Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiyalashning innovatsion jarayonlari tadqiqoti.
Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish korxonalarini modernizatsiya innovatsiya xolati urganilganda, shu ma’lum bo‘ldiki tadqiqotni chuqurlashtirish maqsadida undagi aniq korxonalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Bunda korxonalardagi asosiy fondlardan foydalanish, korxonalardagi mehnat unumdorligining dinamik holati va korxonalar rivojlanishining istiqbollari tadqiqotlari muhim o‘isoblanadi. SHuning uchun biz, ushbu tadqiqotlarni Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish korxonalaridan “YUlduz “ restorani misolida olib bordik.
“YUlduz” restoranining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligining tahlili tadqiqoti olib borildi va olingan natijalar 2.5-jadvalda keltirildi. Ushbu jadval ma’lumotlarining tahlilidan umumiy ovqatlanish korxonasining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligi, ya’ni fond bilan qurollanganligi va fond ta’minotining pasayib ketganligini ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumki moddiy – texnika baza o‘z ichiga barcha asosiy fondlarni va bir qism aylanma fondlarni o‘z ichiga oladi. Korxona asosiy fondlari uning moddiytexnika bazasining bir qismi bo‘lib, ularning muntazam ravishda eskirishi bilan o‘z qiymatining bir qismini tayyor mahsulotga o‘tkazadi. SHuning uchun ularga bir xil hisob me’yorlari beriladi. SHunday qilib, korxona asosiy fondi uning ishlab chiqarishning asosi bo‘lib, ishlab.
“YUlduz” restoranining asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligining tahlili
| № | Ko‘rsatkichlar | 2015y | 2017y | Farqi | 2015y
2007y % |
| 1 | YAlpi tovar aylanishi | 12142 | 44542 | +32400 | 366,8 |
| 2 | CHakana tovar aylanishi | 10582 | 44212 | +33630 | 417,8 |
| 3 | O‘z ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha aylanma | 1023 | 3214 | +2191 | 314,1 |
| 4 | Foyda | 1010 | 930 | +829 | 920,7 |
| 5 | Asosiy fondlarning o‘rtacha qiymati | 31245 | 45678 | +1443 | 146,2 |
| 5.1 | Faol qismi | 3360 | 4242 | +146,1 | 126,2 |
| 6 | O‘rin miqdori | 200 | 250 | +50 | 12,5 |
| 7 | O‘rtacha ro‘yxat,kishi | 46 | 98 | +52 | 213,0 |
| 7.1 | Savdo ishlab chiqarish personallari | 28 | 62 | +34 | 221,4 |
| 8 | Asosiy fondlarning fond qaytimi | 0,38 | 0,97 | +0,59 | 255,2 |
| 9 | Asosiy fondlarning faol qismining fond qaytimi | 0,30 | 0,75 | +0,45 | 250 |
| 10 | Asosiy fondlarning fond sig‘imi | 2,57 | 1,02 | -1,55 | 39,6 |
| 11 | Asosiy fondlarning faol qismining salmoqligi | 3,28 | 1,32 | -1,96 | 40,2 |
| 12 | Asosiy fondlarning faol qismining salmoqligi | 0,10 | 0,09 | -0,01 | 90 |
| 13 | Asosiy fondlarning foydalanish samaradorligi koeffitsienti | 0,003 | 0,020 | +0,017 | 666,6 |
| 14 | Bir o‘rindan olingan foyda | 0,50 | 3,72 | +3,22 | 744 |
| 15 | Bir o‘rinda chakana tovar aylanmasi | 52,91 | 176,8 | +123,8 | 334,1 |
| 16 | Bir o‘rinda ishlab chiqarish mahsuloti bo‘yicha aylanmasi | 5,11 | 12,85 | +7,74 | 251,4 |
| 17 | O‘rinlar soni hisobda:
bir ishchi uchun |
4,34 | 2,55 | -1,79 | 58,7 |
| Bir savdo ishlab chiqarish uchun | 7,14 | 4,03 | -3,11 | 56,4 | |
| 18 | Asosiy fondlarning samaradorligining integral ko‘rsatkichi | 0,001 | 0,02 | +0,02 | 2000 |
| 19 | Fond qurollanganligi | 679,2 | 466,1 | -213,1 | 68,62 |
| 20 | Fond ta’minoti | 120 | 68,42 | -51,58 | 57,01 |
chiqarish mehnat vositalari, kulinar mahsulotlar realizatsiyasi va iste’molini
tashkil etish kompleksini tashkil etadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy fondini, uning binosi, inshootlari, mashina va jihozlari, transport vositalari, instrumentlari, ishlab chiqarish inventari va boshqa mehnat vositalaridan tarkib topadi.
Tadqiqot ob’ekti hisoblangan “YUlduz” restoranining moddiy- texnika bazasining asosiy fondi 2-ilovada 2015 yildagi holati keltirilgan.
Korxona o‘zining maxsus xususiyatlaridan kelib chiqgan holda uning asosiy fondining bir qismi (mashinalari, jihozlari va asboblari) undagi ishlab chiqarishdagi ovqatlar, yarim tayyor mahsulotlari, xom ashyo va boshqalarning qayta ishlovi uchun qo‘llanilsa, qolganlari uning realizatsiyasi va iste’molini tashkil etish uchun foydalaniladi.
Agar birinchisida, yangi iste’mol qiymati va qiymatlar yaratilsa, ikkinchisida asosiy fondlar iste’mol etish sharoitini yaratishga ham sababli bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining o‘ziga xos xususiyati uning asosiy fondlarning qo‘llanilishi bilan chegaralanmaydi. Ularning ayrimlari ishlab chiqarish jarayonlarida ham, realizatsiyada va iste’molini tashkil etishda ham qo‘llanilsa, ayrimlari faqat bir funksional jarayon operatsiyalariga qatnashadi. Masalan, bino va inshootlar xom- ashyoning kelishidan, tayyor mahsulot realizatsiyasigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llaniladi. Lekin sovitish jihozlari faqat ishlab chiqarish va reali-zatsiyada, mexanik jihozlar esa faqat ishlab chiqarish jarayonida qo‘lla-niladi. V.I. Kuznetsov tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi bo‘yicha[1] umumiy ovqatlanish korxonalari asosiy fondining qariyb 55% ishlab chiqarishni, 35% iste’molni va 10% mahsulot realizatsiyasini tashkil etishini ta’minlashi aniqlangan. Xuddi shunday hisob “YUlduz” restorani bo‘yicha olib borilganda ham ishlab chiqarish 59%, iste’molga 32% va 9% realizatsiyada foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi.
Umumiy ovqatlanish korxonasining asosiy fondlarini “YUlduz” restorani tahlil qilar ekanmiz, ularning ishlab chiqarish jarayonida mahsulot realizatsiyasida va mahsulotlar iste’molini tashkil etishdagi funksiyalariga qarab aktiv va passivga bo‘linishini ko‘rishimiz mumkin.











