Bosh sahifa mavzular Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar

Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar

0
Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar.

Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar.Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar.

Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalarModdaning erituvchida eriy olish xususiyati shu moddaning eruvchanligi deb ataladi. Moddalarning eruvchanligi eruvchi moddaning va erituvchining tabiati va haroratga bog’liq.

Moddaning ma’lum haroratda 100 g erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsiyenti deb ataladi.

Turli moddalarning suvdagi eruvchanligi turlichadir. Agar 100 g suvda 10 g dan oshiq modda erisa, bunday moddalar yaxshi eriydigan, 1 g dan kam modda erisa, bunday moddalar oz eriydigan va nihoyat 0,01 g dan kam modda erisa, amalda erimaydigan moddalar hisoblanadi.

Odatda, qutbli va ionli bog’lanishdagi moddalar qutbli erituvchilar (suv, spirt, suyuq ammiak) da, qutbsiz moddalar esa qutbsiz erituvchilar (benzol, uglerod sulfid) da yaxshi eriydi.

Ko’pchilik qattiq moddalarning erishi issiqlik yo`tilishi bilan boradi. Bu qattiq modddaning kristallik panjarasining buzilishiga ko’p miqdorda energiya talab qilinishi bilan tushuntiriladi. Bu energiya, odatda, gidratlar hosil bo’lishida ajralgan energiya bilan to’liq kompensatsiya qilinmaydi. Agar kristall moddaning erishi issiqlik yo`tilishi bilan borsa, harorat oshishi bilan shu moddaning eruvchanligi ortadi. Bordiyu, gidratlanish energiyasi  eritmaning hosil bo’lishida issiqlik ajrlib chiqishi yetarli bo’lsa, eruvchanlik harorat oshishi bilan kamayadi. Masalan, suvda litiy, alyuminiy tuzlarining erishida bu hodisa kuzatiladi.

Eruvchanlik bilan harorat orasidagi bog’lanishni grafik usulda tasvirlash mumkin. Bu chiziq eruvchanlik egri chiziqlari deyiladi. Eruvchanlik egri chizigini tuzish uchun absissa o’qiga harorat, ordinata o’qiga moddaning ayni haroratdagi eruvchanlik miqdori qo’yiladi. Qattiq moddalar suvda eriganda sistemaning hajmi deyarli o’zgarmaydi.  Shu sababli qattiq holatdagi moddalarning eruvchanligi amalda bosimga bog’liq emas.

Ko’pchilik moddalarning eruvchanligi harorat pasayishi bilan kamayadi, shu sababli  moddalarning issiq to’yingan eritmalari sovo`tilganda erigan moddaning ortiqchasi ajralib chiqadi. Biroq sovitish sekin va tashqaridan erigan moddaning zarrachasini tushirmasdan ehtiyotlik bilan olib borilsa, eritmadan moddaning ortiqcha qismi ajralmasligi mumkin.

Bu hodisani 1794 yilda T.E.Lovits  kashf etdi  va bunday eritmalarni o’ta to’yingan eritmalar deb atadi. Tinch holatda bunday eritmalar yillar davomida o’zgarishsiz turishi mumkin. Ammo eritmaga erigan modda kristallaridan tashlansa, shu zahotiyoq bu kristall  atrofida boshqa kristallar o’sa boshlaydi va qisqa vaqt ichida erigan moddaning ortiqcha miqdori butunlay kristallanib qoladi. Ba’zan kristallanish eritmani chayqatishdan ham boshlanadi, shuningdek eritma bo’lgan idishning devori shisha tayoqcha bilan ishqalansa ham kristallanish yuz beradi.

Kristallanish vaqtida ko’p issiqlik ajralib chiqadi va eritma saqlangan idish sezilarli darajada qiziydi. Na2SO410H2O, Na2B4O710H2O (burada) Na2S2O35H2O, (natriy tiosulfat), CH3COONa2H2O (natriy atsetat) tuzlarning o’ta to’yingan eritmalari oson hosil bo’ladi.

Qattiq moddalarning eruvchanligi. O’ta to’yingan eritmalar.

Mavzular.

manba