QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

0
QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA'LUMOTLAR.

QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR. Qo’lga tegishli suyaklar ikki guruh suyaklarni tashkil etadi: 1) yyelka kamari suyaklari 2) erkin holda joylashgan qo’l suyaklari (yyelka, bilak va qo’l panja suyaklari).

Yelka kamari suyaklari. O’mrov suyagi

O’mrov suyagi tana skeletini, qo`l bilan birlashtiradi va tanadan yyelka bo`g`imini uzoqroq turishini ta’minlaydi. Shu sababdan o`mrov suyagi jarohatlansa qo`l tanaga yaqinlashadi.

O’mrov suyagining o`rta qismi biriktiruvchi to`qima holatida suyaklanadi (birlamchi suyaklar), uning uchlari esa tog`ay to`qima holatidan so`ng suyaklanadi.

Suyaklanish nuqtasi bitta bo`lib to`sh suyagiga yaqin uchidan boshlanadi (monoepifezar suyak). O`mrov suyagining suyaklanish jarayoni perixondral va endoxondral holatlarda rivojlanadi. Unda suyaklanish nuqtasi embrion taraqqiyotining 6 haftasida hosil bo`ladi. Lekin bu suyakning to`sh suyagiga birikadigan uchida suyaklanish nuqtasi 16-18 yoshlarda paydo bo`lib, to`liq suyaklanib ketish 20-25 yoshlarda yakunlanadi.

O`mrov suyagining ikki uchi: to`sh suyagiga birikuvchi, kurak suyagining akromion o`simtasiga birikuvchi  va ular orasida joylashgan tanasi  bo`ladi. Akromial uchida  va to`sh suyagiga birikish sohasida bo`g`im yuzasi  bo’ladi. O`mrov suyagining to`sh suyagiga birikadigan uchi old tarafga yoysimon bo`rtib turadi va aksincha lateral uchi botiq bo’ladi. O`mrov suyagining ostki yuzasining  akromial uchida bo`rtiq bo’ladi.

QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR.Kurak suyagi

Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda kurak suyagining tanasi va ko`ndalang joylashgan qirradan iborat bo’ladi. Bir yoshda suyaklanish nuqtasi tumshuqsimon o`simtada, 11-18 yoshlarda suyaklanish nuqtalari qolgan hosilalarda  ko`rinadi. To`liq suyaklanib ketish holati 18-24 yoshlarga to`g`ri keladi.

Kurak suyagi yassi, uch qirrali bo’lib, II—VII qovurg`alar sohasida joylashadi. Kurak suyagining quyidagi qirralari bo’ladi: yuqori qirrasi  ichki qirrasi  tashqi qirrasi .

Kurak suyagining quyidagi burchaklari bo’ladi: yuqori burchagi,  ostki burchagi, tashqi burchagi  Uning yuqori qirrasi sohasida o`yma  bo’lib,  tashqi burchagida, yyelka suyagi boshchasi kirib turadigan chuqurcha joylashadi. Bu bo`g`im chuqurchasining atrofida kurak suyagining bo`yin qismi  bo’ladi. Bo`g`im chuqurchasining yuqori qismida bo`rtiq  va bu chuqurchaning ostida bo`rtiq  ko`rinadi. Bu bo`rtiqlarga mushaklar birlashadi.  Kurak suyagining qirrasi lateral tarafda o`simta bilan yakunlanadi. Bu o`simtada o`mrov suyagi bilan birlashadigan bo`g`im yuzasi bo’ladi. Yelka suyagi 

Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda yyelka suyagining boshchasi tog`aydan iborat bo`ladi. U 1 yoshga to`lguncha boshchada suyaklanish nuqtasi hosil bo’ladi. 2-3 yoshlarda katta do`mboq sohasida, 3-4 yoshlarda kichik do`mboq sohasida ham suyaklanish nuqtalari hosil bo`ladi. Yyelka suyagining proksimal uchidagi bu suyaklanish nuqtalarining qo`shilib ketishi 4-6 yoshlarga, uning proksimal uchini suyak tanasi (diafiz) bilan qo`shilib (suyaklanib) ketishi 12-18 yoshlarga to`g`ri keladi. Yyelka suyagining distal uchida suyaklanish nuqtalari 2 yoshda  12-13 yoshlarda, to`liq suyaklanib ketishi 20 yoshlarda yakunlanadi. Yyelka suyagi uzun naysimon suyaklar turkumiga kirib, ikki uchi va ular orasidagi tanasi  bo`ladi. Bu suyakning yuqori uchida kurak suyagi bilan birikadigan boshchasi, anatomik bo`yin  qismi, mushaklar birikadigan katta bo`rtiq  kichik bo`rtiq  sohalari ko`rinadi. Har bir bo`rtiqdan qirralar yo`naladi: katta bo`rtiqdan yo`naluvchi qirra  va kichik bo`rtiqdan yo`naluvchi qirra bo’ladi. Bu hosilalar orasida esa egat  bo`ladi. Yyelka suyagi yuqori uchining tana qismiga o`tish sohasi xirurgik bo`yin deyiladi. Yyelka suyagi tanasining lateral tarafida deltasimon mushak birikadigan bo`rtiq,  uning orqasida esa tashqi tarafga yo`nalgan bilak nervi egati  hosil bo`ladi.

Yyelka suyagining pastki uchida bilak suyagi bilan bo`g`im hosil qiluvchi boshcha, tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi g`altaksimon hosila  bo`ladi. Shu sohaning oldingi yuzasida bilak suyagidan hosil bo`lgan chuqurcha, tirsak suyagining tojsimon o`simtasidan hosil bo`lgan chuqurcha, orqa yuzasida esa tirsak suyagining o`simtasi birikishidan hosil bo`lgan chuqurcha  bo`ladi. Yyelka suyagining pastki uchida bilak mushaklari birikadigan ichki o`simta  va tashqi o`simta  bo’ladi. Bilak sohasida ikkita naysimon suyaklar bo`ladi: ichki medial tarafda tirsak suyagi, bilak suyagi joylashadi.

Tirsak suyagi

Bu naysimon suyakning yuqori uchida tirsak o`simtasi, tojsimon o`simta , ular orasida esa yyelka suyagining g`altagi bilan bo`g`im hosil qiladigan o`yma

bo’ladi. Tashqi yuza sohasida bilak suyagining boshchasi bilan bo`g`im hosil etadigan o`yma  joylashadi. Oldingi sohada mushak birlashadigan tirsak suyagining bo`rtig`i  bo’ladi.

Tirsak suyagining tanasida oldingi qirra , orqa qirra  va bilak suyagi tarafidagi qirra  bo`ladi. Bu qirralar orasida esa oldingi yuza , orqa yuza  ichki yuza  hosil bo’ladi. Tirsak suyagining pastki uchida: bigizsimon o`simta  boshcha  va boshchadagi bo`g`im yuzasi  bo`ladi. Tirsak suyagida suyaklanish nuqtasi 8-11 yoshlarda hosil bo’ladi. Diafiz sohasining suyaklanishi embrion taraqqiyotining 2oylarida hosil bo`ladi.

To’liq suyaklanib ketish 20 yoshlarda yakunlanadi. Distal epifizda suyaklanish  nuqtasi 7-8 yoshda hosil bo`ladi.

Bilak suyagi

Naysimon shakldagi bilak suyagining yuqori uchida boshcha, tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza , yyelka suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi chuqurcha joylashadi. Boshchaning ostida bilak suyagining bo`yin qismi  va mushak birikadigan bo`rtiq  bo’ladi. Bilak suyagining tanasida oldingi qirra, orqa qirra va tirsak suyagi tarafida suyaklararo qirra bo`ladi. Bu qirralar orasida oldingi yuza, orqa yuza, tashqi yuza  hosil bo’ladi. Uning pastki uchida bigizsimon o`simta,  tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi o`yma, kaft usti suyaklari bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza bo`ladi. Bilak suyagi boshchasida suyaklanish nuqtasi 5-6 yoshlarda hosil bo`ladi. Diafiz qismining suyaklanishi embrion tarqqiyotining 2- oyida bo`ladi. Distal epifizda suyaklanish nuqtasi 1—2 yoshda bo`ladi.

Qo`l panjasi   suyaklari

Qo`l panjasi suyaklari uch guruh suyaklardan: kaftning ustki qismidagi, qo`l kafti, qo`l barmoqlarining suyaklaridan tashkil topgan. Kaft usti suyaklari ikki qator bo`lib joylashgan 8 ta suyaklardan iborat. Bilak suyaklariga yaqin qatorda quyidagi suyaklar joylashadi:  qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no`xatsimon. Ikkinchi qatorda quyidagi suyaklar bo`ladi: trapetsiya, trapetsiyasimon  boshchali  ilmoqsimon. Har bir suyakda yonidagi suyaklar bilan bo`g`im hosil qiluvchi yuzalar bo`ladi. Kaft usti suyaklariga mushaklar birikishidan bo`rtiqlar  va ilmoqsimon suyakda ilmoq hosil bo’ladi. Kaft usti suyaklarining kaft yuzasida qayiqsimon suyakning va trapetsiya suyagining bo`rtig`idan tepalik hosil bo`ladi. Ichki tarafdagi tepalik esa no`xotsimon suyak bilan ilmoqsimon suyakning ilmog`idan tashkil topadi. Bu ikki tepaliklar orasida kaft egati hosil bo’ladi. Qo’l kaftidagi suyaklar  naysimon suyaklar guruhiga kirib, boshcha, tana asos qismidan tashkil topgan. Qo’l barmoqlarining suyaklari ketma-ket joylashadigan naysimon suyaklardan tashkil topib, proksimal, o`rta, tirnoq falanglaridan tashkil topadi.

Bosh barmoq suyaklarida o`rta falanga suyagi bo’lmaydi. Uch qirrali suyakda suyaklanish nuqtasi 3 yoshda, boshchali suyagida suyaklanish nuqtasi 2- oyda, ilmoqli suyagida 3- oyda, yarimoy suyagida 4 yoshda, qayiqsimon suyagida 5 yoshda, trapesiya suyagida 5  suyagida 6 yoshda bo’ladi. No`xotsimon suyakda suyaklanish qizlarda 7-12 yoshlarda, o`g`il bolalarda 10-15 yoshlarda tugaydi.

QO’L SUYAKLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR.

Mavzular.

manba