Bosh sahifa mavzular RABG’UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

RABG’UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

0
RABG'UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

RABG'UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

RABG’UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

RABG’UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI. Sobiq Shoʻrolar davrida oʻzbek mumtoz adabiyotining bir qator vakillarining ijodi, ularning adabiy merosi turli sabablar, toʻsiqlar natijasida yetarlicha oʻrganilmadi, targʻib etilmadi. Bu jihatlar diniy, islomiy gʻoyalar, mafkuralar bilan bogʻliq asarlarda, hukmdorlar merosini oʻrganish yoki qator mumtoz shoirlarimizni zamonaviylashtirishga urinish kabilarda koʻrinadi. Oʻtmish merosimizning nodir yodgorligi boʻlgan «Qisasi Rabgʻuziy» kitobi va uning muallifi Nosiruddin Burhonuddin Rabgʻuziy merosi ham xalqimiz hayotidan uzib qoʻyildi. Ushbu kitob nashr etilmadi. Ta’lim muassasalarida yetarlicha oʻrganilmadi. Ilmiy ishlar amalga oshirilmadi. Asardagi mavzular, koʻpgina paygʻambarlar bilan bogʻliq hikoyatlar diniy mafkura bilan, islomiy aqidalar bilan sugʻorilganligi sababli oʻsha davr qarashlariga mos kelmasdi. Holbuki, Rabgʻuziyning ushbu asari er yuzining   paydo  boʻlganidan  boshlab  soʻnggi  paygʻambar – Muhammad    hayotiga doir boʻlgan voqealarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni toʻgʻrilikka, komilikka, axloqan poklikka chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi.

Rabgʻuziy haqida yetarlicha ma’lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan yagona asari «Qisasi Rabgʻuziy»da ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undagi ma’lumotlar ham toʻliq emas. Uning asl ismi Nosiruddin boʻlib, Xorazmning Rabotu Oʻgʻuz degan joyida tugʻilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning Oʻgʻuz Rabotining qozisi boʻlganligini aytib oʻtadi. Asarda bu haqda: «Bu kitobni tuzgan, toat yoʻlida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, koʻp yozugʻluk Gʻyaxshiligi oz, gunohlari koʻp Rabot Oʻgʻuzining qozisi Burhon oʻgʻli Nosiruddin…» deb qayd etilgan. Rabgʻuziy soʻzini prof. N.Mallaev «Raboti oʻgʻuz»ning birikuvidan kelib chiqqan deydi. Demak, Rabgʻuziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabgʻuziy» asari oʻzbek nasrining qadimiy  namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan moʻgʻul beklaridan biri boʻlgan Nosiruddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi va homiyligida yozilgan. Asar hijriy 709 yil, melodiy 1309-10 yil, ba’zi manbalarda 1311 yil yaratilgan deb koʻrsatiladi. Toʻqbugʻa Rabgʻuziyga paygʻambarlar haqida asar yozishni topshiradi va natijada

«Qisasi Rabgʻuziy» yuzaga keladi. Muallif asarni bir yil zahmat chekib tugatganini qayd etadi. «Qisasi Rabgʻuziy»ning turli davrlarda koʻchirilgan bir necha qoʻlyozma nusxasi mavjud. Ular dunyoning turli kutubxona va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Asarning eng qadimiy  qoʻlyozma nusxasi XV asrda koʻchirilgan boʻlib, u Britaniya muzeyida saqlab kelinmoqda. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda nashr qilingan. Manbalarga qaraganda, XV asr London nusxasi 1340 yilda Rabgʻuziy tiriklik davrida koʻchirilgan. XV-XVI asrlarga mansub Sankt-Peterburg, XIX asrga oid Toshkent nusxalari mavjud. XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida Toshkent, Qozon shaharlarida bir necha marta nashr etilgan. Asarning toʻla matni ilk marta rus turkiyshunos olimi N.Ilminskiy tomonidan 1859 yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Ushbu asar Radlov, Tomsen, Melioranskiy, Malov, Kononov, Bosim Atalay kabi xorijiy turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallaev, T.Fafurjonova, I.Ostonaqulov kabi oʻzbek olimlari tomonidan tadqiq qilingan.

