Samarqand viloyatidagi umumiy ovqatlanish korxonalarining texnik – iqtisodiy darajasi va samaradorligini bog‘liqligi.
| № | Guruhlar nomi | Ktid | Ep ming so‘m | ||||
| 1 | Mexanik jihozlar | 1,6 | 0,8 | 1,3 | 420 | 270 | 230 |
| 2 | Issiqlik jihozlar | 1,7 | 0,5 | 1,2 | 2384,6 | 1164, | 2354 |
| 3 | |||||||
| 3 | Sovitish jihozlar | 1,8 | 1,2 | 1,2 | 1289,7 | 754,5 | 574 |
| 4 | Salqinlovchi jihozlar | 1,5 | 1,2 | 1,3 | 600,3 | 356,7 | 543,2 |
| 5 | Mebel jihozlari | 0,94 | 0,85 | 0,84 | 0,5 | 0,3 | 0,3 |
| 6 | Bino va inshootlar | 0,84 | 0,6 | 0,4 | 0,011 | 0,4 | 0,2 |
| 7 | Boshqa jihozlar va vositalar | 0,88 | 0,7 | 0,54 | 0,55 | 0,5 | 0,64 |
|
|
1,34 | 0,8 | 0,9 | 670 | 363,8 | 528,6 | |
jadvalda korxona texnik – iqtisodiy darajasi va samaradorligininng bog‘liqligi keltirilgan. Korxonaning o‘rtacha texnik – iqtisodiy darajasi koeffitsienti 1,34 bo‘lganda, uning iqtisodiy samaradorligi 670 ming so‘mni tashkil etadi. Korxona iqtisodiy samaradorligiga undagi ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik jihozlarning texnik – iqtisodiy darajasi katta ta’sir ko‘rsatar ekan. SHuning uchun, barcha qo‘llaniladigan jihozlar soz holatda bo‘lishi, vaqt vaqti bilan ekspluatatsiya reglamentiga asosan texnik xizmatlar ko‘rsatilishi va zamonaviy turariga almashtirilib turishi lozim.
korxona iqtisodiy samaradorligini hisoblash usulini bir va bir necha variantini qiyoslash bilan iqtisodiy samaradorligini hisoblash mumkin. Bunda yillik iqtisodiy samaradorlik hisob yilidan oldingi holat bilan taqqoslanadi. SHuning uchun korxona Bizda 2015 yilgacha holat bilan 2017 yil modernizatsiya yili hisobini bajardik va ushbu yilni modernizatsiya innovatsion yili deb belgiladik. Modernizatsiya innovatsion yilida keltirilgan xarajatlar ishlab chiqarish va muomala xarajatlardan va ishlab chiqarish fondiga qo‘yilmalardan iborat deb bilamiz. SHu bilan birga kapital qo‘yilma iqtisodiy samaradorligini normativ koeffitsienti ham inobatga olinishi lozim bo‘ladi.
En normativ koeffitsientni izlanish ob’ekti uchun 0,15 ga teng deb oldik. Korxona yillik iqtisodiy samaradorligi bu yillik qo‘yilma va ishlab chiqarish, muomala xarajatlar summasida ifodalangan, texnikaviy tadbirlarning tadbig‘idan kelib chiqgan foyda hisoblanadi. Korxona asosiy fondiga qo‘yilgan kapital qo‘yilmalar: yangi texnikani olish, uni keltirish, montaj qilish, qurilish xarajatlari, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va boshqalardan iborat bo‘ladi. Barcha xarajatlar korxona modernizatsiya tadbirining rejasi, smetasi bo‘yicha hisoblanadi. Agar bular tuzilmaganda, ular tizimda qabul qilingan miqdorda qabul qilinadi. Masalan, yangi jihozlarni keltirish xarajati uning ulgurji bahosining 5%ni tashkil etadi.Jihozlarni o‘rnatish ishlari smeta xarajatlaridan olinsa, demontaj qilish real bajarilgan ishlar qiymatida hisoblanishi mumkin.Jihozlarning amortizatsiya bo‘lmagan qiymati korxona balansi asosida olindi va likvidatsiya ishlari xarajati uning sotilishi narxiga yoki metallalom hisobida hisoblanadi.
Jihozlarni qayta ta’mirlash xarajatlari, almashtirilishi yoki qo‘shimcha o‘rnatiladiganlarining soni, ular egallaydigan yuza hisobida umumiy ovqatlanish korxonalarida sarflanadigan xarajatlar hisobiga olindi. Xuddi shuningdek, almashtiriladigan jihozlarni demontaj etish xarajati, korxonada haqiqiy sarflanadigan xarajatlar hisobida yoki ularning soniga qarab qurilish ishlarida qo‘llaniladigan baholarda hisoblanishi mumkin. Texnikaviy modernizatsiya samaradorligining hisobida xarajatlarni hisoblashda: ish haqi, binoning ijara haqi, asosiy fond amortizatsiyasi, binoni saqlash, kundalik ta’mirlash, ishchi kiyim, kam qiymatli va tez sarflanadigan narsalar, ovqatlanish idish tovoqlari, asboblari, energiya, suv va boshqa sarflar xarajatlar xam hisoblanadi.Umumiy ovqatlanish korxona bino va xonalarining tarkibiga sarflanadigan xarajatlarning ammortizatsiya ajratmalari summasiga nisbati koeffitsientidan foydalanamiz (restoranlar uchun – 1,41).Ularni ta’mirlash va jihozlarga kompleks xizmat ko‘rsatish xarajati haqiqiy holatga qarab ketgan xarajatlar hisobida olinadi yoki bunday ishlarni rejalashtirganda esa amortizatsion ajratmalarning 30 -50% miqdorida qabul qilinadi.
Jihozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga ketgan sarflar bu ishlarning ulgurji narxlarida hisoblanadi. Ishchi kiyimlarning eskirishi bo‘yicha xarajatlar, ishsizlar soni, jihozlarning bir kundagi ishlash vaqti, bir yildagi ishlash kunlari, kiyimlar bir komplektining narxi, tozalashiga ketgan sarf xarajatlar hisobida olinadi. Agar oldindan rejalashtirilsa, unda asosiy va qo‘shimcha ish haqining 6% birligida qabul qilinadi. Jihozlarga ketadigan energiya hisobida elektr exnergiya sarfi hisoblanadi. Bunda uning quvvati, uni ishlatish koeffitsienti, ishlash vaqti, elektr energiya tarif bahosi inobatga olinadi. Hisoblashda ishlatish koeffitsienti turli guruh jihozlariga turlicha qabul qilinadi. Mexanik jihozlar elektr dvigatelining ishlashiga 0,5-0,7, idish yuvish mashinasiga 0,7; sovitgichlarga 0,75; nazorat kassa apparatlariga 0,2-0.3 teng deb olindi.
Maqsadga muvofiq shuni aytish kerakki, ushbu usulika umumiy ovqatlanish korxonalarida yangi texnika tadbig‘i bo‘yicha mo‘ljallangan iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qo‘llash uchun qayta ishlanib Respublika korxonalaridagi qo‘llaniladigan tarif va koeffitsientlarni me’yoriy hujjat sifatida ishlab chiqib rasmiylashtirish lozim.
YUqorida keltirilgan usul yordamida korxona jihozlari iqtisodiy samaradorligini hisoblash uchun birlamchi ma’lumotlar jamlanmasi tuzildi. Barcha umumiy ovqatlanish korxonasining mexanik jihozlari uchun, issiqlik jihozlari uchun, sovitish jihozlari, salqinlovchi jihozlari uchun korxona iqtisodiy samaradorligi hisoblanib (6 ilovada keltirilgan) olingan natijalar 2.17-jadvalda kiritildi.Korxona asosiy fondining qolgan: mebel jihozlari, bino va inshootlar, boshqa jihozlar va vositalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi formulalar yordamida hisoblandi:
Ke=P:OF
Bunda: P – olingan foyda,so‘m; Of-asosiy fondlarning o‘rtacha qiymati,so‘m
Muallif:J.M.QURBONOV R.J. KURBANOVA











