QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK.

0
QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK.

QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK.

QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK.

Qadimgi Hindistonni til haqidagi fanning beshigi deyish mumkin, chunki falsafa va madaniyat taraqqiy etgan bu mamlakatda birinchi marta tilni o`rganishga qiziqish paydo bo`ldi. Qadimgi hind tilshunosligi amaliy ehtiyoj natijasida vujudga keldi. Davrlar o`tishi bilan diniy qo`shiqlar – vedalar tili bilan qadimgi hind yozma tili – sanskrit o`rtasida muayyan farqlar paydo bo`la boshladi. Vedalarni o`qishga, tushunishga yordamlashish, uni ogzaki til ta’siridan himoya qilish qadimgi hind tilshunosligining asosiy maqsadi va vazifasi edi.

Muqaddas gimnlar (vedalar) eramizdan qariyb bir yarim ming yil oldin yaratilgan. Eramizdan oldingi V asrga kelib sanskrit tili o`zaro aloqa, fikr almashuv vositasi vazifasini bajarmay qo`ydi. Shundan keyin hind olimlari sanskrit tilini maxsus o`rgana boshladilar, buning uchun tasviriy – normativ grammatikalar yaratildi.

Qadimgi vedalarda ham qisman fonetika, leksika va grammatikaga oid ayrim ma’lumotlar mavjud edi. Masalan, vedalardan birida fonetika va orfografiya masalalari, yana birida she’r tuzilishi, uchinchisida grammatika, keyingisida esa leksika haqida ba’zi fikrlar bayon etilgan. Shu sababli hind tilshunosligida fonetika, grammatika va leksika chuqurroq o`rganilgan.

Grammatikani hind olimlari «vyakarana» (analiz, bo`laklarga ajratish) deb atardilar. Eramizdan ming yillar oldin so`z lug`atlari paydo bo`ldi. Masalan, eramizdan oldingi V asrda hind olimi Yaska vedalar tiliga izohlar (kommentariyalar) tayyorladi.

Qadimgi Hind tilshunosi Panipi edi (eramizdan oldingi IV asrda yashagan). U sanskrit tili grammatikasini yaratdi. Bu asar to`rt mingga yaqin grammatik qoidani o`z ichiga olgan bo`lib, she’riy yo`l bilan yozilgan edi.

Til analizi hind olimlarida lingvistik hodisalar o`rtasidagi farqli va o`xshash holatlarni aniqlash asosiga qurilgan. Bu metod ularga, ayniqsa, so`zni ma’noli qismlarga (morfemalarga) ajratishda qo`l keldi. Morfologiya so`z turkumlariga ajratish, so`z yasash va so`z o`zgartish haqidagi ta’limotdir.

Qadimgi hind tilshunoslari 4 so`z turkumini o`zaro farqlaganlar: ism (ot, sifat, son), fe’l, predlog va yuklamalar. Ot predmet ifodalovchi so`z bo`lsa, fe’l harakat bildiruvchi so`zdir, deb izohlangan. Bu esa hind olimlariga so`z turkumlari bilan gap bo`laklarini farqlash uchun imkon bergan.

So`z analizida hindlar bir so`zning turli grammatik formalarini o`zaro qiyosladilar. Natijada so`zning qismlari: o`zak suffikslar va tugallanma ajratildi. Yevropa olimlari hind tilshunoslarining lingvistik ishlari bilan tanishib, so`zlarni o`zak so`z yasovchi va so`z o`zgartuvchi morfemalarga ajratadigan bo`ldilar.

Qadimgi hind grammatikachilari ichki fleksiya hodisasiga ham alohida diqqat qildilar. Tilshunoslikka nol forma tushunchasini kiritdilar, tilda urg`u, hatto intonatsiyaning rolini ham alohida ta’kidladilar, hind olimlari otlarda 7 kelishikni ajratganlar, lekin ularni alohida nom bilan atamaganlar.

Qadimgi hind olimlari nutq tovushlarini klassifikatsiya qilishda fiziologik tamoyilga asoslandilar. Yunon tilshunoslaridan ancha oldin ular unli va undosh tovushlarning cho`ziq va qisqaligini, bo`ginni, tovushlarning nutq jarayonida o`qilishi (sandxi)ni o`zaro farqlay olganlar. Nutq tovushlarini o`rganishda hind tilshunoslari artikulyatsiya o`rnini va artikulyatsiya hosil qiluvchi organni hisobga olganlar.Tayanch tushunchalar:

  • Vedallar tili
  • Vyakarana (grammatika).
  • Nol morfema • Logogramma
  • So`z va predmet o`rtasidagi tabiiy «moslik».
  • So`z bog`lanishli nutqning eng kichik qismi.
    1. Tillar tasnifi haqida.
    2. Agglutinativ tillar.
    3. Flektiv tillar.

Morfologik klassifikatsiya geneologik klassifikatsiya kabi tillarni taqqoslab o`rganishga asoslansa-da, bu ikki xil klassifikatsiyaning prinsiplari va maqsadlari turlichadir.

Geneologik klassifikatsiya tillarning tarixini o`rganishi natijasida ularning qarindoshlik munosabatini va qarindoshlik darajasini belgilaydi. Tillarning qarindoshlik munosabatini bilish uchun qiyosiy-tarixiy metod yordamida tillardagi bir-biriga o`xshash hodisalar qiyoslab o`rganiladi va tillar oilalari hamda gruppalari belgilanadi, ya’ni geneologik klassifikatsiya qilinadi. Morfologik klassifikatsiya esa tillarning kelib chiqishi, tarixi va ularning qarindoshlik munosabati bilan qiziqmaydi; bu klassifikatsiya tillarning grammatik (morfologik) xususiyatlarini, aniqrog`i, o`zak va affikslarni qarama-qarshi qo`yish asosida taqqoslab o`rganishga asoslanadi. Morfologik klassifikatsiya natijasida til tiplari ajratiladi. U yoki bu tilning qaysi morfologik tipga mansub ekanligini aniqlash uchun esa shu tillardagi so`z qurilishi (strukturasi) o`rganiladi.

Tillarning morfologik klassifikatsiyasiga yirik nemis olimi Fridrix Shlegel (1772– 1829) asos soldi. U o`zining «Hindlarning tili va donoligi» (1809) nomli asarida sanskrit tilini grek, latin va turkiy tillar bilan chog`ishtirib, tillarni ikki tipga ajratadi: a) affiksli tillar; b) flektiv  tillar.

  1. Shlegel tillarni ikki tipga ajratishga o`zak-negizning o`zgarish va o`zgarmasligini asos qilib oladi. Affiksli tillarda grammatik ma’nolar alohida-alohida affikslar orqali ifodalanadi; flektiv tillarda esa bir affiks turli grammatik ma’nolarni ifoda etadi. F. Shlegelning bu klassifikatsiyasi keyinchalik uning ukasi Avgust fon Shlegel tomonidan qayta ko`rib chiqildi.

Avgust Shlegel o`zining «Provansal tili va adabiyoti haqida mulohazalar» (1818) nomli asarida tillarni uch tipga bo`ladi: a) flektiv tillar; b) agglutinativ (qo`shimchali) tillar; v) amorf (qo`shimchasiz) tillar.

  1. Shlegel ham akasi F. Shlegel kabi xitoy tilini amorf tillarning tipik vakili deb hisoblaydi. Flektiv tillarga som va hind-yevropa tillarini kiritadi. Qolgan tillarni esa agglutinativ tillarga mansub deb qaraydi.

QADIMGI HINDISTONDA TILSHUNOSLIK.

Mavzular.

manba