Rabgʻuziy ushbu asarni yozishda Qur’oni karim, hadislar, Abu Ishoq Nishopuriy asari, islomga oid turli kitoblar, shuningdek, Hasan Basra, Jobir ibn Ansoriy  kabi qissagoʻylar ijodidan foydalangan. Asarni oʻqir ekanmiz, Rabgʻuziyning oʻnlab bunday asarlardan ijodiy foydalanganligining guvohi boʻlamiz. Bu manbalar ikkiga boʻlinadi:

  1. Adabiy manbalar.
  2. Tarixiy manbalar.

Adabiy manbalarga, avvalo, Qur’onga yozilgan tafsirlarni, soʻng Ishoq Nishopuriy, Abul Hasan Kisoiy qissalarini kiritish mumkin. «Qisasi Rabgʻuziy»da Muhammad paygʻambar hayotigacha boʻlgan qissalar bevosita Qur’on sharhi vazifasini bajargan badiiy  asarlar, ikkinchi guruhga Imom Ismoil Buxoriyning «Al Jome al sahih», Abu Iso at Termiziyning «Shamoili nabaviya» kitoblarini kiritish mumkin.

Rabgʻuziy paygʻambarlar haqidagi qissalarda olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy  ifodalashga harakat qilgan. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Asar 72 qissadan iborat. Qissalar mavzu jihatdan rang-barang. Olamdagi butun mavjudot  egasi  boʻlgan Ollohni ulugʻlash,  paygʻambar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, doʻstlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabilar shular jumlasidandir. Asarda shunday bir jumla borki, u asar mavzusini aniqlash imkonini beradi: «Dunyoga boring, menga toat qiling, ma’siyatdan yigʻiling, qon toʻkmang, xamr ichmang, xalq orasida koʻni hukm qiling, zino qilmang, xiyonat qilmang». Ya’ni inson Ollohga toat qilsa, hamisha uning yodi bilan yashasa, oxiratini oʻylasa yomon ishlardan saqlanadi, oʻzidagi yomon unsur va illatlardan qutilishga harakat qiladi.

«Ma’siyatda yigʻiling»-gunohdan saqlaning degani. Gunoh va savob tushunchasi asarda koʻp tilga olinadi. «Koʻni hukm qiling»-bu nasihat amaldorlarga taalluqli boʻlib, har ishda adolatli, toʻgʻri hukm qilish zarurligi ta’kidlangan. Kuchsizlarga ozor yetkazmaslik va inson shahvoniy hislarga berilmasligi, bu yoʻlda yurganlarga sharmandalik, yuzi qarolik, azob-uqubat yetishi aytiladi.

Islomda xamr aroq ichish man qilinadi. Chunki u koʻp yomon ishlarga sabab boʻladi. Qon toʻkish, besabab birovni oʻldirish ham islomda qoralanadi. Omonatga xiyonat qilmaslik olijanob fazilat.

Asarda Nuh, Dovud, Sulaymon, Iso, Muso, Yusuf, Ya’qub, Ismoil, Ibrohim kabi paygʻambarlar, Luqmoni  hakim haqidagi hikoyatlar keltirilgan.

Asarda odamning, yer yuzi, koʻk, jin, farishtalarning yaratilishidan boshlab ma’lumotlar keltiriladi. Mana olamning yaratilishi haqidagi xabar: «Xabarda andogʻ kelur: Yakshanba kun koʻklarni yaratti, dushanba kun oyni, kunni, yulduzlarni yaratti, falak ichinda turitti, seshanba kun olam xalqinda qush-qurtlarni, farishtalarni yaratti, chahorshanba kun suvlarni yaratti, ellarni, bulutlarni chiqardi, yigʻochlarni, oʻt- yemlarni yaratti, undurdi. Roʻzilarni ulashturdi. Payshanba kun ujmox, tamugʻni, rahmat va azob farishtalarni yaratti, hurlarni yaratti. Azina kun odamni yaratti.

Shanba kun narsa yaratmadi». «Qisasi Rabgʻuziy». 12-bet.

