Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik-iqtisodiy darajasini aniqlash usuli va uning tahlili.
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni modernizatsiyalash uchun texnik- iqtisodiy darajasini aniqlash usulikasi mavjud emas. SHuning uchun biz quyida boshqa sohalarda mavjud usullar tahlilini olib borib, so‘ng ularning takomillashtirilgan usulini ishlab chiqdik.
V.I.Terexin ta’kidlashicha, ushbu masala quvvati yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida modellashgan turli usullarda hisoblanadi. Bunda mahsulotning texnikaviy darajasi ko‘p parametrli funksiya sifatida qaralib hisoblanadi. YA’ni j – mahsulotning texnikaviy darajasi Xi (i=1,n) ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
Kòèä j (xij ; xiá ;ai ) (2.11)
bunda: x’ i b – i- ko‘rsatkichi bazali qiymati; ai – i- ko‘rsatkich qiymati (salmoqlilik).
Agar texnik – iqtisodiy darajani baholansa unda qo‘shimcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar xam inobatga olinishi kerak buladi. Unda texnikaviy-iqtisodiy daraja koeffitsientini quyidagicha ifodalash mumkin:
Kòèä i (xij;xiá ;Çlj;Çlá ), (2.12)
Bunda:
Zij – l sohadagi xarajatlar. (l=1,L)
Ushbu matematik modeldan texnikaviy daraja va texnik – iqtisodiy daraja bir – biriga qarshi bo‘lmay, balkim bir – birini to‘ldirishini ko‘rish mumkin.
Ushbu modellarni ikkalasi xam korxonaning mordernizatsiya innovatsion yangiligini hisoblashda qo‘llanilishi kerak deb hisoblaymiz. Agar texnikaviy daraja korxona jihozlarining kanchalik takomillashganligini ko‘rsatsa, texnik – iqtisodiy daraja korxona rentabelligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishini ifodalaydi.
Korxona texnikaviy va texnik–iqtisodiy darajani hisoblashda xam turli xildagi fikrlar mavjud.Texnik – iqtisodiy darajani hisoblashda, nisbatan keng tarqalgan quyidagi fikrlar e’tiborga loyiq deb hisoblaymiz:
– texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda ekspertlar yordamida yoki boshqa yo‘l bilan ularning salmoqlilik koeffitsientini aniqlash zarur
-hisoblashda asosiy parametrlarni tanlash, masalan, natural ko‘rsatkichlar (solishtirma material sig‘imi, solishtirma energiya sig‘imi) va qiymatli solishtirma bahosi, solishtirma joriy sarf xarajat). Texnikaviy–iqtisodiy daraja ko‘rsatkichlarning umumiy ko‘rsatkichi sifatida ish unumdorligiga hisoblangan keltirilgan sarf-xarajatni olish taklifi 67;
-GOST 15467-70 bo‘yicha texnikaviy–iqtisodiy daraja ko‘rsatkichlari integral va kompleks sifat ko‘rsatkichlari bilan mos tushadi;
-yangi mashina samaradorligini soha o‘rtacha darajasidan yillar o‘tishi bilan orqada qolishi texnikaviy –iqtisodiy daraja deb tushuniladi;
-texnik –iqtisodiy darajani aniqlashda mahsulotning iste’mol qiymati va mehnat sarfining mosligini aniqlash;
– texnikaviy darajani aniqlashda jahon bo‘yicha eng ilg‘or ishlab chiqarish jihozlariga taqqoslash.
Xuddi shuningdek texnikaviy darajani hisoblashda elektron texnika va asbobsozlik sanoati korxonalarida hisoblash usuliga takliflar kiritilgan.
SHuning uchun yuqorida keltirilgan asosan sanoat hisoblash usullaridan foydalanib xizmat ko‘rsatish, servis korxonalarining texnik – iqtisodiy darajasini hisoblash uchun quyidagi usulni taklif etamiz:
- Korxona moddiy texnika bazasi (asosiy fondini)ning texnik – iqtisodiy darajasini aniqlash vaqtidagi holatini aniqlash;
- Korxona moddiy-texnika bazasi (asosiy fondini)ni funksional va ular to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish.
- Har bir funksional guruh uchun Ktid– texnik – iqtisodiy daraja koeffitsientini aniqlash va ularning o‘rtacha matematik qiymatini korxona texnik – iqtisodiy darajasi deb qabul qilish kerak:
i
Kêòä ni Kòäij (2.13)
n
Bunda: n- guruhlar soni;
- Kтдij – xar bir guruhdagi hisoblash ob’ektining (texnika, asbob uskunalar va h.k..) texnik – iqtisodiy daraja koeffitsientini o‘rtacha qiymati:
i
Kтидij ni Kтидis (2.14)
n
Bunda: n – shu guruhdagi ob’ektlar soni.
Ktidis–ob’ektlar (jihoz, asbob-uskuna va x.z) texnik iktisodiy daraja koeffitsienti
5.YAngi texnika iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Ushbu usul asosida 2015 – 2017 yillardagi Samarkand vioyatidagi “Obi
Rahmat” MCHJ “YUlduz” restorani, “Urgut Fayz savdo” MCHJ oshxonasi, “Juma Fayz” restoranining modernizatsiya davridagi texnik – iqtisodiy darajasini aniqlash bilan olib borildi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarning ishlab chiqarishida modernizatsiya innovatsion texnika va texnologiyaning tadbig‘i, korxona iqtisodiy samaradorligiga qanchalik ta’sirini oldindan aniqlash muhim hisoblanadi.
YAngi texnikaning umumiy ovqatlanish korxonasida qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun V.I.SHalun taklif etgan, har bir ishlab chiqarish mahsulotiga (ishga) keltirilgan sarf xarajat hisobi usulikasidan foydlanamiz. Bunda bir xil hajmda bajarilgan mahsulot yoki bajarilgan ishga eng kam sarf xarajat qilgan modernizatsiya innovatsion tadbir samarali deb hisoblanadi.
Korxona iqtisodiy samaradorligini hisoblash usulining asosiy formulalari, ularni tashkil etuvchi ko‘rsatkichlari 6 ilovada keltirilgan.
“YUlduz” restorani asosiy fondlarining texnik – iqtisodiy darajasini aniqlash maqsadida biz korxona texnik – iqtisodiy darajasini aniqlash usuli bo‘yicha funksional guruhlarga ajratamiz.
Ular quyidagilardan tashkil topadi:
1.Ishlab chiqarish jihozlari;
2.Mebellar va inventarlar
3.Bino va inshootlar
4.Boshqa jihozlar va inventarlar.
Restoran asosiy fondlaridan ishlab chiqarish jihozlari funksional guruhi ro‘yxati 2015 yil holatida (2.6-jadval) ya’ni texnik – iqtisodiy modernizatsiyalashdan oldingi holati va undan keyingi 2017 holati 2.7- jadvalda keltirilgan.
Ushbu funksional guruhga kiruvchi ko‘p sonli, turli maqsadda qo‘llaniladigan jihozlarni, o‘zlarining funksiyasidan kelib chiqqan holda tayyor mahsulot ishlab chiqarish, uni tarqatish yoki muomalaga chiqarish hamda ovqatlanishni tashkil etishda qo‘llanilishi bilan turlicha guruhlash mumkin.
Jihozlarni funksional guruhlashda ularning umumiy alomatlaridan kelib chiqib:nimaga tayinlanishi, mahsulotga ta’sir xarakteri, funksional belgisi va boshqalardan foydalanish mumkin.
SHularni inobatga olgan holda ularning funksional qaysi jarayonini bajarishiga qarab: 1.Mexanik jihozlar;
2.Issiqlik jihozlari,
3.Sovitish jihozlari
4.Salqinlovchi jihozlar guruhiga bo‘linadi.
Jihozlarning texnik – iqtisodiy darajasini aniqlashda ularga qo‘yilgan umumiy talablardan kelib chiqqan holda ulardan unumli foydalanishga, ya’ni ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlardan foydalandik.











