Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari.

0
Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari.

Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari.

Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari.

Roqim (1742—1814) o’z davrining ma’rifatparvar shoiri bo’lib, o’ziga zamondosh Andalib, Ravnaq, Ziyrak, Nishotiy, Munis kabi zabardast shoirlar qatorida turib, adolat va haqiqat tantanasi uchun kurashdi. U buyuk Alisher Navoiy va Fuzuliylarning insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, falsafiy-didaktik qarashlarini rivojlantirdi.

Roqimningyozgan she’rlaridan ma’lum bo’lishicha, u maktabda muallimlik qilib talabalarga dars ham bergan. Shoir maktabning ilmu ma’rifat tarqatishdagi ahamiyatini ta’kidlab, bu yo’lda ustoz o’z shogirdlarining baxtli kelajagini o’ylashi kerakligini va ularga ilmni egallashda mehr-muhabbatli bo’lishini uqtiradi:

Qarilig’ birla bor edi menda,  Shug’li maktab mounati sahro.  Borib maktabg’a kasb aylab kamolat,  Chiqorib har biri xatu savodin. 

Bo’lub manzil alarga ma’dani ilm,  Qilib daryo ibtidosin azkiyodin.

Murabbiy shoir ustoz va shogirdlarning o’zaro munosabatiga to’xtalarkan, kimki ustoziga ixlos qo’yib, uni hurmat-izzat qilsa, albatta u o’z maqsadiga erishadi, agar ustozini tahqir etsa, u xoru zor bo’ladi, degan xulosaga keladi:

Kimki ustodig’a ixlos ila izzat qilsa,

Haq aning manzilini jannati rizvon aylar.  Jahldin ilm ila ustodini tahqir etkan,  Do’zax o’tida tanu jonini biryon aylar. 

Murabbiy shoir ustozning qadr-qimmatini yuksak baholarkan, yoshlarni o’z ustozlaridan ilm-madad olishga undaydi:

Pok etib qalblarini beribon,

Homiyi hollarin Ahmadi muxtor ayla.

Qal’ai ilmni fath etmak uchun zihinlarin, Zulfqori dudami haydari qarror ayla. Har zamon etkurubon fayzi futuhi olamidin, Ilm oshkolidin onlarni xabardor ayla. Ilmi mantiqdan alar ko’nglin etib molo mol,  Bodai fikh oila zarafini sarshor ayla.  Shafqatu marhamatu lutfin etib arzona,  Donishu fahmu farosatga sazovor ayla.

Roqim yoshlarni har bir mushkul ishni hal eta oladigan qobiliyatga ega bo’lish uchun ilm-hikmat yo’lidan borishga va ustozu donishmandlar suhbatidan bahramand bo’lishga da’vat etadi:

Ato qilsa sizlarga ilmu amal,

Ko’tarmang o’qimoqdin albatta bosh,        

Qilib g’ayratu mangu nomusu or,

Eting ilm tahsilini ixtiyor…                                   

Qilib sayr, kezmak havas aylamang, 

Zamoni o’qumoqni bas aylamang, 

O’zingizga rohatni aylab xarom, 

Bo’lunglar riyozat bila subhu shom.

Murabbiy shoir yoshlarga talabalik davrida faqat shirin oshu ovqat eyishni xayollariga keltirmasdan, balki boriga qanoat qilib, muttasil dars (saboq) ini tayyorlash zarurliginn uqtiradi:

Ko’rub mevaning xom ila pishmishin, Havas aylamang pistau kishmishin. Demang eyirga halvotar yaxshiroq, Qanoat qiling, tobsangiz noni qoq.

Bilib darsingiz aylab azbar o’qung, O’qunglar, o’qunglar, o’qunglar, o’qung. Havou havaslarni aylab raho, Saboqlarni takror eting barho.

…Tama’ni tark qilmay izzat istar xalqdin har kim, Bo’lur bu fe’ldin albatta xor ohista-ohista.

Ko’rinib turibdiki, Roqim“O’qish, o’qish va yana o’qish!” degan g’oyani bundan qariyb ikki asr oldin ilgari surgan edi.

Roqim axloqiy qarashlarida kamtarlikka insonning eng qimmatli fazilati sifatida yuksak baho beradi va uni keng targ’ib qiladi. Kamtarlikni o’z davri feodal muhitida avj olgan jaholat, mag’rurlik, takabburlikka qarama-qarshi qo’yadi va kishilarni samimiy, sofdil, ahil bo’lishga undaydi: Budur emdi senga mening pandim,  Gar qabul etsang, ey jigarbandim. 

Umru davlatga bo’lmayin mag’rur,  Qil takabburni xotiringdin dur. 

Ko’rsang har kimni ehtirom ayla, 

Yaxshi so’z birla shod kom ayla.

Roqimning fikricha, ta’limning eng muhim vositasi — olgan bilimlarni qayta takrorlashdir:

 

Masaldur, saboq bir agar bo’lsa harf,  O’qumoq kerak oni har kunda alf.  Keling barho sa’y birla jadal,  G’animat mahaldur, g’animat mahal, 

Xayol aylamanglar, o’qung muttasil.

U yoshlar uchun kitob mutolaasining ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatiga ham yuksak baho beradi:

Kitobat dil ochar hamsuhbat emish, 

Ulug’lar bu so’zni va yaxshi demish.

Uning    ma’rifiy-didaktik     qarashlari      aqliy   va        axloqiy          g’oyalar         bilan chambarchas bog’liqdir. U yoshlarning aql-idrokini rivojlantirish masalasiga to’xtalib, aqlli va dono kishi hecham mag’rurlik va xudbinlikni o’ziga ep ko’rmaydi, deydi:

Agar bor ersa aqling sarf qil umringni joyig’a, Quloq solma riyo ahli fig’oni birla voyig’a.

 

Roqim, gar odam ersang, xo’b bulmag’il hayvoyi,

Qilma o’zungni zinhor zud ahlidek riyoyi.

U kishilar o’rtasidagi xudbinliq yolg’onchiliq, manmanlik takabburlik va kibruhavoni qoralaydi:

Men           otang          bermas          nasihatlar          senga           berdim           valek,

Kar qilib ikki quloqingni amal qilmay anga, O’zni yuz turluk balolarga giriftor aylading, Ayrilib mansabdin, eldin, tortibon behad izo.

U o’z zamonasidagi yuqori tabaqa vakillarining yaramas xulq-atvorini, ularning qon-qoniga singib ketgan ochko’zlik, yulg’ichlik,ta’magirlik, bahillik illatlarini qattiq tanqid qiladi:

Emay-ichmay bukun ko’p jam’ qilding simu zar naqdin,

Bo’lur go’ringda tongla mo’ru mor ohista-ohista. Yoki:

Odam ersang bil o’zingdin ilgari har kimsani,

Bo’l muloyim ko’b g’urur etma qilib bizga sitam.

U kishilarni el-yurtga sadoqatli xizmat qilishga, xalqning tinch va yaxshi hayoti uchun kurashishga, ularni ilm nuridan bahramandchaqiradi:  Tobmasun qadrlari ahli jahon ichra kasod,

Kunda xizmatlarig’a elni xaridor ayla. Ko’tarib jahl g’uborini olar ko’nglidin, Ilm nuridin oni oyina kirdor ayla.

Murabbiy shoir kishilarni insofga chaqirib, agar xalqqa xizmat etib, minnat yoki biror narsa ta’ma qiladigan bo’lsang, olijanob fazilatlarga ega emassan deydi:

 

Roqimo, xizmat etu qilma ta’ma bir hora pul,  Qon’ o’lsang senga haq ne’mati arzon aylar. 

U insonlar o’rtasidagi vafo va sadoqat, ahillik va do’stlikni orzu qilib shunday deb yozadi:

Maqsadni ravoq ayvonlarga naqsh bezaklar berish, 

Falakka bosh cho’zgan oliy binolar qurish, 

Dilrabo bog’u bo’stonlarga gullaru rayhonlar ekish,  Ham mevali daraxtlar ekib, ularni parvarish qilish, 

Bo’lsa ishlarni barchasin paydo bo’lishini bilish.

U johil, munofih va riyokor odamlarga xos bo’lgan xatti-harakat va fe’l-atvorni qattiq qoralarkan, bunday odamlar bilan do’stlashish kishini yuz ming balolarga giriftor qiladi, deb uqtiradi:

Oqil ersang dahr zoli birla bo’lma oshno,  Oshno bo’lsang qilur yuz ming baloga mubtalo.

Shuningdek, Roqimshe’rlarida mehnatsevarlikni ham tashviq etadi:

Kelki sensiz yuz tuman mehnat menga bo’lmish nasib,  Muncha mehnat jonima ko’rub ravo kelmasmusen.

Xulosa qilib aytganda, ma’rifatparvar shoir Roqim axloqiy va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlari bilan ilg’or ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi.

Mavzular.

manba