Plan va kartalar xaqida tushuncha.
Plan va kartalar xaqida tushuncha.Yer yuzidaga geografik ob’ektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar sirtiga tushiriladi, ya’ni yer yuzining gorizontal proeksiyasi hosil qilinadi, bu proeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushiriladi, bunda dastlab, meridian va parallellar to‘ri, ya’ni kartografik to‘r chiziladi. So‘ngra kartografik to‘r ma’lum darajada kichraytirilgan geografik ob’ektlar bilan to‘ldiriladi. Demak, karta – yer yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proeksiyasining qog‘ozda kichraytirilgan tasviridir.
Plan – yer yuzining yassi deb qabul qilingan bo‘lagining tekis satxiy yuzaga tushirilgan gorizontal proeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviridir. Plan bilan karta o‘rtasidagi asosiy farq:
- Karta – yuzining va uning ayrim katta qismining sferik yuzaga tushirilgan proeksiyasiningqog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri; plan esa yer yuzi kichik qismining tekislikdagi gorizontal proeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviridir.
- Planda joydagi chiziqlarning uzunligi, ob’ektlar konturlarining maydoni va yo‘nalishlar orasidagi burchaklar to‘g‘ri tasvirlanadi, kartada esa ularning tasvirida ma’lum xatolar ro‘y beradi.
- Planning masshtabi uning hama qismida bir xil bo‘ladi; ya’ni planda masshtab o‘zgarmaydi, kartada esa masshtab kartaning turli qismlaridagina emas, xatto bir nuqtadan chiqadigan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘zgarib boradi;
- Karta ma’lum kartografik proeksiya yoki zonal sistemasidagi to‘g‘ri burchakli koordinatada tuziladi; plan esa ko‘pichna shartli yoki maxalliy to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasida tuziladi.
Kartalar klassifikatsiyasi. Plan va kartalar mazmuni, masshtabi va boshqa xususiyatlariga qarab 3 gruppaga bo‘lish mumkin:
1:5000 va undan yirik bo‘lsa – topografik plan;
1:10000 – 1:500000 – topografik karta;
1:1000000 va undan kichik bo‘lsa – geografikkarta;
1:200000 – 1:500000 gacha bo‘lgan kartalar – obzor topografik kartalar deb ham yuritiladi;
Obzor-topografik kartalar asosan topografik kartalar yoki aeroS’yomka natijalaridan foydalanib tuziladi. Yer yuzidagi ob’ektlardan tashqari turli tabiiy va ijtimoiy hodisalar ham tasvirlangan geografik kartalar maxsus kartalar deb yuritiladi;
Maxsus tabiiy geografik kartalarga – geologik, geofizik, botanik, iqlimiy; maxsus sotsial- iqtisodiy kartalarga esa tarixiy-iqtisodiy, ma’muriy-siyosiy va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda plan olish natijasida asosan territoriyani topografik plani yoki yirik masshtabli topografik karta tuziladi.
Topografik kartalar yirik masshtabli bo‘lganligidan ularda territoriya ma’lum kattalikdagi qismlarga bo‘linib, har bir qism alohida-alohida varaqda, qabul qilingan kartografik proeksiyada, masshtab, hamda ramkada tasvirlanadi. Topografik kartaning har bir varag‘idagi territoriyaning o‘lchami ma’lum qoida va nomenklaturaga asosan olinadi.
Topografik kartaning ana shu elementlari – kartografik to‘r, masshtab, nomenklatur – uning matematik elementlari deyiladi.
Yer yuzining topografik kartada tasvirlanadigan tafsilotlari esa kartaning geografik elementlari deyiladi. Geografik elementlar territoriyaning rel’efi, gidrografiyasi, o‘simlik va tuproq grunt ko‘rsatkichlari, axoli yashaydigan punktlar, hamda ba’zi bir xo‘jalik, siyosiy-ma’muriy elementlardan iborat.
Topografik kartadan foydalanishni ososnlashtirish maqsadida uning ramkasidan tashqarida turli chizma, sxema va yozuvlar beriladi. Bular topografik kartaning yordamchi elementlaridir. Plan va kartalar xaqida tushuncha.












