Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi omillar indeksini baholash

0
Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi omillar indeksini baholash

Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi omillar indeksini baholash

Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi omillar indeksini baholash.

Omillar 2015 2017 Io‘rtach a
1 Iqtisodiy
1.1 O‘zmablag‘ining etishmasligi 68,06 68,10 68,08
1.2 Davlat        tomonidan          moliyaviy          yordamning etishmasligi 40,41 38,91 39,66
1.3 YAngi mahsulotlarga to‘lov iste’molining kamligi 21,78 31,17 26,47
1.4 YAngi texnika kiritish yuqori qiymatligi 57,06 62,88 59,97
1.5 YUqori iqtisodiy  xavf-xatar 52,25 57,47 54,86
1.6 YAngilikning uzoq muddatga qoplanishi 31,83 29,54 30,68
2 Ishlab chiqarish (texnologik)
2.1 Tashkilotning past innovatsion faoliyati 47,30 43,24 45,27
2.2 Malakali kadrlarning etishmasligi 51,37 55,85 53,61
2.3 YAngi texnika  texnologiyalar bo‘yicha axborotning kamligi 62,09 72,61 67,35
2.4 Sotish bozori xakidagi informatsiyaning kamligi 62,40 73,15 67,77
2.5 Korxonaning yangilikni qabul qilish qiyinligi 51,41 56,03 53,72
2.6 Ilmiy tashkilot va boshqa korxonalar bilan aloqaning kamligi 59,58 52,07 55,82
3 Boshqalar:
3.1 Iste’molchining innovatsion mahsulotga talabining kamligi 53,40 55,13 54,26
3.2 Innovatsion faoliyatni qo‘llab quvvatlovchi normativ hujjatlar va qonunlarning etishmasligi 56,54 57,65 57,09
3.3 Innovatsion jarayon muddatining noaniqligi 48,16 38,55 43,35
3.4 Innovatsion infrastrukturaning rivoj-lanmaganligi 48,58 40,36 44,47
3.5 Texnologiyalar bozorining rivojlanmaganligi 56,54 53,15 54,84

 

Xuddi shunday o‘rtacha guruh omillar indekslari hisobi  2.4-jadval keltirilgan.

  • jadval 2015-2017 yillarda innovatsion faoliyatga to‘sqinlik qiluvchi guruhlar omili
Omillar guruxi
Iqtisodiy 45,23 48,01 46,62  
Ishlab chiqarish (texnik texnologik) 55,69 58,82 57,25  
boshqalar 52,64 48,96 50,8  
Jami indekslar 51,18 51,93 51,55  
barcha javoblar, birlik 191 111  

 

 

  • qarshilik indeksining minimal qiymati (Io‘rt=53,72%). Bu ishlab chiqarish (texnologik) guruhidagi «korxonaning yangilashlarini qabul qilish qiyinligi hisoblanar ekan. Demak, bundan shuni aytish mumkinki, korxonalarning qariyib 46 % innovatsion yangilikka tayyor ekan deb hisoblash mumkin.
  • qarshilik indeksining 1,2 va 3,2 omillari shuni ko‘rsatyaptiki 2015-2017 yillar davomida ko‘zga ko‘rinarli darajada  davlat tomonidan  moliyaviy yordam berilmaganligi, berilgani xam etarli darajada emas. Xuddi shuningdek, innovatsiyaning huquqiy boshqaruv faoliyati xam qonunlar bilan xam ta’minlanmaganligi etarli darajada emas;

 

  • xo‘jalik sub’ektlarining yangi texnika va texnologiyalar va bozorlar (2,3 va 2,4 omillar) to‘g‘risida  kam informatsiyaga egaligi, korxonalarda zamonaviy telekommunikatsiyalarning talab darajasida emasligi, tadbirkorlik xatarining yuqoriligi (1,5 omillar) tovlamachilikning yuqoriligini  ko‘rsatadi;

-korxonalarning innovatsion salohiyatining pastligi (Io‘rt=45,27% 2,1 omil) va malakali xodimlarning etishmasligi (Io‘rt=53,61% 2,2 omil).

  • qarshilik indeksining 1,3; 1,4; 1,6 omillari bo‘yicha xo‘jalik sub’ektlarining tassavvurida hali xam innovatsion faoliyat katta tavakkalchilik qimmatli zarar keltiruvchi bo‘lib ko‘rinyapti;

Agar biz ekspert so‘rov o‘tkazilganligi bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, unda quyidagilarni belgilash mumkin:

-korxonalar innovatsion faoliyati to‘g‘risida ekspert so‘rov davlat statistika boshqarmasi tizimi tomonidan muntazam ravishda olib borish kerak;

-so‘rov anketasidagi savollarning ko‘pligi, uning ishonchliligi va samarasini pasaytiradi;

-mutaxassislarning so‘rov anketasi savollariga javob berishda  so‘rov madaniyatining pastligi, e’tiborsizlik bilan qarash va bu sohadagi bilimning etishmasligi seziladi;

-so‘rovda omillar sonini keskin kamaytirib, bir vaqtning o‘zida xam qarshi omillar xam korxonada  olib borilgan  (yoki olib borilayotgan) innovatsiya bo‘yicha omillarini xam keltirish va so‘rovga asosan mutaxassislarni jalb etish lozim bo‘ladi.

Samarqand viloyat umumiy ovqatlanish korxonalari  innovatsion  faoliyati holatini izlanishida biz korxona innovatsiya faoliyatiga qarshilik ko‘rsatuvchi omillar bo‘yicha umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘yicha so‘rov o‘tkazilib, qarshilik indeksini  hisobladik. Jumladan, «Obi Rahmat» MCHJ «YUlduz» restorani  bo‘yicha xam o‘tkazildi. Lekin, o‘tkazilgan so‘rov natijalarini va o‘tkazish jarayonida tahlildan namoyon bo‘lgan kamchiliklarni e’tiborga olgan holda, biz  2017 yilda «Obi Rahmat» MCHJ «YUlduz» restorani bo‘yicha qayta  so‘rov o‘tkazdik. So‘rov o‘tkazish uchun maxsus 10 kishidan iborat so‘rov komissiyasi tashkil etildi. So‘rov anketasiga bir vaqtda innovatsion qarshilik omillari bilan innovatsiyani rivojlantiruvchi omillar xam keltirildi. Innovatsion qarshilik omillari 17 dan 6 tagacha kamaytirildi  va yana 6 ta rivojlantiruvchi omillar berildi. Bunda, iqtisodiy ta’sir etuvchi omillarga:

  • o‘z mablag‘ining etishmasligi, yuqori iqtisodiy xavf-xatar;
  • sotuv bozorlari haqidagi axboroning etishmasligi;
  • texnik texnologik omillarga: yangi texnika texnologiyalar haqidagi axborotning etishmasligi, yangi tovarga talabning va malakali kadrlarning etishmasligi inobatga olindi.

Xuddi shuningdek, olingan natijalar bo‘yicha innovatsion rivojlanishning ko‘rsatkichlarining sifat tahlili o‘tkazildi va iqtisodiy rivojlantiruvchi omillarga:

  • O‘zbekistonda yangi sotish bozorlarini yaratish;
  • standart buyicha ta’minlanganlik holati;
  • texnik texnologik omillar: mehnat sharoitini yaxshilash, mahsulot sifatini yaxshilash, mahsulot assortimentini kengaytirish;
  • intellektual madaniy omillardan: malakali kadrlarni ko‘paytirish kiritildi.

Bunda ikki guruh innovatsiyaga qarshilik ko‘rsatuvchi va korxona innovatsion faoliyatini rivojlanish omillarini baholash bajarildi. Baholashda biz integrallashgan 4 – ballik reyting baholash usulini: 3-ko‘rsatkichning eng yuqori darajasi; 2-o‘rtacha; 1-ahamiyatsiz; 0-ta’sir  darajasining yo‘qligini qo‘lladik.

Bunday usulni qo‘llash  ko‘rsatkichlar nisbiy tahlilida aniq ko‘rsatkichlarni olishga yordam beradi.

Muallif:J.M.QURBONOV    R.J. KURBANOVA

Mavzular.

manba