Bosh sahifa mavzular Qo’qon xonligiga asos solinishi.

Qo’qon xonligiga asos solinishi.

0

Qo’qon xonligiga asos solinishi.

Qo’qon xonligiga asos solinishi.

Qo’qon xonligiga asos solinishi. Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida                          edi.  XVIII    asr  boshlarida  Buxoro xonligi  ichki  kurashlar  oqibatida  zaiflashadi.  Bunday  vaziyatdan  foyda  langan  jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon- taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni  birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar  jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro  xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shohruxbiy  hukmdor (1710-1721) deb e’lon qilinadi.

1710-yilda  minglar  chodaklik  din  peshvolari  hokimiyatini  ag’dardilar  va  Farg’ona vodiysida  hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan  yangi davlat1 vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. Shohruxbiyning o’g’li Abdurahimbiy (1721 – 1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib  olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo’qonga tobelik haqida  bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi.

Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zganni bo’ysundirdi.  Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan  davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat,  1763- yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqizildi (1763 – 1798). U dastlab Chust va  Namangan hokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.  Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l hosil olinib,  bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Har tomonlama mamlakatning qudrati o’sgan.

Norbo’tabiy  vafot  etgach,  taxtga  uning  o’g’li  Olimbek  o’tqizildi.  Uning  davrida  (1798  -1810)  Qo’qonning siyosiy mavqeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va  Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Natijada Rossiya bilan savdo yo’li ochildi. Orenburgga boradigan savdo  yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal’asi Oqmasjid qurildi. U o’z davlatini 1805-yili rasman  Qo’qon xonligi deb, o’ziga esa „xon» rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning  markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik  tug’dirdi.

Umarxon   (1810-1822)   akasi   Olimxon   davrida   Farg’ona   hokimi   edi.   U   Andijon  hokimi  Rahmonqulibiyning  qizi  Mohlaroyim  (Nodira)ga  uylangan.  Farg’onalik  tarixchi Muhammad  Hakim  Umarxon hukmronligi davrini eng yaxslii podsholik davrlaridan biri sifatida tavsif lagan. Umarxon  hukmronligining  dastlabki  paytlarida  Buxoro  bilan o’rnatilgan  do’stona munosabatlar  Jizzax va  O’ratepa uchun azaliy kurash oqibatida yana uzilib qoldi. Bu kurash Umarxonning butun  hukmronlik  davrida  davom  etdi  va  ilgari bo’lganidek,  u tomonga  ham, bu  tomonga  ham  g’alaba  keltirmadi.

Qo’qon qo’shinlarining ko’chmanchi qozoq va qirg’iz elatlariga yurishlari ancha muvaffaqiyatliroq  kechdi.  Katta  va  qisman  Kichik  juz  o’rdalarini  o’z  ichiga  oluvchi keng  hududlar  Qo’qon  xonligiga  bo’ysundirildi. Sirdaryo bo’yidagi Yangiqo’rg’on, Julek, Qamishqo’rg’on, Oqmasjid, Qo’shqo’rg’on nomli  harbiy istehkomlar qurildi va Turkiston shahrini o’z tasarrufiga oldi.  Qo’qon xonligining hududi Umarxonning o’g’li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) davrida  (1822-1842) ancha kengaydi. Qo’qon qo’shinlari Farg’onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o’troq  aholisi yashaydigan va o’z hokimlari bo’lgan Qorategin, Darboz va Ko’lobga yurish qilib, bu yerlarni  egalladilar.

Madalixon  boshqaruvining  so’nggi  yillarida,  Qo’qon  xonligida  g’alayonlar  kuchaygan paytida,  Madalining ko’ngli tusagan ishlarni qila berishini qo’llab-quvvatlovchi odamlar ta’siriga tushib qolgan  yosh  xon  o’z  marhum  otasining  eng  obro’li  a’yonlarini  ta’qib qila  boshladi.  Umarxon  davrida  xon  hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o’rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlarning  ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi, ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan  amaldorlar esa xon hokimiyatidan norozi bo’lganlarning hammasini o’z atroflariga yig’ib, xonni taxtdan  qulatishga tayyorlana boshladilar. Bularning hammasi aholining barcha tabaqalarini Madaliga qarshi qilib  qo’ydi. Ruhoniylar xonni turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq  targ’ibot olib borishdi.

