Bosh sahifa mavzular Qadimgi davrning Ahamoniylar imperiyasigacha bo’lgan davr yodgorliklari.

Qadimgi davrning Ahamoniylar imperiyasigacha bo’lgan davr yodgorliklari.

0
Qadimgi davrning Ahamoniylar imperiyasigacha bo’lgan davr yodgorliklari.

Qadimgi davrning Ahamoniylar imperiyasigacha bo’lgan davr yodgorliklari.

Qadimgi davrning Ahamoniylar imperiyasigacha bo’lgan davr yodgorliklari.

Markaziy Osiyo hududlarining Ahamoniylar imperiyasiga qo’shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo’lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o’zgarishlarga olib kelmadi. Ammo mil. avv. 330-327 yillarda Aleksandrning O’rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari oqibatida Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi.

Lekin ko’zga tashlanarli o’zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat salavkiylar davridan boshlanadi. Mil. avv. III asr o’rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o’lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo’lishi o’z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari – So’g’d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg’onani ham chetlab o’tmadi.

O’sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So’g’dda Afrosiyob, Erqo’rg’on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg’onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko’zga tashlanadi.

Miloddan avvalgi II asrning 2-yarmida O’rta Osiyoning shimoli-sharqidan ko’chmanchi yuechji (tohar) qabilalari Qadimgi Farg’ona, Usrushona, So’g’d orqali Qadimgi Baqtriya yerlariga kirib keladi. Milodiy I asrning boshlarida yuechjilarning guyshan qabilasi boshchiligida Kushonlar davlati tashkil topadi. Uning hududiy chegarasi Hindistonda Hind va Ganga daryolarining havzalarigacha borib yetadi. Qadimgi Farg’onada Davon davlati, O’rta Osiyoning qolgan hududlari (Xorazm va So’g’d) esa Sirdaryoning o’rta havzasida qadimgi davrda qad ko’targan Qang’ davlati tarkibida rivojlanishda davom etadi. Mil. avv. III asridan boshlab Kushonlar saltanati inqirozga uchraydi. Shu tariqa O’rta Osiyoning davlatlari quldorlik munosabatlari tushkunligi bilan bog’liq holda tanazzulga yuz tutadi.

Yunon-Baqtriya Sharqning yirik davlati sifatida 120 yildan ortiq (mil.av. 250-128 yillar) vaqt yashadi. Yunon-Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona yerlari tashkil etgan bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan to’q, shaharlari ko’p, tabiiy boyliklari mo’l hududlar edi. YunonBaqtriyaning ko’plab yodgorliklari qadimgi davrga mansub bo’lib, ularning asosiy qismi arxeologlar tomonidan o’rganilgan.

Baqtriyada – (Afg’oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi; Qabadshoh, Qayqabod, Ko’hnaqal’a (Tojikiston qismida), Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko’plab qadimgi shahar xarobalari (O’zbekiston qismida) ochib o’rganilgan. So’g’diyonada Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Talli Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari, Marg’iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan.

Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachili-kdan tashqari kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo’lib, bu davrda yasalgan kulolchilik buyumlarining tengi yo’q edi.

Uy-joylarshohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o’lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko’tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So’g’d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi.

Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar. YunonBaqtriya aholisi zardushtiylik diniy e’tiqodida bo’lib, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, yerga, quyoshga bo’lgan hurmat va e’tiqod ilohlarga bo’lgan (Mitra, Naxid) e’tiqod bilan uyg’unlashib ketgan.

Ko’chmanchi qabilalarning Yunon-Baqtriya yerlariga kirib kelishi uni inqirozga uchratadi. 110 yilda yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya yerlariga kirib kelib, o’z hukmronligini o’rnatdi. Guyshan qabilasi yabg’usi Kudzula Kadfiz boshqa qabila yabg’ularini tobe etib, o’zini hukmdor deb e’lon qiladi. Tarix sahnasiga shu tariqa Kushonlar davlati kelib, u uzoq muddat, milodning IV asrigacha hokimiyatga egalik qildi. Uning hududiy chegarasi Amudaryo qirg’oqlaridan janubda Hindistonning janubiy rayonlarigacha tarqaldi.

Kushonlar podsholigida shahar qurilishi, me’moriymonumental, amaliy va tasviriy san’at, haykaltaroshlik rivojlandi.buddaviylik diniy e’tiqodi davlat dini darajasiga ko’tarildi. Budda va uning sanamlari (badisatva) ni haykallari bilan ibldatxonalarni bezash ruhiy va ma’naviy zaruratga aylandi. Dehqonchilik, uning asosi hisoblangan irrigatsiya inshoatlari barpo etish taraqqiy etdi. Bu ishlarning davlat tasarrufiga olinishi ko’plab moddiy boyliklar yaratilishiga imkon berdi. Kushonlar davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Buyuk Ipak yo’li g’arb va sharq xalqlarining hayotida katta rol o’ynadi.

Mavzular.

manba