Qadimgi mif va afsonalar.Kayumars va Jamshid obrazlari.

0
Qadimgi mif va afsonalar.Kayumars va Jamshid obrazlari.

Qadimgi mif va afsonalar.Kayumars va Jamshid obrazlari.

Qadimgi mif va afsonalar.Kayumars va Jamshid obrazlari.

Ibtidoiy kishilar tabiat hodisalari va jamiyatdagi voqealarning tub sabablarini bilmaganlar. Qadimgi zamon kishisi ham tirikchilik qiyinchiliklari, tabiat bilan kurash qiyinchiliklari ostida xoʻp ezilib tortgan. Kishi tabiatdagi yashin, dovul, suv toshqini, zilzila va boshqa hodisalarning mohiyatini tushunmas, ular natijasida kelgan ofatlardan dahshatga tushar edi. U er va osmon, oy va quyosh kabilarni jonli narsalar deb tasavvur qilar, ularga topinar, ayrim hayvonlarni muqaddas deb bilar edi. Ibtidoiy kishining tasavvurida tabiatda unga «doʻst» va «dushman» boʻlgan turli xil kuchlar mavjud edi.

U bu kuchlarni xudolar, ruhlar, devlar, jinlar singari kuchlar sifatida tasvirlaydi. Shu xilda ibtidoiy kishi olamning paydo boʻlishi, uning mohiyati va kundalik hayot haqida oʻz xayoliy tasavvurini yaratadi. Goʻyo tabiatda ulugʻ va foydali kuchlar quyosh va suv abadiy boʻlgan oʻlka hamda ofat keltiruvchi kuchlar zulmat va kulfat abadiy boʻlgan oʻlka bor emish.

Koʻpchilik mifologik obrazlar mana shu ikki oʻlka va ular oʻrtasidagi kurash fonida gavdalanadi. Bu mifologiya shunchalik chuqur ildiz otganki, u zardushtiylikdagi dualistik qarashda ham oʻz ifodasini topadi, «Avesta» va boshqa diniy kitoblardan keng oʻrin oladi. «Avesta», shuningdek «Bundaxishi»da aytilishicha, ikki olam: yaxshilik va yomonlik olami bor. Yaxshilik olamiga Axura Mazda (Xurmuz), yomonlik olamiga Angra Manyu (Axriman) boshchilik qiladi.

Goʻyo 3000 yil mobaynida bu ikki olam bir-biri bilan toʻqnashmagan. Yaxshilik va nur olamini bilib qolgan Axriman unga qarshi kurash ochmoqchi boʻladi. Xurmuz bu kurashning oldini olib, ikkinchi uch ming yillikda osmon, suv, er, oʻsimlik, hayvonlar va boshqalarni hamda birinchi insonni yaratadi. U davrda zulm ham, kasallik va oʻlim ham boʻlmagan ekan. Shundan soʻng uchinchi davr (6000-8999)-kurash davri boshlanadi. Er yuzi turli kuchlarning toʻqnashuv makoniga aylanadi. Axriman birinchi insonni oʻldirsa ham, lekin kishilik urugʻini yoʻqotib yuborolmaydi. Toʻrtinchi davr (9000-11999)da yaxshilik va nur kuchlari yomonlik va zulmat ustidan gʻalaba qozonadi.

Yaxshilik va yomonlik kuchlari oʻrtasidagi kurash Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan.   Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli boʻlgan afsona va miflar sharoit va voqealardan kelib chiqadi. Markaziy Osiyo va Eron  xalqlari orasida qadimiy  davrlardan keng yoyilgan afsonalardan biri «Kayumars»dir. Kayumars haqidagi asosiy manba «Avesto». Uning mufassal bayoni, turli nusxalari haqidagi ma’lumotlar «Tarixi Tabariy»da berilgan. «Shohnoma», Navoiyning «Tarixi mulki Ajam» asarlarida bu afsona uchraydi.

Kayumars va Jamshid obrazlari.

Kayumars – Gaya Martan. Beruniy Kayumars haqidagi afsonani bayon qilgan. Mifologiyaga koʻra, Gaya Martan (Kayumars) er yuzida paydo boʻlgan birinchi odam boʻlib, goʻyo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: hoʻkizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani boʻlgan Axriman Kayumarsni oʻldiradi. Kayumars jasadining hoʻkiz qismidan 55 xil don, 12 xil oʻsimlik, sigir va hoʻkiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boʻladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Shunday qilib, Kayumars birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi sifatida tasvirlanadi.

Kayumars yozma adabiyotda ham qayta-qayta ishlandi. Jumladan, u Firdavsiyning «Shohnoma»sida kishilarni zulmatdan, gʻorlarda yashashdan qutqarib, uy-joy va shaharlar bino qilgan qahramon shoh sifatida gavdalantiriladi. Kayumars obrazi tasviriy san’atda ham ma’lum iz qoldirgan. 1932 yilda Tali Barzuda (Samarqand yaqinida) topilgan sopolga ishlangan surat shuni koʻrsatadi. Bu suratda gavdasining pastki qismi hoʻkiz, yuqori qismi odam boʻlgan bir shakl tasvirlangan.

Yima (Jamshid) ham Kayumars kabi najotkor qahramon sifatida tasvirlanadi. «Avesta»da bayon etilishicha, u adolatli hukmron boʻlib, uning davrida qahraton sovuq va jazirama issiq ham, qarish va oʻlish ham boʻlmagan ekan. Jamshid er yuzini 3 baravar kengaytiradi, chorvani va turli xil qushlarni nihoyatda koʻpaytiradi… Biroq qahraton qish boshlanib, kishilarga ofat keltiradi.

Jamshid toʻgʻrisidagi afsona. Jamshid «Avesto»da Yima. U adolatli, yer yuzini kengaytirgan, chorvani, turli qushlarni koʻpaytirgan, kishilarni balolardan saqlagan, uy-joylar qurib, ariqlar chiqargan hukmdor sifatida tilga olinadi. Firdavsiy, Beruniy,

Navoiylar Jamshid toʻgʻrisida qiziqarli ma’lumotlar beradilar. Prof. N.Mallaev

«Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» kitobida (T., 1974) Jamshid haqida mulohazalar yuritadi.

Xalqimizning sevimli bayrami Navroʻz ham Jamshid nomi bilan bogʻlanadi.

N.Mallaevning fikricha, yetti yuz yil hukmronlik qilgan Jamshid zamonasida kishilar Ahrimanning zulmidan qutiladilar, muhtojlik, kasallik va oʻlim yoʻqolib ketadi. Jamshid er yuzini uch barobar kengaytiradi, chorva mollari va turli qushlarni koʻpaytiradi.

Mavzular.

manba