Xondan  norozi  bo’lganlar  unga  qarshi  ochiq  kurashish  uchun  yetarli  kuchga  ega bo’lmay,  o’z  elchilarini Buxoro amiri Nasrullo huzuriga yuborib, undan yordam so’radilar.  Amir  Nasrullo  1842-yilda  o’z  qo’shinlarini  Qo’qonga  qarshi  safarbar  etdi.  Qo’qon qo’shinlari  mag’lubiyatga uchradi.  Madalixon o’z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buyrug’iga binoan qatl etildi. Amir  Nasrullo hatto Madalixonning onasi Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.

Sheralixonning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish kuchaydi. Bu hoi mehnatkash aholining  noroziligini keltirib chiqardi. Bundan tashqari, davlatda muhim lavozimlarni egallab olgan qipchoqlar  davlat ishlarida o’z hukmronligini o’tkazishga, o’zbek, qirg’iz va tojiklarning mamlakat hayotidagi ta’sirini  kamaytirishga urindilar. Qipchoqlar Qo’qonga ko’plab ko’chib kela boshlagach, mahalliy aholining uy- joyini, mol-mulkini zo’ravonlik bilan ola boshladilar. Bular xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilikni  kuchaytirdi.

Musulmonqul 1845-yilda soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan  O’sh xalqi qo’zg’olonini bostirish uchun qo’sliin bilan yuborildi. Bu paytda Isfara hokimi Samarqandda  istiqomat qilib turgan marhum Qo’qon xoni Olimxonning o’g’li Murodxonni olib kelib Qo’qon taxtiga  o’tqizadi va Sheralixon o’ldiriladi. Musulmonqul o’z qo’sliini bilan Namanganga keladi. Ishni awal qizini  marhum Sheralixonning o’g’li Xudoyorxonga nikohlab berishdan boshlaydi. 13 yoshli Xudoyorxon bu  davrda Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Qo’qonga kelib Murodxon va uni qo’llab- quvvatlaganlarni fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni esa taxtga o’tqizadi.

Xudoyorxon  yosh  bo’lganligi  tufayli  amalda  xonlikni  qaynotasi  Musulmonqul boshqarardi.  Shunday  qilib,  xonlikda  qipchoqlar  hukmronligi  davri  boshlandi.  Endilikda qipchoqlar  Qo’qonga  yoppasiga ko’chib kela boshladilar, mahalliy aholini shahardan haydab chiqarib, ularning uy-joylariga  o’rnashib ola boshladilar. Sug’orish inshootlarini qo’lga kiritdilar, bundan tashqari, aholi endi suv uchun  soliq to’laydigan bo’ldi. Bularning barchasi mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo’ldi.

Bu  ahvol,  o’z  navbatida,  xonlikda  hukmronlarga  qarslii  qo’zg’olon  ko’tarish  xavfrni tug’dirdi.  Bunday vaziyatda Musulmonqul o’z mavqeyini yo’qotmaslik yo’lida ruslar bilan aloqa o’rnatishga intiladi  va  rus  qo’mondonligi  vakili  V.V.Velyaminov-Zernov  bilan maxfiy  ravishda  uclirashadi.  Bu  hol  Xudoyorxonni qattiq cho’chitib qo’ydi. Ana shunday sharoitda u birdan bir to’g’ri yo’lni tanladi. Bu yo’l –  qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xotima berish edi.

1852-yil 9-oktabr kuni u Toshkentdan chaqirilgan qo’shin bilan qipchoqlar qirg’inini uyushtirdi. Uning bu ishini mahalliy aholi qo’llab-quvvatladi. Qaynotasi Musulmonqul asir olinib, Qo’qonda qatl  etildi. Qipchoqlarning mol-mulki musodara qilindi va aholiga sotildi.  Musulmonqul hukmronligiga xotima berilgan bo’lsa-da, ichki nizolar bu bilan barham topmadi. Qo’qon xonligiga asos solinishi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba