‘ndalang profillarni mustahkamlash.

Piketaj va ko‘ndalang profillarni mustahkamlash.Bu ish  asosan  tanlangan trassa  bo‘ylab  bajariladi.  Ishning  boshida  plan  yoki  kartografik materiallarda ko‘rsatilgan boshlang‘ich va bir necha oraliq nuqtalar joyda aniqlanadi. Trassaning boshlang‘ich nuqtasi 15-20 sm qoziq bilan mustahkamlanib yoniga uzunligi 30-35 sm qorovul qoziqni erdan 10-20 sm chiqqan holatda qoqiladi.

Qorovul qoziqqa GK nomeri yoziladi.  Boshlang‘ich nuqtani joydagi tafsilotlar bilan bog‘lab, o‘lchash ishi kamida 3 marta qaytariladi va  bu bog‘lanishni abris jurnali tuziladi. SHu nuqta ustiga teodolit o‘rnatilib, oraliq nuqtalar hamda  birinchi qayrilma uchiga vexalar o‘rnatilib, bu yo‘nalishning magnit azimuti aniqlanadi.

Qayrilish  burchagi  bilan  teodolit  oralig‘ida  trassa  o‘qi  bo‘ylab  har  60-100  mavexalar  o‘rnatiladi.  SHu  yo‘nalish  bo‘yicha  har  100  m  da  qoziqlar  qoqilib,  ular  qorovul  qoziq  bilan  mustahkamlanadi. Bu nuqtaga piket deyiladi. Trassa bo‘ylab yuzasidagi egilish yoki  ko‘tarilish uchastkalariga ham qoziqlar bilan belgilanadi.

Boshlang‘ich nuqta GKO bo‘lsa, keyingilari shu nomerining oshib borishi bilan belgilanadi  (GK1, GK2 …). Oraliq otmetkalar nomeri ketidagi GK nomeriga, shu nuqtagacha bo‘lgan masofani  qo‘shilishi bilan belgilanadi. (Gk1Q20). Bunday nuqtalarni plyus nuqtalar deyiladi. Piketlash jurnali  tuziladi.

Trassada qayrilmalarning asosiy elementlarini hisoblash va belgilash.  Trassaning burilish burchagida qayrilmaning asosiy elementlarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Qayrilma radiusi har bir inshoot uchun standartdir va u texnikaviy sharoitga ko‘ra tanlab olinadi.

Trassada  AV  yo‘nalishi  VS  yo‘nalishiga  o‘zgarganda  bo‘lajak  inshoot  o‘qi  bu  ikkala yo‘nalishga  nisbatan  surilgan  holda  bo‘ladi,  ya’ni  AVS  yoyini  tashkil  qiladi.  Bunda  markaziy  burchaak AOS trassa qayrilish burchagi j ga teng. OV kesmasi shu burchakni bissektrisasidir.  SHunday qilib V’ nuqta yoyni o‘rtasi hisoblanadi.

A, V’S nuqtalar qayrilmaning asosiy nuqtalari hisoblanib, ularni o‘z navbati bilan KB, KU,  KO deyiladi. Joyda bu nuqtalarni belgilash uchun qayrilish burchagi va R dan tashqari quyidagi qayrilmani  to‘rt asosiy elementlarini aniqlash kerak (7.6.4 – shakl).

  1. Yoyga urinma bo‘lgan AVqVSqT va tangens deb nomlangan kesma uzunligi ;
    1. YOy o‘rtasi V’ dan trassa qayrilish burchagi V gacha bo‘lgan masofa B – bissektrisa.

    R Cos 2 bundan    ÷

    1. Domyer – D (yoki o‘lchanma O‘)

    D =2T-K

    T, K, B va D qiymatlari alohida tablitsada berilgan.

    Topilgan elementlarni trassada piketlash kerak bo‘ladi, ya’ni qayrilma boshi KB (NK) va oxirgi QO (KK) ni belgilash kerak. Buning uchun burchak uchi (BU yoki VU) belgilanadi, so‘ngra
    (QB) NK =(BU) VU – T

    (QO) KK = (QB) NK + K

    Kontrol uchun qayrilma oxirini piketaj nomi quyidagi formulalardan birida tekshiriladi.

    KK =NK + 2T – D

    KK = VU + T – D

Piketaj va ko‘ndalang profillarni mustahkamlash.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba