Robert Ouen

Robert Ouen (1771-1858) jahon pedagogika jarayonida birinchi bo‘lib maktabgacha tarbiya muassasalarini (yasli, bolalar bog‘chasi) va ishchilarning bolalari uchun keng umumiy ta’lim dasturida bilim beradigan boshlang‘ich maktabni barpo etdi. U fabrikada ishlab turgan 10 yoshdan oshgan bolalar va o‘smirlar uchun kechki maktab ochib, o‘qitishni sanoatdagi unumli mehnat bilan bog‘lab olib bordi, katta yoshdagi ishchilar uchun kechki klub ochib, bu klubda madaniy-oqartuv ishlari olib bordi.
1813 yilda Ouen o‘zining «Jamiyatga yangicha qarash yoki Insonda xarakter tarkib toptirish to‘g‘risidagi tajriba» degan asarini nashr ettirdi. Bu asarda Ouen shaxsning xarakteri uning irodasidan mustaqil bo‘lgan atrofdagi muhit sharoiti bilan tarkib topadi, deb ta’kidladi. Odamlarning illatlari va kamchiliklari, xatti-harakatlari ular yashab turgan vaziyatga bog‘liqdir. Odam, – deydi Ouen, – o‘z xarakterini hech qachon o‘zi yaratgan emas va uni yaratish mumkin ham emas. Uning fikricha, agar biz muhit sharoitini va tarbiyani o‘zgartirsak, har qanday xarakterni tarkib toptirishimiz mumkin. SHunday qilib, Ouenni fikricha, xalqni tarbiyalash va unga ma’rifat berish yo‘li bilan jamiyatpi yangicha tashkil etishga muvaffaq bo‘linadi.
Robert Ouen bolalarga bir yoshidan boshlab ijtimoiy tarbiya berish g‘oyasini birinchi bo‘lib asoslab berdi va amalga oshirdi hamda jahonda birinchi bo‘lib kambag‘allarning bolalari uchun maktabgacha tarbiya muassasasi barpo etdi. Uning ta’lim-tarbiya muassasalarida aqliy va jismoniy tarbiya berilar, bolalar jamoa ruhida tarbiyalanar edi. Ko‘pgina ilg‘or arboblar, jumladan, rus revolyusiondemokratlari A.I.Gersen va N.A.Dobrolyubovlar bu muassasalarga ijobiy baho berdilar.
Katta yoshdagi ishchilar uchun Ouen tomonidan ochilgan madaniy oqartuv muassasalari ham zo‘r ahamiyatga ega bo‘ldi.