QO`L MUSHAKLARI.
Qo`l mushaklari 5 guruhga bo`linadi:
- Yelkani old sohasi mushagi
- Yelkani orqa sohasi mushagi
- Tirsak old va orqa sohasi mushagi
- Bilak old va orqa sohasi mushagi
- Panja mushagi
Yelkani oldingi mushaklariga quyidagilar kiradi:
- Yelkani ikki boshli mushagini uzun boshcha kurak suyagining bo`rtig`idan boshlanadi. Kichik boshcha kurak suyagining tumshuqsimon o`simtasidan boshlanadi. Bu ikki boshcha qo`shilib, umumiy payni hosil qilib,bilak suyagining bo`rtig`iga birikadi. Mushakning pastki uchida serbar pay hosil bo`ladi.
2.Yelka mushagi – yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib,tirsak suyagining bo`rtig`iga birikadi.
Yelka orqa mushagiga quyidagilar kiradi:
1.Yelkani uch boshli mushagi
Uzun boshchasi kurak suyagining bo`rtig`idan,tashqi boshchasi yelka suyagining orqa yuzasidan,ichki boshchasi yelka suyagining orqa yuzasidan boshlanib,bu boshchalar umumiy payga aylangan holda tirsak suyagining o`simtasiga birikadi.
2.Tirsak mushagi – yelka suyagining o`simtasidan boshlanib,tirsak suyagining orqa yuzasiga birikadi.
Bilak mushaklari
Bilak mushaklari ikki guruhga bo`linadi:
1.Bilakning oldingi guruh mushaklari: bukuvchi va ichkariga buruvchi mushaklaridan tashkil topadi.
2.Bilakning orqa guruh mushaklari: yozuvchi va tashqariga buruvchi mushaklaridan tashkil topadi.
1.Oldingi guruhdan – bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak yelka suyagining o`simtasidan va tirsak suyagining bo`rtig`idan boshlanib,bilak suyagining tashqi yuzasiga birikadi.
2.Kaftning uzun mushagi – yelka suyagining o`simtasidan boshlanib,ingichka payga davom etadi va kaftdagi payiga tugaydi.
3.Bilakni ichkariga buruvchi kvadrat mushak – tirsak suyagi pastki uchining oldingi yuzasidan boshlanib,bilak suyaginingoldingi yuzasiga birikadi. Bilakning orqa mushagi
- Yelka – bilak mushagi – yelka suyagining tashqi yuzasidan boshlanib,bilak suyagi pastki uchidagi bigizsimon o`simta ustiga birikadi.
- Barmoqlarni yozuvchi mushak – yelka suyagining usimta-idan boshlanib,P-V barmoqlar o`rta falangasi va tirnoq falangasining orqa yuzasiga birikadi.
- Jimjiloqni yozuvchi mushak- barmoqlarni yozuvchi mushak paylaridan ajraladi va V barmoqqa birikadi.
- Bilakni tashqariga buruvchi mushak – yelka suyagining
o`simtasidan,tirsak suyagining yuqori uchidan boshlanib,bilak suyagining yuqori uchiga birikadi.
- Bosh barmoqni yozuvchi qisqa mushak – bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib,bosh barmoq asosiga birikadi.
- Ko`rsatkich barmoqni yozuvchi mushak – tirsak suyagi orqa yuzasining pastki qismidan boshlanib, ko`rsatkich barmoqning o`rta tanasiga birikadi.
Qo`l panja mushaklari
Qo`l panjasining mushaklari qo`l kafti sohasidagi ikki tepalikni bosh barmoq va jimjiloq asosidagi tepalikdir.
- Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta mushak – qayiqsimon suyak bo`rtig`idan boshlanib, bosh barmoqning tashqi yuzasiga birikadi.
- Bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak – ikkinchi qator kaft usti suyaklaridan boshlanib,bosh barmoq falangasining asosiga birikadi.
- Kaft kalta mushagi – kaft sohasidagi paydan boshlanib,kaft terisida tugaydi.
- Jimjiloq barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak – kaftdagi no`xatsimon suyakdan boshlanib, jimjiloq falangacining ichki yuzasiga birikadi.











