Ravish. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari haqida.

0
Ravish. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari haqida.

Ravish. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari haqida.

Ravish. Ravishlarning ma’no jihatdan turlari haqida.

Ravish harakat-holat belgisini bildiruvchi so‘z turkumidir. Shu xususiyatiga ko‘ra, ravish turkumiga oid so‘zlar, asosan, fe’lga bog‘lanib keladi. Ravishlar fe’l bildirgan harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi: Ag‘darilgan yerdan osmonga ko‘tarilgan chang har tomonga yelib, asta-sekin bulutlar orasiga singib ketdi. 

Ravishlar belgi bildiruvchi so‘z bo‘lgani uchun, ularning ba’zilari sifat yoki otga bog‘lanib kelishi mumkin: U hozir beqiyos vatasavvur qilib bo‘lmas baxtiyor edi. (Sh.Sa’dulla)

Ravishlarning o‘ziga xos morfologik belgilaridan biri, ularning o‘zgarmasligidir. Ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, shakli o‘zgar-maydi. Ular tarkibida uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari o‘zining grammatik ma’nosiga ega bo‘lmay, ravishning o‘zak qismiga mansub bo‘ladi: Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma’no va vazifasini yo‘qotgan. Bu so‘zlar xuddi shu ko‘rinishda ravishga aylangan.

Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’lihadi:holat ravishi, payt ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi.

Holat ravishi harakat-holatning qaytarzda yuz berishi, qanday usul bilan bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi: bexosdan, tez(da), qo‘qisdan, sekin, astoydil, bekorga, piyoda, ketma-ket, arang, darhol, zimdan, bazur,qiyg‘os, zo‘rg‘a, birdan, boshqacha kabilar. Holat ravish-lari gapda  asosan vaziyat holi vazifasida keladi: Zulfiya tabiat, turmush sinoviga mardonavor bardosh berdi. Shuningdek, holat ravishi otga boqlanib, aniqlovchi, kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Jamiyat uchun yangicha ilm kerak. Auditoriya jimjit, hamma unga qarar edi. (P.Q)

Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini (vaqtini) bildiradi: bugun, erta(ga), kecha, endigina, kecha-kunduz, avval, hozir, doim, erta-indin, oldin, so‘ng, hali, hamon, dastlab, kunduzi, qishin-yozin, kuni bilan kabilar. Payt ravishlari gapda asosan payt holi vazifasida keladi: Dadasi va ayasi unga kechasi matal aytib berishar edi. (Sh. Sa’dulla.)

O‘rin ravishi harakat-holatning bajarilish, yo‘nalish, chiqish o‘rnini bildiradi: oldinda, olisda, yaqinda, yuqoriga, pastga, olisdan, yaqindan, unda-bunda, allaqayerda, allaqayerga, quyida kabilar. O‘rin ravishlari gapda o‘rin holi, ba’zan kesim vazifasida keladi: Bunda bulbul kitob o‘qiydi (H.O). Obodonchilik sohasidagi katta ishlar oldinda. (O.)

Maqsad ravishi harakatning bajarilish maqsadini, nima uchun bajarilnshini bildiradi:

atay, ataylab, atayin, qastdan, jo‘rttaga, azza-bazza kabilar. Maqsad ravishi gapda maqsad holi vazifasida keladi: Nachora, buni jurttaga qiluvdik. (M.Ism.)

Xarakatning bajarilish maqsadi uchun, deb yordamchi so‘zlari va -gani affiksli ravishdosh yordamida aniq ifodalanadi (o‘qish uchun kelgan, yordamlashay deb keldim, o‘qigani keldi). Shu sababli o‘zbek tilida maqsad ifodalovchi ravishlar kamdir.

