Qadimgi Xorazm davlati.

0
Qadimgi Xorazm davlati.  

Qadimgi Xorazm davlati.  

Qadimgi Xorazm davlati.

Qadimgi Xorazm davlati. O‘rta  Osiyodagi  yana  bir  yirik  davlat  uyushmasi-Qadimgi  Xorazm  davlati  hisoblanadi.  “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman  tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalarda bu masalalar hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab  bo‘lib kelmoqda. Avesto va Yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil  etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60 yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik  tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy materiallar berdi.

Avvalo,  so‘ngi  yillardagi  ibtidoiy  davr  yodgorliklarining  qiyosiy  tadqiqotlaridan  (X.Matyakubov)  xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta Sharqning qadimgi sivilizatsiyalar  olami bilan uzoq Shimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va  Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm erlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan,  Shimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan kabilalar madaniyati edi.

Ularning  urug‘  jamoalari  yarim  erto‘la  uy  -joylarda  istiqomat  qilib  motiga  dehqonchiligi  va  chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo,  ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona)  dagi kabilalarga nisbatan ancha orqada edi.

Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi havzasida yashovchi aholi hali  davlatchilikdan  bexabar  bo‘lib,  irrigatsiya  xususiyati  ibtidoiy  urug‘-kabilachilik  an’analarini  saqlab  qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi  uzoq vaqt beqaror suv  oqimi sharoitida, noqulay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan.  Qadimgi  Yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda  davlatchilik  ildizlarining  paydo  bo‘lishigan  asos  bo‘lgan  ilk  Shaharsozlik  madaniyati  sohiblari  –  Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi.

Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki Aryanam Vaychax shu manbada  eslatilgan  Kavi  Vishtaspning  podsholigi  bo‘lib,  milloddan  avvalgi  IX-VIII  asrlarda  Drang‘iyona,  Satagadiya,  Ariya,  Marg‘yona  va  Amudaryoning  o‘rta  oqimidagi  viloyatlarni  birlashtirgan.  G‘arb  tadqoqtchilari V.Xenning va I.Gershevichlar Kavi Vishtapsning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan  “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar.

O‘rta Osiyo janubidagi dexqonchilik madaniyati va ilk Shaharlar bo‘yicha mutaxassis hisoblangan  A.A.Asqarov  so‘nggi  yillarda  Qadimgi  Xorazm  masalalariga  o‘z  e’tiborini qaratdi.  Olimning  e’tirof  etishicha,  Xorazm  vohasining  qadimgi  davri  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bu  hududiy  kenglik  Amudaryoning quyi havzasi hisoblanib, O‘rta Osiyoning bu yirik daryosi bir necha yuz yillar davomida  Yuqori oqimlardan quyiga unumdor loyqa oqizib kelib, jaunbiy Orol bo‘ylarida sug‘orma dehqonchilik  madaniyatining rivojlanishi uchun zamin yaratgan. Ammo, bu zamin eng qadimgi davrlarda ajdodlarimiz  tomonidan o‘zlashtirilib, sug‘orma dehqonchilik madaniyatining Marg‘iyona va Baqtriya singari makoni  bo‘la olmadi.

Xorazm qadimgi Shahar madaniyati va davlatchiligining shakllanishida butun O‘rta Osiyo hududlarida  bo‘lgani  kabi  tashqi  ta’sir  va  madaniy  aloqalarni  inkor  etmagan  holda,  bu  hududlarda  o‘troq  dehqonchilikka  o‘tish,  sug‘orish  tartibining  shakllanishi,  o‘troq  aholi  xo‘jaliklarining  taraqqiy  etishi  keyingi davrlardagi davlatchilik an’analari shakllanishi uchun asos bo‘lganligini ta’kidlash maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek,  butun  O‘rta  Osiyo  mintaqasida  bo‘lgani  kabi  qadimgi  Xorazm  Shahar  madaniyati va davlatchiligi asoslari hisoblangan ilg‘or xo‘jalik tizimi yuritish, sug‘orish tarmoqlarini  saqlash va rivojlantirish, hunarmandchilik va savdo-sotiq kabilar – o‘zaro tarixiy-madaniy aloqalar bilan  bog‘liq edi. Bu jarayonlar ayniqsa, mil.avv.VI-V asrlarda ancha taraqqiy etgan bo‘lib, bu holat Xorazm  davlatchiligining o‘ziga hos xususiyatlarida ham namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil.avv. VI-IV asrlarda Xorazm va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarni  urbanizatsiya  jarayonlari  qamrab  olgan  edi.  Natijada  bu  hududlarda  tarixiy-madaniy  dehqonchilik  vohalari paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi  Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan birga aylanib  bordi. Qadimgi Xorazm davlati.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba