Bosh sahifa mavzular Qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi.

Qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi.

0
Qishloq xo'jaligining tarmoqlar tarkibi.

Qishloq xo'jaligining tarmoqlar tarkibi.

Qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi.

Agrosanoat majmuining asosiy qismini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining tarmoqlar tarkibi sanoatga o’xshab uncha boy emas. U ikkita yirik tarmoqqa bo’linadi.

  1. Dehqonchilik (Ziroatchilik)
  2. Chorvachilik

Dehqonchilik ham o’z navbatida donli ekinlar, texnika ekinlari, moyli va quvvat beruvchi ekinlar, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik va uzumchilik hamda kartoshka yetishtirishga bo’linadi.

Donli ekinlar – jahon qishloq xo’jaligining asosi hisoblanadi. Jahonda yiliga 1,9 mlrd.tonna don yetishtiriladi. Shuning 4/5 qismini bug’doy, sholi va makkajo’xori tashkil etadi.

Bug’doy  jahon  aholisining  deyarli  yarmi  uchun  asosiy  oziq  manbai  bo’lib  hisoblanadi  va  don  ekinlarining  28  foizini  tashkil  qiladi. Bug’doy  70 dan

ortiq  mamlakatda  yetishtiriladi,  ammo  uning  80 foizini faqat to’rt davlat – Xitoy, AQSH, Hindiston, Rossiya beradi. Shuningdek, Fansiya, Kanada, Argentina, Ukraina, Qozogiston, Avstraliyada ham bug’doy ko’p ekiladigan mamlakatlar hisoblanadi.

Makkajo’xori ham don, ham oziq sifatida ekiladi. Jahonda yetishtiriladigan donli ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. Makkajo’xori yetishtirish bo’yicha AQSH dunyoda birinchi o’rinda turadi. Jahon bozoriga yetishtirilgan mahsulotning 10-15 foizi chiqariladi. Makkajo’xori eksport qiladigan davlatlar AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Fransiya; import qiladigan davlatlar G’arbiy Yevropa  davlatlari Yaponiya, Rossiya.

Sholi  ham insoniyatning yarmi uchun  asosiy  oziq  manbai  bo’lib  hisoblanadi va jahonda yetishtiriladigan don ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. U suv talab o’simlik bo’lib 12-15º haroratda o’sa boshlaydi, tropik kengliklarda ko’proq ekiladi. Shu sababli, sholining 90 foizi Janubiy va Janubi-sharqiy hamda Sharqiy Osiyo davlatlarida yetishtiriladi. Jahonda yetishtiriladigan sholining 38 foizi Xitoyda, 20 foizi Hindistonda ekiladi. Bundan tashqari Yaponiya, Indoneziya, Bangladesh, Tailand, Filippin davlatlarida ham asosiy don ekini hisoblanadi.

Shuningdek donli ekinlarga  arpa, suli, oqjo’xori, javdar, tariq kabilar ham kiradi. Lekin bu ekinlarning jahon donli ekinlar yalpi hosilidagi ulushi katta emas. Shu bilan birga mazkur ekinlarning geografiyasi yuqoridagilarga nisbatan ancha tor.

Texnika ekinlari. Sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jalik ekinlari texnik ekinlar deb ataladi. Texnik ekinlar sanoatni turli tarmoqlari: to’qimachilik (tolali ekinlar), yog’ sanoatiga (moyli  ekinlar), qand sanoatiga ( shakar moddasi bor ekinlar), oziq-ovqat  sanoatining boshqa  ba’zi bir  tarmoqlariga (choy), tamaki va farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beradi.

Tolali ekinlar, asosan to’qimachilik sanoati uchun xom ashyo beradi va unga  paxta, zig’ir va kanop kiradi.

Paxtachilik. Tolali ekinlardan paxta eng katta ahamiyatga ega; jahonda har yili 15-17 mln.t. paxta tolasi ishlab chiqariladi. Asosiy paxta yetishtiradigan davlatlar quyidagilar: Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, O’zbekiston.

Moyli ekinlarga – paxta, zig’ir, kungaboqar, soya, kunjut, zaytun daraxti, araxis kiradi. Bir qancha ekinlar faqat moy olish uchun ekiladi. Jahonda kungaboqar yetishtirishda Rossiya, soya yetishtirish bo’yicha AQSH, araxis bo’yicha Hindiston, zaytun daraxtidan yog’ olishda Italiya yetakchi mamlakat hisoblanadi.

Shakar olinadigan o’simliklar. Bunday o’simliklarga shakarqamish va qand lavlagi kiradi. Shakarqamish tropik mintaqada ko’proq yetishtiriladi (Markaziy Amerka, Janubiy Osiyo). Jahonda shakarqamish yetishtirish bo’yicha Brazilya (250 mln t), Hindiston (170 mln t), Kuba (70 mln t), Xitoy (50 mln t) va Meksika (40 mln t) yetakchi o’rinlarda turadi.

Qand lavlagi asosan shimoliy mo’tadil mintaqada yetishtiriladi (Shimoliy Amerka, Yevropa). Qand lavlagi yetishtirish bo’yicha quyidagi davlatlatlar yetakchi: Ukraina (45 mln t), Rossiya (30 mln t), Fransiya (30 mln t), Polsha (26 mln t), AQSH (23 mln t).

Tamakichilik mo’tadil mintaqaning janubiy qismi va tropik mintaqalarda rivojlangan (Lotin Amerkasi, Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari). Choy suptropik va tropik mintaqalarda yetishtiriladi (Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka, Indoneziya va h.k).

Kartoshka yetishtirish asosan mo’tadil mintaqada rivojlangan.    Kartoshka yetishtirish bo’yicha Rossiya, Polsha, Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi.

Chorvachilik va uning uch asosiy tarmog’i. Chorvachilik yer yuzining  barcha mamlakatlarida tarqalgan. O’tloq va yaylovlar ekin ekiladigan yerlarga qaraganda uch barobar ko’p yerlarni egallab yotadi. Chorvachilik mahsulotining asosiy qismini mo’tadil mintaqa mamlakatlari bead. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, dunyoda yetishtiriladigan g’allaning yarmiga yaqini chorva mollariga yem qilib beriladi.

Jahon cohvachiligi geografiyasi birinchi navbatda chorva mollarining joylashishi bilan belgilanadi. chorva mollarining umumiy soni 4 mlrd boshga yaqin.

Chorvachilikning uchta tarmog’i asosiy o’rin tutadi.

Deyarli hamma sut va go’shtning 1/3 qismidan ortig’i qoramol boqishdan (1,3 mlrd bosh) keladi. Intensiv sut va go’sht-sut chorvachiligi mo’tadil mintaqaning o’rmon hamda o’rmon-dasht zonalarida eng ko’p tarqalgan. Bu zonalarda mollar molxonalarda yoki yaylovlarda boqiladi. Qoramollar go’sht uchun ko’proq mo’tadil va subtropik mintaqalarning qurgo’qchilroq hududlarida boqiladi. Bu yerlarda mollar asosan yaylovda boqiladi. AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliyaning ba’zi bir hubublarida keng maydonlarda tovar mahsulot yetishtiradigan xo’jaliklar (rancho) – haqiqiy “go’sht fabrikalari” vujudga kelgan.

Cho’chqachilik (0,8 mlrd dan ko’p bosh chochqa bor) jahonda yetishtiriladigan jami go’sht mahsulotining 2/5 qismini beradi. Cho’chqachilik aholi jich o’rnashgan viloyatlarda va yirik sanoat markazlari yaqinida, intensiv chorvachilik rayonlarida, kartoshka yetishtiriladigan hududlarda joylashadi. Jahonda yetishtiriladigan hamma cho’chqalarning deyarli yarmi Osiyoga, avvalo Xitoyga to’g’ri keladi.

Qo’ychilik (1,2 mlrd bosh). Go’sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan qo’ychilik yetarlicha namgarchil va nisbatan yumshoq iqlimli hududlarga, mayin hamda yarim mayin jun yetishtirishga ixtisoslashgan qo’ychilik esa qurgo’qchilroq hududlarga xosdir. Avstraliyaning dasht va chalacho’l rayonlari jahondagi eng yirik qo’ychilik o’lkasidir. Qo’ylarning asosiy qismi shaxsiy mulkdorlar yoki kompaniyalarga qarashli yirik qo’ychilik stansiyalarida (“шипстейшнз”) to’plangan. Bunday stansiyalarda qo’ylar yil davomida tabiiy yaylovlarda boqiladi.

Chorvachilik mahsulotlarining ham ancha qismi jahon bozoriga chiqariladi.

Chorvachilik mahsulotlarini asosan rivojlangan mamlakatlar, shuningdek ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlar eksport qiladi.      

Mavzular.

manba