Rejalash ishlarining mohiyati.

0
Rejalash ishlarining mohiyati.

Rejalash ishlarining mohiyati.

Rejalash ishlarining mohiyati.

Rejalash ishlarining mohiyati.Loyihadako‘rsatilgan  injenerlik  inshootini  quriladigan  joyda  shakl  va  o‘lchami  bo‘yicha o‘rnini  belgilashda  bajariladigan  geodezik  o‘lchash  ishlari  majmui  inshootni  rejalash  deyiladi.  Rejalash planiy va balandlik bo‘yicha bo‘ladi.

Planiy rejalashda inshootning o‘rni gorizontal tekislikda belgilanadi.

Balandlik bo‘yicha rejalashda esa loyihadagi nuqta va chiziqlarning vertikal tekislikdagi  o‘rinlari belginaladi.

Loyihani joyga ko‘chirishda quyidagi xujatlardan foydalaniladi:

  1. Joyning topografik plani va inshootning 1:5000 – 1:500 masshtabli general plani .
    2.Inshootning bo‘ylama va ko‘ndalang profillari.
  2. Inshoot loyihalangan joyning vertikal holatini tasvirlovchi vertikal planirovka plani.
  3. Qurilishdagi geodezik tayanch punktlar vedomosti va ularning o‘rnashish sxemasi.
  4. 1:500 – 1:1000 masshtabdagi ish chizmalari.

Bulardan  tashqari,  ishga  chiqish  oldidan  har  qaysi  ish  mohiyati  va  ishlash  usulini  aks ettiruvchi rejalash chizmasi ham bo‘lishi kerak.  Inshootlarni rejalash ishlari berilgan burchaklar, chiziq uzunliklari, nuqtalar balandliklari, chiziq va tekisliklar nishabliklarini joyga ko‘chirish ishlarini o‘z ichiga oladi. Inshoot loyihasini  joyga ko‘chirish uchun kerakli qiymatlar loyihalashda tuziladigan rejalash chizmalarida ko‘rsatiladi.

Texnik jihatdan loyihani joyga ko‘chirish gorizontal va vertikal s’yomkalar uchun bajarilgan  amallarni teskari tartibda olib borishdan iborat bo‘ladi. Agar s’yomkada va plan tuzishda yer turlari  va ularning chegaralari va boshqa tafsilot elementlari planga tushirilsa, loyihani joyga ko‘chirishda  esa bu chegara va tafsilot elementlari plandan joyga ko‘chiriladi. Buning uchun kerakli bo‘lgan  chiziq uzunliklari va boshqa qiymatlar plandan olinadi.

Tafsilotni s’yomka qilish usullari  aylanish  usuli, chiziqda o‘lchash, to‘g‘ri burchakli va qutb koordinatalar, burchakli va chiziqli kestirmalar  usullari   loyihani   joyga   ko‘chirishda   ham   qo‘llaniladi.   Nuqtalar   balandliklari   va   chiziqlar  nishabliklarini joyga ko‘chirish nisbiy balandliklarni joyda yasashdan iborat bo‘ladi.

Loyihani joyga ko‘chirishda inshootni qidiruv va loyihalash uchun barpo etilgan geodezik  tayanch tarmokla-ri punktlaridan foydalaniladi, zarur bo‘lsa, ular aniqligi inshootni qurish uchun  etarli zichlikkacha rivojlantiriladi.

Loyihaviy gorizontal burchakni  va chiziq uzunligini joyga kuchirish 

YOpiq, notekis katta maydonli erlarda inshootlar o‘qi siniq chiziqlardan iborat bo‘lganda loyio‘a geodezik asos yoki mavjud punktlarga nisbatan burchak va chiziq uzunliklarini yasash  orqali joyga ko‘chiriladi.

Loyihaviy nuqtaning joyidagi o‘rni      ko‘pincha qutb koordinatalari usulida A nuqtada   loyihaviy β burchakni va loyihaviy Aa = S masofasini yasashdan iborat

O‘ng β burchakni yasash uchun teodolit boshlang‘ich A nuqtaga o‘rnatiladi, alidada va limb  nolinchi shtrixlari tutashtiriladi va limbni (alidada bilan) burash orqali ko‘rish trubasi boshlang‘ich  yo‘nalish bo‘yicha V nuqtaga qaratiladi. Keyin alidada bo‘shatilib, uning shtrixi burchak kattaligini  belgilovchi limb shtrixi bilan tutashguncha buraladi. Bunda ko‘rish trubasi № nuqtaga yo‘nalgan  bo‘ladi. Rejalash ishlarining mohiyati.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba