Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiya innovatsion xolatini baholash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida ham, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, mazkur Farmon asosida qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da – “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik turlarini tubdan o‘zgartirish” lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning mamlakat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi jamiyat farovonligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Resurslar sarfini tejovchi samarali innovatsion iqtisodiyotni barpo etish jarayonida xizmatlar sohasi alohida o‘rin tutadi. CHunki u tovar ishlab chiqarish bilan taqqoslaganda, materil sarfini kamligiga, xarajatlarni tez qoplanishi va yuqori daromadlilikga egadir.YAlpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar sohasi muhim va salmoqli o‘rin tutadi. Respublikada xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YAIMdagi ulushi 2000 yildagi 42,5 foizdan 2017 yilda 47,3 foizgacha oshdi. 2017
yilda YAIMda alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar ulushi boshqa turdagi xizmatlar – 26%; tashish va saqlash,axborotlashtirish va aloqa-11,2 %; savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari – 10,1 % egallaydi. umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiya innovatsion xolati
Modernizatsiya yo‘li bilan ishlab chiqarish kompleks va yuqori samaradorlik bilan yangilanadi. Bunda nafaqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, balkim ishlab chiqarish texnika texnologiyasini, mehnat va boshqaruvini tashkillashtirishni, umuman barcha iqtisodiy munosabatlarni o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
YUqorida keltirganimizdek, modernizatsiya ob’ekti sifatida umumiy ovqatlanish korxonasining texnik va texnologik darajasini oshirish iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy va boshqaruv aspektlarini o‘z ichiga olish vazifasi qo‘yiladi.
CHunki, korxona asosiy fondlarining yangilanishi uning kelgusi ishlarida turli xildagi texnika nosozligini, texnologiyani, jihozlar va mashinalarning eskirishini oldini olib, zamonaviyligini ta’minlaydi. SHu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash ham alohida o‘rin egallaydi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya, material va kapital sig‘imdorligini yuqoriligi, zamonaviy texnologiyani o‘zida mujassamlantirmaganligi mahsulotlarning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy islohotlarning birgina bozor institutlari samarali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlab bera olmasligi ma’lum bo‘ldi va iqtisodiy aylanmaga “modernizatsiya”, “tarkibiy o‘zgarishlar”, ”milliy raqobatbardoshlik” tushunchalari kiritildi. Bunda modernizatsiya ko‘pgina mamlakatlarda milliy dastur sifatida qabul qilina boshladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda modernizatsiyalash kategoriyasiga turlicha iqtisodiy qarashlar berilgan.
V.Gelman iqtisodiyotni modernizatsiyalash deganda, dastlab, iqtisodiy o‘sish, turmush darajasini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar majmuasi tushuniladi.
SHunday kelib chiqgan xolda, umumiy ovqatlanish korxonalarini faqatgina qabul qilinayotgan chora tadbirlar majmuasining o‘zi bilangina modernizatsiyalash ro‘y bermaydi, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri qaysi sohasiga kiritishni amalga oshirish lozimdir.
E.YAsin fikriga ko‘ra, iqtsodiy modernizatsiya “..barqaror rivojanish va rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallashni ta’minlsh uchun davlat va undagi etakchi tarmoqlarning jahondagi raqobatbardoshligiga erishishdir. Ushbu ta’rif modernizatsiyaning mohiyatini to‘laroq ochib beradi. Modernizatsiyalash orqali barqaror rivojlanishga erishiladi va real tarmoqlarda, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqoriroq bo‘ladi.
Servis korxonalarini modernizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy va amaliy tadqiqot ob’ekti sifatida faoliyati asosan xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan Samarkand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalari olindi. Ilmiy tadqiqotlarda ta’kidlaganidek, umumiy ovqatlanish korxonalarida asosan uch funksiya bajariladi: tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, uni tarqatish (taqsimlash, muomalaga chiqarish) va iste’molini tashkil etish. Ushbu funksiyalarning oxirgi ikkitasi: tarqatish va iste’molini tashkil etish xizmat faoliyatiga kiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari, shu bilan birgalikda insonlarning turli xildagi va ratsional ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish vazifasini ham bajaradiki, bunday xizmatlarni bajarishda korxonalarning texnikaviy ta’minlanganligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Servis amaliyotida ikki tomonning o‘zaro munosabatda bo‘lishi talab etiladi. Bir tomondan turli xildagi malakali mehnat, biznes va boshqaruvning talabini bajarib, xizmat ko‘rsatish, xizmat mahsulotini ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan tuzilmasi turadi. Ikkinchi tomondan, o‘zlarining extiyojlarini va muhtojliklarini qondirishdan kelib chiqgan iste’molchilar talabi turadi. Bunda, xizmat ko‘rsatuvchilar yoki xizmat mahsuloti ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning iqtisodiy bo‘lmagan, o‘zlarining qiziqishlari, hissiyotlari va qadriyatlari, hohishlaridan kelib chiqib aniq talablari bilan yuzma-yuz turadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining samaradorligini oshirish undagi ishlab chiqarishni yangi innovatsion yutuqlar asosida jadallashtirish va iqtisodiyot tarkibini takomillashishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday vazifalarni bajarishda uning moddiy-texnikaviy bazasini rivojlantirish va mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish o‘ta muhim hisoblanadi. Korxona iqtisodiyoti-ning rivojlanishi uning modernizatsiyalash holatiga bog‘liqligini yuqorida ko‘rib chiqdik. Rossiya ilmiy izlanish instituti tomonidan korxonalarni modernizatsiyalash uchun uning innovatsion faoliyatiga qarshilik ko‘rsatuvchi va ularning rivojlanishiga yordam beruvchi omillar aniqlangan.