Miqdor-daraja ravishi harakatining yoki belgining miqdorini, narsaning noaniq miqdorini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor-daraja ravishlari: ko‘p, oz, kam, bir oz, sal, picha, qittak, xiyol kabi harakatning miqdoriy belgisini ifodalovchi hamda juda, g‘oyat, nihoyatda, har qancha, obdan, ozmuncha, aslo, sira, hech kabi harakat belgisini darajalovchi ravishlardan tashkil topadi. Ular ma’no jihatdan quyidagicha ikki guruhni tashkil qiladi:

Harakat belgisini kuchaytiruvchi ravishlar: eng, juda, nihoyat-da, g‘oyatda, yanada, tag‘in, tamomila, uncha-muncha, ozmuncha, o‘ta, lang, qoq, zir singari tasdiq bildiruvchi ravishlardan, hech, sira, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda kabi inkor bildiruvchi ravishlardan iborat.

Harakat belgisini susaytiruvchi ravishlar: arang, zo‘rg‘a, zo‘rbazo‘r, xiyol, sal, salpal, chor-nochor kabilar.

Miqdor – daraja ravishlari gapda ko‘pincha hol, ba’zan otga bog‘lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi: Ko‘p gap quloqqa yoqmas.O‘rmonjon akamning bir gapi sirasira esimdan chiqmaydi. (A.Q.) Otlashganda esa to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ravishning bu turi kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Bahorda dehqon uchun vaqt oz, biroq ish ko‘p.

Ravish darajalari. Sifatlar singari ravishlar ham turli daraja-ga egabo‘lishi yoki darajalanmasligi mumkin. Masalan, tezroq chop-moq, juda sekin yurmoq kabilarda harakatning tezlik darajasi har xil, lekin hamisha, arang, zo‘rg‘a kabilar bildirgan belgi darajalanmaydi.

Ravish bildirgan belgi darajasining ortiq-kamligi xuddi sifatlar-dagi kabi ifodalanadi. Masalan: belgining ortiq darajasi maxsus so‘zlar yordamida ifodalanadi: juda tez uchadi, nihoyatda sekin.

Belgining ozaytirma darajasi–roq, -gina affikslari yordamida ifodalanadi: sekinroq gapir, keyinroq keldi, hozirgina keldim, salgina kechikding, ozgina oldi kabi.

Ravishlarda belgining ko‘chli darajasi takroriy shakl vositasida ifodalanishi ham mumkin: a) so‘zning to‘liq takrori orqali: juda-juda, tez-tez, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a, zinhor-zinhor, hali-hali, sira-sira, endi-endi; b) qisqa takror orqali: kuppa-kunuzi, to‘ppa-to‘g‘ri, babbaravar, chippa-chin. 

 Ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Ravishlar tuzilishiga ko‘ra: sodda, qo‘shma, juft, takroriy ravishlarga bo‘linadi.

1.Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan iborat bo‘ladigan a) tub: tez, sekin, kam; b) yasama: qahramonlarcha, ojizona, yangicha, ko‘plab singari so‘zlardan iborat bo‘ladi.

2.Qo‘shma ravishlar mustaqil so‘zlarning birikishi orqali hosil bo‘ladi: har vaqt, bir zum, hech qachon, allamahal.

3.Juft ravishlar umumlashtirish, taxmin kabi ma’nolarga ega bo‘ladi va quyidagicha tuziladi: 1) sinonim  so‘zlardan: eson-omon, asta-sekin, ochiq-oydin, uzul-kesil; 2) antonim so‘zlardan: ertakech, tunu kun, yozin-qishin.

  1. Takroriy ravishlarma’noni kuchaytiradi vaquyidagicha tuziladi: 1) tub ravishlarning takroridan: tez-tez,  endi-endi,  asta-asta,  kam-kam,  keyin-keyin; 2) –ma\ -ba unsurlari yoki chiqish va jo‘nalish kelishiklarini olgan so‘zlar takrori asosida: yuzma-yuz, ketma-ket, bekordan-bekor, kamdan-kam, zo‘r-bazo‘r, naridan-beri.

Mavzular.

manba