Odamning yaratilishi haqida ham gap boradi. Jabroil, Isrofil, Mekoil tuproq olib kelishga buyuriladi. Ular qilmagan ishni Azroil bajaradi. Shu uchun ham jonzotlar jonini olish unga topshiriladi. Odamni tuproqdan yaratadi. Togʻ, Tengiz, Koʻk ulardan yaratishni talab qilishadi. Tuproq jim turgani bois undan yaratiladi 17bet.

«Qissai Qobil va Hobil»da tasvirlanishicha, Qobil bilan Iqlimo, Hobil bilan Abudo tugʻiladi. Iqlimo goʻzal. Abudo koʻrksiz edi. Qobilga Abudo beriladigan boʻldi, u koʻnmadi. Odam ularga qurbonlik qilishni, kimning qurbonligi qabul boʻlsa, Iqlimo berilishini aytdi. Hobilning qoʻyi qabul boʻldi. Qobil tosh bilan urib Hobilni oʻldirdi. Qargʻalarga qarab, Hobilni yerga qoʻydi. Odam koʻmish shundan qoldi. 3031- betlar.

Nuh va kema bilan bogʻliq hikoyat koʻpchilikka yaxshi tanish. Bayoni beriladi, tahlil qilinadi.

Asarda katta bir qissani Yusuf paygʻambar haqidagi qissa tashkil etadi. Ya’qub, uning oʻgʻillari, Yusuf va Zulayho haqidagi voqealar ancha mashhur. Hikoyat tahlil qilinadi.

Hazrati Dovud haqidagi qissa ham e’tiborli. Qissa    Dovudning ta’rifi bilan boshlanadi. Undan keyin Dovud haqidagi umumiy  tasavvurlar bayon etiladi:»Dovud yalavoch (paygʻambar) bani Isroildan erdi. Oʻn qarindosh er dilar, otalari Ishoʻ otligʻ.

Dovud qamugʻidin (barchasidin) kichik erdi. Tun-kun yigʻlayur erdi ibodat ichinda» Dovud paygʻambar bilan bogʻliq bir necha hikoyatlar beriladi. Adolat bilan hukm qilishi,  kechalari raiyat holi bilan tanishishi, bir kampir qiyofasidagi farishta u xalq molini yeyishini aytishi, soʻng Dovud paygʻambar temirchilikni oʻrganishi bayon qilinadi.

Asarda Muso paygʻambar, Sulaymon va qarincha, Sulaymon va kursisi, Sulaymon va Bilqis haqidagi, Yunus, Ilyos, Xizr, Luqmoni hakim, Iso, Iskandar haqidagi qissalar ham e’tiborlidir.

Asarning katta qismi paygʻambarimiz Muhammad hayotlariga bagʻishlangan. Rabgʻuziy haqida gap ketganda uning she’riyati haqida ham soʻzlash joiz. Chunki har bir qissa boshida yoki oxirida keltirilgan she’rlar bundan dalolat beradi. Ayrim  gʻazallar voqealar ichida ham beriladi. Bular Rabgʻuziyning turkiy aruz va barmoq vaznini yaxshi egallaganidan guvohlik beradi. Ushbu asarda 600 misra she’r oʻrin olgan boʻlib, bular gʻazal, ruboiy, qit’a, toʻrtlik, qasida janrlarida bitilgan. Bahorni,

Navroʻzni madh etuvchi she’r bor. Rabgʻuziy asarida xalq ogʻzaki ijodining ham chuqur ta’siri seziladi. Masalan: Bani Isroil ularga 12 baquvvat, baland boʻyli kishilarni yuborishadi, bogʻbon kelib ularning oltitasini bir engiga, yana oltitasini ikkinchi engiga solib oladi. Ularni qoʻl- oyoqli qurtlar deb ataydilar. Yoki Muso paygʻambar hassasini erga sanchsa mevali daraxt, dushmanga qarshi ilon, daryodan oʻtishda koʻprik vazifasini bajaradi. Yoki Yusufning akasi Yahudo na’ra tortsa, Misr eli hushsiz yiqiladi va hokazo.

RABG’UZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSI.

Mavzular.

manba