Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

0
Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Qoraxoniylar davlati. Qoraxoniylar-O’rta Osiyoda, asosan Movarounnahr va Sharqiy Turkiston  xududlarida Somoniylardan keyin 999-1212 yilarda hukmronlik qilgan musulmon turkiy sulola. Uni  barpo etishda qator turkiy qabilalar ishtirok etgan, bulardan qarluq, chigil va yag’mo qabilalari yetakchi  bo’lgan. Asoschisi yag’mo qabilasidan chiqqan Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (Qoraxon). Yag’molar X  asr o’rtalarida islom dinini qabul qilganlar. 992 yilda Xorun ibn Muso Sotuq Buxoroni, 996-999 yillarda  uning vorisi Nasr I Movarounnahrni butunlay bosib oldi. Qoraxoniylar davlati poytaxti dastlab Qoshg’ar,  keyin Bolasog’un, O’zgan shaharlari bo’lib, kayinchalik yana Qoshg’arga ko’chirilgan. XI asrning 60-70  yillarda qoraxoniylar ichki siyosiy kurash va saljuqiylar tazyiqi ostida davlati zaiflashib, kuchsiz davlatga  aylanib  qoladi.  1212  yili  qoraxoniylarning  so’nggi  vakili  Qilich  Arslon  Muhammad  Xorazmshox  tomonidan o’ldirilgan.

Qoraxitoylar-XII asrning 30-40 yillarida movarounnahrni o’troq dehqonchilik vohalariga bir necha  marotaba  bosqinchilik  yurishlari  uyushtirgan  ko’chmanchi  turkiy  qabilalar.  Qoraxitoylarning  kelib  chiqishi haqida fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sibirning tungus aholisiga,  boshqalar esa mo’g’ullarga mansub deb hisoblaydilar. XII asr boshlarida ular Yettisuv viloyatini ishg’ol  etib  to  Yenisey  daryosigacha  bo’lgan  yerlarni  o’z  ichiga  olgan  kattagina  davlatni  barpo  etadilar.  Bolasog’un bu davlatning poytxtiga aylantirilgan. Podshohlari “go’rxon” deb yuritilgan.

G’aznaviylar  davlati.  G’aznaviylar  977-1187  yillarda  O’rta  Sharq  (Shimoliy  sharqiy  Eron,  Afg’oniston va G’arbiy Hindiston) da mavjud bo’lgan davlatning va uni boshqargan sulolaning nomi.  G’aznaviylar  davlatida  turkiy  sulola  hukmronlik  qilgan.  Asoschisi  somoniylarning  lashkarboshisi  Alptakin. U 962 yil qo’l ostidagi g’ulomlariga tayanib, G’azna viloyatida o’z hokimiyatini o’rnatdi.  O’ning vorisi Sabuqtegin (977-997) va Mahmud G’aznaviylar davrida (998-1030) O’rta Sharqning eng  qudratli davlatiga aylangan.

G’aznaviylar davlati ravnaq topgan davrda saroyda va shaharlarda buyuk olimlar yashab, ijod  etganlar (Beruniy, Utbiy, Abulfazl Bayhakiy, Gardiziy, Firdavsiy va boshq.) Mas’ud I davri (1030- 1041)da Xorazm qo’ldan ketdi, Movarounnahrning katta qismini qoraxoniylar tortib oldi. XII asrning 70- yilllarida g’uriylar g’aznaviylarni Shimoliy Hindistonga siqib chiqardilar, Lahor ularning keyingi poytaxti  bo’ldi. 1187 yilda g’uriylar lahorni ham bosib olib bu davlatga barham berdilar.

G’aznaviylar sulolasining vakillari: Alptegin (962-977), Sobiqtegin (977-997), Ismoil (997-998),  Mahmud  G’aznaviy  (998-1030),  Mas’ud  (1030-1041),  Mavdid  (1041-1048),  Mas’ud  II  (1049),  Ali  Abuhasan  (1049-1051),  Abdurashid  (1051-1099),  Mas’ud  III  (1099-1115),  Sherzod  (1115-1116),  Bahromxon (1117-1153), Husravshoh (1153-1160), Husrav Malik (1160-1187)

Xorazmshohlar davlati. 1017 yilda Mahmud G’ aznaviy tomonidan zabt etilib, o’z mustaqilligidan  mahrum bo’lgan Xorazm ko’p vaqt o’tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi. Saljuqiylar  hukmdori  Malikshoh  o’z  ma’murlaridan  Anushteginni  Xorazmga  noib  qilib  tayinlaydi.  Anushtegin  vafotidan  so’ng  Xorazmda  uning  vorisi  Qutbiddin Muhammad  (1097-1127)  noiblik  qiladi.  Garchi  u  «xorazmshoh»  unvonini  tiklab,  bunday  jarangdor  nom  bilan  ulug’lansada,  Saljuqiylar  davlatining  sadoqatli noibligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqiiligi Qutbiddin Muhammadning o’g’li Otsiz (1127- 1156) nomi bilan bog’liqdir.2 Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o’ziga bo’ysundiradi. Xorazm bilan  iqtisodiy jihatdan bog’liq bo’lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar bo’lgan yerlarda Xorazmshohiar davlatining  poydevorini barpo etadi.

Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar,  XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153  yilda Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati  keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi. Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi.  So’ngra  Fors,  Ozarbayjon  vaXuroson  viloyatlari  mustaqil  bo’lib  oladi.  Bunday  siyosiy  vaziyatda,  shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqiiligi yanada mustahkamlanadi.  Xorazm  davlati  ayniqsa,  Otsizning  nabirasi  Takash  davrida  juda  kengayadi.  1187-1193  yillarda  u  Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194 yilda esa Saljuqiylar sultoni To’g’rulga qaqshatqich  zarba berib, Eronni Xorazmga bo’ysundiradi.

Takashdan so’ng uning o’g’li Alovuddin Muhammad (1200- 1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206 yiIdan boshlab Movarounnahrni  qoraxitoylarga   qaramlikdan   ozod   etishga   kirishildi.   1210   yilda   Talos   vodiysida   qoraxitoylar  mag’lubiyatga uchratiladi. Yettisuvgacha bo’lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olinadi. XIII  asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli g’arbiy  va g’arbiy chegarasi Oral va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi g’arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi  sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o’tar  edi.Sharqdagi  bu  ulkan  davlatning  poytaxti  Urganch  shahri  edi.

Xorazmshoh  «Iskandari  soniy» deb  maqtalgan (Xorazmshoh saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo’lgan va buyuk  hukmdorni «Iskandari soniy» deb ulug’lagan). Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.Xorazmshohlar davlati rasman 1231 yilgacha, ya’ni so’ngi  xorazmshoh Jaloliddinning halokatigacha yashaydi. Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba