Salavkiylar davlatining tashkil topishi.

0

Salavkiylar davlatining tashkil topishi

Salavkiylar davlatining tashkil topishi.

Salavkiylar davlatining tashkil topishi.

Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi. Uning vafot etishi bilanoq davlatdagi

markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi natijasida Aleksandr tuzgan davlat parchalanib  uning  o‘rniga  nisbatan  barqarorroq  bo‘lgan  davlat  uyushmalari  paydo  bo‘ladi.  Ta’kidlash  lozimki,  Aleksandr  davlatining  parchalanishi  va  uning  xarobalarida  yangi  davlatlar  tizimining  paydo  bo‘lishi  tinchlik  yo‘li  bilan  emas  balki,  Aleksandrning  Makedonskiyning  Yaqin  sarkardalari  –  diadoxlar  o‘rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan  jangu-jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.

Bu paytda Yunonlar va makedonlar O‘rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamlarini tashkil etar  edilar. Aleksandr vafotiga qadar Barqtriya va So‘g‘diyona satrapi asli makedonlardan bo‘lgan Filipp edi.  Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan bo‘lgan Yunon Stasanor qo‘l ostiga o‘tadi. Bu paytda ikki  diadox  –  Evmen  va  Antigon  Aleksandr  davlatining  asosiy  erlarini  qo‘lga  kiritish  uchun  o‘zaro  kurashayotgan  edilar.  Filippning  katta  qo‘shinlari  bilan  yordam  bergani  tufayli  Antigon  Aleksandr  davlatining katta qismiga hukmronlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, uning bu hukmronligi uzoqqa  cho‘zilmadi.

Aleksandr Makedonskiy mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil.avv. 306 yilda nisbatan  kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglazыy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax,  Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida  o‘z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar. SHu tariqa tarix sahnasida G‘arb va Sharq an’analarini  uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati  edi.

O‘zining eng gullab – yashnagan davrida bu davlat ilgari Aleksandr saltanatiga kirgan katta hududlarni  egallab, g‘arbda Egey dengizidan Sharqda Hind subkontinentigacha cho‘zilgan hamda Kichik Osiyoning  janubiy qismini, Suriya, Shimoliy Mesopotamiya, Bobil, Eron, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va  Afg‘onistonning  katta  qismini  o‘z  ichiga  olgan  edi.  Bu  ulkan  davlatning  asoschisi  –  dastavval  Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka edi.

Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni muzokaralar yo‘li bilan  egalladi,  ammo  Baqtriya,  Parfiya,  Sug‘d  erlarida  u  qattiq  qarshilikka  uchradi  va  og‘ir  janglar  olib  borishiga to‘g‘ri keldi». Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi. Ya’ni u shunday xabar  beradi: «Salavka I baqtriyaliklar, Sug‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib  borgach, ular erlariga hukmronlik qila boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyo erlarining  Salavka tomonidan bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi.

Ammo, Hindistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi yurishlar Salavkiylar foydasiga  hal bo‘lmadi. Mil.avv.IV asrning oxirlarida bu yerdagi Chandragupta asos solgan kuchli Maurya davlati  Salavkaga qattiq qarshilik ko‘rsatiganligi sababli Salavka sulh tuzishga mavjudd bo‘ldi.

Uning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada  salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu erda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy  o‘troq  va  ko‘chmanchi  aholining  ko‘p  sonli  qo‘zg‘olonlari  bu  kurashlardan  dalolat  berdi.  Ular  salavkiylarning tayanch nuqtalari bo‘lgan Marg‘iyonadagi Aleksandriya (Mari atroflari) va Aleksandr  Esxata (Chekkadagi Aleksandriya, Xo‘jand atroflari)ni vayron etadilar. Tadqiqotchilarning fikricha, bu  kurashlar natijasida yirik etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas, salavkiylar hokimiyatni

egallagan  paytdayoq  ularning  O‘rta  Osiyodagi  ahvoli  tahlikali  edi.  Aynan  shu  sababli  O‘rta  Osiyo  viloyatlari erlaridan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi  Sharqiy noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi.

Mil.avv.293 yilda Salavka I o‘g‘li Antiox I ni Sharqiy satrapliklarga, Ya’ni, O‘rta Osiyo viloyatlariga  o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, yirik va qalin devor (Marg‘iyona  devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlarni bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof  o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha  harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salakiylarga qarshi harakatlar bostirildi.

O‘rta  Osiyo  viloyatlari  salavkiylar  davlati  siyosiy  tarixida  etakchi  o‘rinlardan  birinchi  egallaydi.  O‘zining  uzoq  yillik  hukmronligi  davrida  (mil.avv.293-261  yy.)  Antiox  I  G‘arbga  qilgan  ko‘pgina  yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining Sharqiga, jumladan O‘rta Osiyo erlariga kam e’tibor  qaratdi. Bu paytda O‘rta Osiyo viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ancha tinch hayot boshlanib  qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan  chetda bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyo viloyatlari ular davlatining eng muhim qismi edi. O‘rta Osiyo  harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari  bo‘yida Shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiqni  rivojlantirganlari bejiz emas edi.

Salavka I va Antiox I (mil.avv. 281-261 yillar mustaqil) hukmronligi davrida Salavkiylar davlati  siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. Salavkiylar uchta mintaqada – Janubiy Suriya, Kichik Osiyo  va Sharqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun  Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta er dengizining Sharqidagi davlat sulolasi) bilan tinimsiz  urushlar  bo‘lib  turgan.  Chunki  bu  hududlarda  muhim  savdo  yo‘llari  tugab,  gullab-yashnagan  port- Shaharlar mavjud edi. Kichik Osiyoning Yunon Shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.

Sharqiy  viloyatlarda  xususan,  O‘rta  Osiyodagi  ahvol  birmuncha  murakkabroq  vaziyatda  edi.  Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, bu viloyatlar bilan  aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi. Ikkinchidan, Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan  ko‘chmanchilarning   doimiy   xavfi   mavjud   edi.   Mil.avv.   III   asrdan   boshlab   ko‘chmanchilarning  ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi.

Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib  ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida  kabilalar, Yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib  borishga harakat qilganlar.

Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki strateg mansabidagi shaxs  boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga  olganlar. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng Yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu  yordamchi soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.

Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari Yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Gieraks,  Antiox  va  boshqalar)  tilga  olinadi.  Demak,  salavkiylar  hukmdorlari  asosan  Yunonlardan  va  ayrim  hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda  Yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan Yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham  hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan  harbiy kuchlarga tayangan edi.

Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili Shaharlar ko‘p  edi.  Maroqand,  Baqtra,  Niso  kabi  ko‘plab  qadimgi  Shahar  xarobalarida  olib  borilgan  arxeologik  tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari  rivojlanganligidan dalolat beradi.

Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni  harbiy yo‘l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy,  huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat davlat boshqaruvida katta  ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat  ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat  ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi.  Salavkiylar davlatining tashkil topishi.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba